O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.08K subscribers
2.69K photos
488 videos
224 files
1.93K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️Talabalar uchun ajoyib yangilik.

Yangi yil oldi viloyatingizga qaytish uchun yangi avia qatnov yo'lga qo'yildi.

"Bilet tugab qolgan" deb xafsalangiz pir bo'lgan bo'lsa, bu e'lon aynan siz uchun.

Yangi HUMOAIR bu imkoniyatni sizga beradi.

15-dekabrdan boshlab taksi puliga uyingizga xavfsiz 1 soatda yetasiz)

Imkonoyati qo'ldan boy bermang. Avvaliga ishonmagandim, aviakompaniyadagi mas'ullar aloqaga chiqib, talabalar uchun arzon avia qatnov yo'lga qo'yilganini e'lon qilishdi.

http://flyhumo.com ushbu sayt orqali online bilet xarid qilishingiz mumkin.

Toshkent - Samarqand 99.000 so'm
Toshkent - Urganch (Nukus) 159.000 so'm

Avia qatnov ertaga, 15-dekabrda yo'lga qo'yiladi

@NUU_students
👍16👎2🤪2❤1😡1
❗️Qishki "perevod"ga oz qoldi! Kimlarga ruxsat beriladi?

Xuddi yoz oyidagi kabi qishda ham o‘qishni ko‘chirish mumkin. Faqat bir davlat OTMidan boshqasiga.

✔️ Kimlarga ruxsat bor

➡️ talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun;
➡️ davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Hududiy ishchi guruhlarga 20-dekabrdan boshlab quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

➖ o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
➖ talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
➖ pasport nusxasi;
➖ yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

Qishki "perevod" uchun arizalar dekabr-yanvar oylarida olinadi.

@NUU_students
👍5
❗️Yangi yil arafasida o‘zbekistonliklar qancha kun dam oladi?

Ish haftasining turidan qat’i nazar, barcha xodimlar joriy yil oxiri va yangi yil avvalida qatorasiga 3 kun – 30-31-dekabr va 1-yanvar kunlari dam olishadi.

Yangi 2024-yil avvalidagi ish va dam olish kunlari o‘zgarishi mumkin. Bu – “2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilingach ma’lum bo‘ladi. Hali bu farmon chiqmadi.

Eslatib o‘tamiz, OTMlarda qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanib, 2024-yilning 7-yanvarigacha davom etadi.

@NUU_students
👎15👍6
❗️DARSGA KELMAGAN “AKADEMIK QARZDOR TALABA”NING KURSDAN QOLDIRILISHI (kredit-modul tizimi boʻyicha)

〽️1 ta fan uchun 6 kredit ajratilgan.
〽️1 kredit 30 soatga teng.
〽️1 ta fanning 6 krediti 180 soatga teng (6 • 30 = 180).
〽️180 soatning 40 foizi (72 soat) auditoriya soatiga, qolgan 60 foizi (108 soat) esa mustaqil taʼlimga ajratilgan.


Talaba auditoriya uchun ajratilgan 72 soatning ¼ qismini (yaʼni 18 soatni) qoldirsa, yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Yakuniy nazoratga kiritilmagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. Akademik qarzdor talaba kursdan qoldiriladi.
Mana shu tariqa bakalavriat yoʻnalishidagi talaba 8 yil oliy taʼlim muassasasida qolishi mumkin.

@NUU_students
👎29👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻqishni bitirganda:

— Menga yaqindan yordam bergan ChatGPTga/Googlega rahmat aytmoqchiman.

@NUU_students
😁33🤣21👍3🥰1
To'lagan kontraktimdan 12 foizini onlayn qaytarib oldim.

Ushbu videoda ko'rsatilganidek to'langan kontraktdan 12 foizini qaytarib olish uchun onlayn arizs bergan edim, bugun soliq uz mobil ilovasida to'lagan kontraktimdan 1 mln so'm atrofida pulimni qaytarib beribdi, uni plastik kartamga o'tkazish uchun my.soliq.uz orqali ariza qoldirdim, shu kunlarda kartamga tushadi.

Siz ham videoda ko'rsatilganidek kontraktdan 12 foizini onlayn qaytarib olishingiz mumkin.

Offlayn tarzda qaytarib olish tartibini ushbu videoda tushuntirganman.

@NUU_students
Shunaqa gaplar

@NUU_students
🤣79👍16😭5❤2🔥2🤔2😁1
❗️Ushbu maqolani oʻqib, imtiyozlarni bilib oling va ulardan, albatta, foydalaning!

• Poyezdda bepul yurish huquqi kimlarga beriladi?

• 50% chegirmachi?

• Kimlar navbatsiz chipta olishi mumkin?

• Necha yoshgacha boʻlgan bolalar poyezdda bepul olib yuriladi?

• Yoʻlovchilar guruhi uchun qanday chegirmalar bor?

Ushbu savollarga javobni bu yerdan topasiz: https://yoshlarovozi.uz/oz/news/kimlar-poyezdga-bepul-chipta-oladi

@NUU_students
👍7
❗️O‘qishni ko‘chirish yuzasidan kelayotgan qisqa savollarga javoblar

Qishda ham o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladimi?
✅ Ha, davlat OTMlariaro faqat 2 ta uzrli sababga asosan bo‘ladi.

