O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.08K subscribers
2.69K photos
488 videos
224 files
1.93K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
Assalomu alaykum hurmatli bilimdonlar 🤩 Sizlar uchun yangi platforma (loyixa) taqdim etmoqchimiz

Demak loyiha haqida qisqacha 📋

1. Loyiha nomi : Soff - Intellektual mulk bozori

2. Loyihaning mazmuni: intelektual onlayn bozor (kerakli hujjatlarni sotib olish va sotish (albatta mualliflik huquqi asosida))

3. Loyiha asoschisi: Soff Hub IT Company

4. Loyihaning maqsadi: O’z bilimingizni pullash va o’zingiz uchun muhim hujjatlarni platforma orqali sotish va sotib olish.

Loyihaning ajralib turuvchi qismlari 🔑

1. Sotib olayotgan hujjatingizdagi sahifalarning ma’lum qismlarini sotib olishdan oldin vizual (to'liq) ko’rish imkoniyati

2. Do’stingizni taklif qilish orqali dostingizning har bir sotuvidan sizga pul tushishi

3. Clicl va PayMe orqali xavsiz to'lov tizimi

4. Sotuvchi sifatida pul topishingiz

imokoniyatlar qo’shilishda davom etmoqda


Saytda ro'yxatdan o'tish uchun buyerga bosing, yangi loyixamizni birinchilardan bo'lib sinovdan o'tkazing🏆
👏10👍6🔥4👎1
❓Eshitishimcha, "Yoshlar daftari"da turadigan yoshlar o‘quv markazlarida o‘qisa, uning pulini davlat qoplab berar ekan. Shu rostmi? Agar rost bo‘lsa, qaysi yo‘nalishlarda o‘qish kerak? O‘quv markazlari ro‘yxatini qayerdan topsa bo‘ladi?

✅ JAVOB: Ha, rost. Amaldagi tartibga ko‘ra, "Yoshlar daftari"da ro‘yxatda turadigan 14-30 yoshdagi yoshlar «Kelajak kasblari» loyihasi doirasida zamonaviy kasblar, IT va xorijiy tillar yo‘nalishlarida ta‘lim olsa, ularning 6 oygacha kurs xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi.

Tizimga ulangan o‘quv markazlari ro‘yxatini mana bu yerdan ko‘rish mumkin:

https://yoshlardaftari.uz/approved-list

Dizayn va dasturlashning turli yo‘nalishlari, xorijiy tillar, zamonaviy arxitektura, animatsiya va ko‘plab sohalarini o‘rganishni niyat qilgan yoshlarga quyidagi havola orqal ariza topshirishni tavsiya qilamiz:

https://yoshlardaftari.uz/applications/create/center?service_id=8

Ayniqsa, mabodo siz o‘qishdan yiqilgan bo‘lsangiz, unda kasb yoki til o‘rganishning ayni payti!

Ma‘lumot uchun: bugungacha 12 mingga yaqin yoshlarning 700 ga yaqin o‘quv markazlarida olgan ta‘limlari moliyalashtirilgan.

@NUU_students
👍5❤1
❗️Toshkent metrosida kaft orqali pul toʻlash yoʻlga qoʻyildi

Toshkent metropolitenining “Xalqlar doʻstligi” bekatida ilk marotaba kaftni skanerlash orqali toʻlovni amalga oshirish tizimi ishga tushirildi.

Oʻtish joyida UZINFOKOMning — Palm ID, tomirlar tasviriga asoslangan identifikatsiyalash yangi biometrik loyihasi ishga tushirildi.

Kaftingizni skaner ustiga tutasiz va tizim sizni identifikatsiya qiladi. Sizdan avtomatik tarzda toʻlov yechib olinadi. Buning uchun siz bir necha daqiqa sarflab, dastur orqali oʻz shaxsiy maʼlumotlaringizni kiritishingiz zarur.

Jamoat transporti foydalanuvchilari uchun mobil ilova ham ishga tushirilgan. Mobil ilova orqali virtual karta ochilib, pul mablagʻi bilan toʻldiriladi. Shundan soʻng toʻlov uchun kaftingiz kifoya qilib, hech qanday internetsiz, karta yoki, QR-kodli cheklarsiz toʻlovni amalga oshira olasiz.

@NUU_students
👍28🤔7👏3
Oldingisi ham birlashtiraman deb chiqqandi, bunisining ham maqsadi shu. Bilmadim, keyingisini ham maqsadi shu boʻladi. Xoʻp, birlashtirding. Nima oʻzgarib qoladi?

@NUU_students
🤔24
❗️Diqqat yaqinlaringizga tarqating!

Endi mustaqil izlanuvchilik (PhD, DSc) uchun chet tili sertifikati talab etilmaydi
.

Magistraturaga qishki qabul bo‘ladimi yo‘qmi bu haqida hali qaror e'lon qilingani yo‘q.


@NUU_students
👍15👎3👏1
Ma’lumotlarga ko‘ra, Prezident Administratsiyasi departament rahbari Abdurahmonov Odil Qalandarovichga oliy ta’lim masalalariga qarab turish vazifasi yuklatilgan.

