O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.08K subscribers
2.69K photos
488 videos
224 files
1.93K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️Qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar qatnovi joriy etiladi

“Toshkent — Urganch”, “Toshkent — Nukus”, “Toshkent — Samarqand”, “Toshkent — Qarshi” yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar qatnovi joriy etiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabar qildi.

Shuningdek, mavjud yo’nalishdagi yo‘lovchi poyezdlarga bosqichma-bosqich qo‘shimcha vagonlar ham ulanishi rejalashtirilgan.

Talabalarga maslahat: 50% chegirma garchi juda kech e’lon qilingan bo’lsa ham, hali sizda bilet sotib olish uchun imkoniyat bor.

eticket.railway.uz saytini kuzatib boring, yangi yo’nalish qo’shilsa yoki qo’shimcha vagonlar ulansa, biletlar sotuvda paydo bo’ladi. Bundan tashqari saytda yaxshi funksiya bor, ya’ni yo’lovchi ma’lumotlarini oldindan kiritib qo’yish mumkin. Shunda sotuvda bilet paydo bo’lib qolsa, tezda xarid qilish mumkin bo’ladi, har safar yo’lovchi ma’lumotlarini kiritib, ovora bo’lib o’tirmaysiz.

@NUU_students
👍6❤2
Talabaga ish qanday joylandi 😳

@NUU_students
🤣33🤔9👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Obunachilardan kelgan video.

@NUU_students
👍20🔥12👎1👏1
❗️Iqtisodchi Otabek Bakirov talabalarga faqat ta’tilda beriladigan imtiyozli chiptalarni istagan paytda sotib olish imkoni berilishi kerakligini taklif qildi.

“Imtiyoz talabalarga ham, o‘quvchilarga ham kerak. Butun dunyoning tajribasi shunday. Ammo bu manzilli bo‘ladi, talabaning o‘rnidan kimdir foydalanib ketib qolmaydi.

Imtiyoz talabaning jinsi va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, hammasiga taalluqli bo‘ladi. Ikkinchidan, men transport kompaniyalaridan mazkur qoidalarni hamisha saqlab qo‘yishlarini so‘rardim. Ya’ni iyul oyidayam, avgust oyidayam talabalar biletlarni 50 foizlik chegirma bilan olishi lozim”.

Otabek Bakirovning fikricha, talabalar ularga taqdim qilinayotgan imtiyozlarni pul ko‘rinishida olishi kerak.

@NUU_students
👍54🔥3❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Chegirma berildi, ammo chipta yo‘q!

Biletlar sotib bo‘lingach, chegirma e’lon qilindimi?

Talabalar uchun qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladimi?

Bu savollarga “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ departament boshlig‘i javob berdi.

@NUU_students
👎13👍3❤1
O'zbeklar va jahon xalqlari etnografiyasi va antropologiyasiga qiziqsangiz bu kanal aynan siz uchun.

Shu qatori ushbu kanaldan o'zbeklarning marosimlari, urf-odatlari, qadriyatlari va kundalik turmushiga oid qiziqarli ma'lumotlarni topishingiz mumkin.

https://t.me/antropolog_kundaligi
👍4
❗️Talabalar uchun ajoyib yangilik.

Yangi yil oldi viloyatingizga qaytish uchun yangi avia qatnov yo'lga qo'yildi.

"Bilet tugab qolgan" deb xafsalangiz pir bo'lgan bo'lsa, bu e'lon aynan siz uchun.

Yangi HUMOAIR bu imkoniyatni sizga beradi.

15-dekabrdan boshlab taksi puliga uyingizga xavfsiz 1 soatda yetasiz)

Imkonoyati qo'ldan boy bermang. Avvaliga ishonmagandim, aviakompaniyadagi mas'ullar aloqaga chiqib, talabalar uchun arzon avia qatnov yo'lga qo'yilganini e'lon qilishdi.

http://flyhumo.com ushbu sayt orqali online bilet xarid qilishingiz mumkin.

Toshkent - Samarqand 99.000 so'm
Toshkent - Urganch (Nukus) 159.000 so'm

Avia qatnov ertaga, 15-dekabrda yo'lga qo'yiladi

@NUU_students
👍16👎2🤪2❤1😡1
❗️Qishki "perevod"ga oz qoldi! Kimlarga ruxsat beriladi?

Xuddi yoz oyidagi kabi qishda ham o‘qishni ko‘chirish mumkin. Faqat bir davlat OTMidan boshqasiga.

✔️ Kimlarga ruxsat bor

➡️ talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun;
➡️ davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Hududiy ishchi guruhlarga 20-dekabrdan boshlab quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

➖ o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
➖ talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
➖ pasport nusxasi;
➖ yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

Qishki "perevod" uchun arizalar dekabr-yanvar oylarida olinadi.

@NUU_students
👍5
❗️Yangi yil arafasida o‘zbekistonliklar qancha kun dam oladi?

Ish haftasining turidan qat’i nazar, barcha xodimlar joriy yil oxiri va yangi yil avvalida qatorasiga 3 kun – 30-31-dekabr va 1-yanvar kunlari dam olishadi.

Yangi 2024-yil avvalidagi ish va dam olish kunlari o‘zgarishi mumkin. Bu – “2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilingach ma’lum bo‘ladi. Hali bu farmon chiqmadi.

Eslatib o‘tamiz, OTMlarda qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanib, 2024-yilning 7-yanvarigacha davom etadi.

@NUU_students
👎15👍6
❗️DARSGA KELMAGAN “AKADEMIK QARZDOR TALABA”NING KURSDAN QOLDIRILISHI (kredit-modul tizimi boʻyicha)

〽️1 ta fan uchun 6 kredit ajratilgan.
〽️1 kredit 30 soatga teng.
〽️1 ta fanning 6 krediti 180 soatga teng (6 • 30 = 180).
〽️180 soatning 40 foizi (72 soat) auditoriya soatiga, qolgan 60 foizi (108 soat) esa mustaqil taʼlimga ajratilgan.


Talaba auditoriya uchun ajratilgan 72 soatning ¼ qismini (yaʼni 18 soatni) qoldirsa, yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Yakuniy nazoratga kiritilmagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. Akademik qarzdor talaba kursdan qoldiriladi.
Mana shu tariqa bakalavriat yoʻnalishidagi talaba 8 yil oliy taʼlim muassasasida qolishi mumkin.

@NUU_students
👎29👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻqishni bitirganda:

— Menga yaqindan yordam bergan ChatGPTga/Googlega rahmat aytmoqchiman.

@NUU_students
😁33🤣21👍3🥰1
To'lagan kontraktimdan 12 foizini onlayn qaytarib oldim.

Ushbu videoda ko'rsatilganidek to'langan kontraktdan 12 foizini qaytarib olish uchun onlayn arizs bergan edim, bugun soliq uz mobil ilovasida to'lagan kontraktimdan 1 mln so'm atrofida pulimni qaytarib beribdi, uni plastik kartamga o'tkazish uchun my.soliq.uz orqali ariza qoldirdim, shu kunlarda kartamga tushadi.

Siz ham videoda ko'rsatilganidek kontraktdan 12 foizini onlayn qaytarib olishingiz mumkin.

Offlayn tarzda qaytarib olish tartibini ushbu videoda tushuntirganman.

@NUU_students