Aytilishicha, Odil Qalandarovich nomzodi oliy ta’limga vazir sifatida ko‘rsatilgan, biroq bu lavozimni rad etgan. Shu sababli munosib nomzod tayinlangunga qadar oliy ta’llim vazirligini vaqtincha “boshqarib” turishi aytilmoqda.

Eslatib o‘taman, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 25-oktabrdan beri vazirsiz qolgan. Vazir sifatida kim qo‘yilishi haqida hozircha aniq ma’lumotlar yo‘q!

@NUU_students
👍8🤔2❤1😁1
❗️Toshkentda kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Toshkent shahar IIBB fuqarolardan xavfsizlik qoidalariga rioya etishni hamda xavotirga berilmaslikni so‘radi.

Poytaxt hududida jinoyatlarning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar IIBB hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralari tomonidan kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Shu munosabat bilan fuqarolardan xavfsizlik qoidalariga rioya etish va xavotirga berilmaslik so‘raldi. Ta’kidlanishicha, barcha harakatlar shaharda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash maqsadida o‘tkazilyapti.

Shuningdek, fuqarolardan ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslik ham soʻraladi. Noqonuniy miting, yig‘ilish yoki namoyishlarda qatnashishganligi uchun qonunda javobgarlik belgilangan. Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi.

@NUU_students
😎6👍3
❗️Xorazmda talaba pnevmoniyadan vafot etdi. Yana karantin(mi)?

Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali talabasi pnevmoniyadan vafot etdi. 20 yoshli yigit kasallikka chalinganiga bir hafta bo‘lgan. U shifokorlar yordamiga qaramay, o‘z uyida vafot etgan.

2-dekabr kuni soat 12:00 atrofida Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali talabasi o‘tkir zotiljam (pnevmoniya)dan vafot etdi. Bu haqda muassasa matbuot xizmati xabar bermoqda.

Oliygohning Davolash fakulteti 1-bosqich 112 «B» guruh talabasi bo‘lgan A.A. pnevmoniya asoratlari boshlaganidan buyon davo choralarini ko‘rib kelgan. Ammo shanba kuni tez tibbiy yordam shifokorlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan, vafot etgan.

@NUU_students
😨38💔14👎6👍4😐3
❗️Mavsumiy kasalliklar sabab o‘quv muassasalarida taʼlim jarayonini to‘xtatishga asos yo‘q — Nurmat Atabekov

Hozirda aksariyat mamlakatlar qatori yurtimizda ham mavsumiy kasalliklar tarqalishi ko‘paygan. Ayniqsa, bolalarda bu jarayon biroz og‘ir kechmoqda.

Nurmat Atabekovning aytishicha, aholi orasida gripp mavsumi haqida “bu — yangi pandemiya” degan mish-mishlar mutlaqo asossiz. Aytish kerakki, bu hatto epidemiya ham emas. 

Shu sababdan ham o‘quv muassasalarida taʼlim jarayonini to‘xtatishga yetarli asos ko‘rmayapmiz, — degan mutaxassis.

Hozir eng to’g’ri yo’l bemorlarni alohidalash, ularni jamoat joylaridan uzoqda tutish.

Shuning uchun ham ota-onalarga kasallik belgilari bo‘lgan farzandlarini bog‘cha va maktablarga, oliy taʼlim muassasalariga yubormaslik maslahat berildi. Bunday paytda shifokor ko‘rsatmasiga asosan, uy sharoitida zarur muolajalarni olib borish maqsadga muvofiq.

@NUU_students
👎39👍9🏆1
#Yangilik #Rus tili

☃️Qishning sovuq kunlari uchun IT ZONE o'quv markazidan 🔥qaynoq chegirmalar!

🎓 Talabalar uchun kurs yakunigacha amal qiladigan 10% chegirma mavjud.

💥 Kursning davomiyligi 4 oy bo‘lib, darslar chuqurlashtirilgan tarzda haftada 3 kun 2 soatdan sifatli ta'lim beriladi.

🤔 Nazariy bilimni amaliyotlar orqali mustahkamlash.
🤭 So'zlashish bo'yicha amaliy mashg'ulotlar.
📝 Matn yozish va tarjima qilish.

⚡️Chegirmali qabul 30-dekabr davom etadi.

Kursga ro‘yxatdan o‘tish

Batafsil👇👇
Tel:
+998950976999
Telegram:
Admin
Manzil:
Beruniy metro
👍3
❗️1-kurs va o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilganlar uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 25-dekabrga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan, ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda oliy taʼlim muassasalari rahbarlarining murojaatlarini inobatga olib, 2023/2024-o‘quv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023-yilning 25-dekabri (shu kuni ham) etib belgilandi.

Eslatma: amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

@NUU_students
👍6🥰1
💠Fostering Climate Education and Youth Entrepreneurship in Central Asia: The Path to Climate Resilience

🔔2023-yil 5-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi hamda ta'lim vazirligi, Markaziy Osiyo yashil universiteti va O'zbekiston Milliy universiteti jahon banki bilan birgalikda Qozog'iston, Qirg'iziston Respublikasi, Tojikiston va O'zbekiston qishloq maktablarida ekologik va iqlim harakatlarini ilgari surishga bag'ishlangan manfaatdor tomonlar seminarini o'tkazadi.

⏺Ushbu tadbir jahon bankining RESIL AND CA+ Central Asia Regional Landscape Restoration dasturi (Qozog'iston, Qirg'iziston Respublikasi, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekiston) ko'magida bo'lib o'tmoqda, bu Markaziy Osiyoda yer degradatsiyasini qaytarish va iqlim o'zgarishiga chidamliligini oshirishga qaratilgan.

🗣Biz barcha qiziquvchilarni ishtirok etishga taklif qilamiz!

Seminar oʻtkazilish tillari: ingliz va rus(birgalikda);
Seminar oʻtkazilish shakli: gibrid(offline va zoom orqali).
Zoom link: https://us02web.zoom.us/j/83139755941?pwd=R3RzZXNIMEM4eUF6dFFCY0ZKS3kzQT09
Meeting ID: 831 3975 5941
Passcode: 388798

🔔On December 5, 2023, at the Assembly Hall of NUU's main administrative building, a stakeholder workshop focused on promoting environmental and climate action in rural schools in Kazakhstan, the Kyrgyz Republic, Tajikistan, and Uzbekistan will be held by the Ministry of Ecology, Environmental Protection, and Climate Change, the Ministry of Education of the Republic of Uzbekistan, Central Asian Green University, and National University of Uzbekistan in collaboration with the World Bank.

⏺The World Bank's flagship RESIL AND CA+ Central Asia Regional Landscape Restoration Program, which aims to boost climate resilience and reverse land degradation in Central Asia, is supporting this event across Kazakhstan, Kyrgyzstan Republic, Tajikistan, Turkmenistan, and Uzbekistan.

🗣Everyone who is interested is cordially invited to take part!

Working languages: english and russian (with simultaneous translation);
Format: hybrid( in person and Zoom livestream with participation).
Zoom link: https://us02web.zoom.us/j/83139755941?pwd=R3RzZXNIMEM4eUF6dFFCY0ZKS3kzQT09
Meeting ID: 831 3975 5941
Passcode: 388798

@gidrometeo_info
👍4
❗️Uzbekistan Airways’dan talabalar uchun chegirmalar!

Qishki ta’til arafasida o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mahaliy yo‘nalishlar aviachiptalari tarifidan 50% chegirma e’lon qilamiz. Chegirma 2023-yil 23-dekabrdan boshlab 2024-yil 7-yanvariga qadar amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qiladi.

Aviachiptani 50% chegirma bilan hoziroq aviakompaniya agentlaridan va Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 9-uy manzilida joylashgan Uzbekistan Airways Sales filialida xarid qilishingiz mumkin. Batafsil ma’lumot www.uzairways.com saytida.

@NUU_students
👍7
❗️Talabaga hisoblangan stipendiyalar haqida my.gov.uz portali orqali ma’lumot olish imkoniyati yaratildi.

Buning uchun my.gov.uz portaliga kiring!

➖«Ta’lim» bo‘limidan «Stipendiya haqida maʼlumot» xizmatini tanlang.

➖Kerakli davrni tanglang va ushbu davr bo‘yicha hisoblangan stipendiyalar haqidagi ma’lumotga ega bo‘ling.

Shuningdek, ushbu xizmatdan talabalar HEMIS axborot tizimi orqali ham foydalanishlari mumkin.

Eslatma: Ushbu xizmat faqat hozirda tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. O‘qishni tugatgan yoki talaba bo‘lmagan shaxslar uchun stipendiya ma’lumotlari mavjud emas.

@NUU_students
👍3
❗️Konstitutsiya bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

8 dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan 5 kunlik ish haftasida ishlovchi xodimlar 3 kun (juma, shanba, yakshanba), haftada 6 kun ishlovchilar esa 2 kun (juma va yakshanba) dam oladi. Bu yil ushbu sana munosabati bilan qo‘shimcha dam olishlarini belgilash yoki dam olish kunlarini ko‘chirish nazarda tutilmagan.

@NUU_students
😁25👍6
❗️O'zbekiston ta'lim sifati bo'yicha 80-o'rinda, qatnashgan davlatlar esa 81 ta...

O’zbekiston ilk bor PISA - ta’lim sifatini o’lchashda ishtirok etdi. Ushbu xalqaro talabalarni baholash dasturi (PISA) Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tashabbusi boʻlib, butun dunyo boʻylab 15 yoshli oʻquvchilarning bilim olish darajasini oʻlchashga qaratilgan.

81 ta davlat qatnashgan tadqiqotlarda Oʻzbekistonning 15 yoshli o‘quvchilari:

➖matematikadan 364 ball bilan 71-o‘rin;
➖oʻqish savodxonligidan 336 ball bilan 80-o‘rin;
➖tabiiy fanlar bo‘yicha 355 ball bilan 80-o‘rinni egallashdi.

@NUU_students
😁37😐8👍7😭4🤔2💔2🤷‍♂1👎1