Ruxsat kimlarga beriladi?

➡️ talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish istagidagilarga;

➡️ davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Qachon hujjat topshirsa bo’ladi?
✅ 20-dekabrdan 20-yanvargacha.

Qanday hujjatlar talab etiladi?
✅Hududiy ishchi guruhlarga 20-dekabrdan boshlab quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

➖ o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
➖ talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
➖ pasport nusxasi;
➖ yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

@NUU_students
👍2
⏺🟥🟥🟥 🟩🟩🟩 #Tanlov

🇺🇿 O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi tashabbusi bilan 2023-yil davomida namunali faoliyat ko'rsatgan boshlang'ich tashkilot yoshlar yetakchilari uchun "Yilning eng yaxshi yoshlar yetakchisi - 2023!" tanlovini e'lon qilamiz.

😄 "Yilning eng yaxshi yoshlar yetakchisi - 2023!" tanlovida g'olib bo'lgan yoshlar yetakchisi hududiy Kengash tomonidan zamonaviy noutbuk bilan taqdirlanadi.

🔘 Ovozlar 2023-yilning 20-dekabr soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi. Shoshiling!

🔺 O'zingiz munosib deb bilgan nomzodga ovoz bering!

OVOZ BERISH!!!

🚀@poytaxtyoshlari_yi
👎8👍1👏1
Bugundan qishki o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli boshlandi

Davlat OTMlariaro faqat 2 ta uzrli sababga asosan qishda o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladi.

➡️ talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish istagidagilarga;
➡️ davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar 20-yanvargacha taqdim etiladi:

➖ o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
➖ talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
➖ pasport nusxasi;
➖ yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

@NUU_students
👍5
❗️Uzrli sababga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha hujjatlar hududiy Ishchi guruhlar tomonidan qabul qilinadi.

Belgilangan tartibga muvofiq 2 ta uzrli sababga koʻra davlat oliy taʼlim muassasalariaro o‘qishni koʻchirish haqidagi arizalarni qabul qilish uchun 13 ta oliy taʼlim muassasasida hududiy Ishchi guruhlar tashkil etildi (rasm).

Ishchi guruhlar 2024-yilning 20-yanvar kuniga qadar har kuni soat 9:00dan 17:00 gacha (yakshanba – dam olish kuni; shanba – soat 9:00 dan 15:00 gacha) faoliyat koʻrsatadi.

Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar arizachi ishtirokida (oflayn) taqdim etiladi:

➖ o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
➖ talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
➖ pasport nusxasi;
➖ PQ-279-son qaror 7(v)-bandida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

@NUU_students
👍3🔥2
❗️Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Transport vazirligi bilan hamkorlikda joriy yilning 23-dekabr kuni soat 10.00 dan eʼtiboran Toshkent shahri, Talabalar shaharchasida joylashgan Oʻzbekiston Milliy universiteti (moʻljal: Beruniy metrosi) bosh binosi qarshisidagi maydonda (kirish darvozasi, arka oldida) Toshkent shahrida tahsil oluvchi va qishki taʼtil munosabati bilan doimiy yashash joylariga joʻnab ketuvchi talabalar uchun qoʻshimcha avtobus yoʻnalishlari tashkil etildi.

Avtobuslar qatnovi talab (buyurtma) mavjud boʻlgan quyidagi yoʻnalishlarda tashkil etilmoqda:

Toshkent — Olot (Buxoro);
Toshkent — Qarshi;
Toshkent — Termiz.

Chiptalar Oʻzbekiston Milliy universiteti bosh binosida tashkil etilgan sayyor kassada sotiladi.

Izoh: Toshkent-Olot (Buxoro) yoʻnalishi boʻyicha avtobuslar Jizzax, Samarqand, Navoiyga boradigan talabalar uchun yoʻnalishda belgilangan narxlarda xizmat koʻrsatishi mumkin.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Namangan, Fargʻona, Andijon viloyatlariga joʻnab ketuvchi talabalar uchun alohida qoʻshimcha temir yo'l vagonlari tashkil etilgan. Ushbu yoʻnalishlarda imtiyozli temiryoʻl chiptalari Oʻzbekiston Milliy universiteti bosh binosida tashkil etilgan sayyor kassa (moʻljal: Beruniy metrosi) orqali berilishini maʼlum qilamiz.

@NUU_students
👍7
❗️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziriligi talabalar uchun alohida navbatchi tashkil qilibdi. Agar hududlarga chiqib ketishda transport vositalari bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelsa, quyidagi raqamga murojaat qilish mumkin: +998 55 520 08 08 (ichki raqam 167 yoki 168), +998 90 003 34 34

@NUU_students
👍12
❗️Yotoqxona to‘lovini onlayn to‘lash tartibi

To‘lovlarini “Zoomrad” yoki “Click” mobil ilovasi orqali amalga oshiring! Buning uchun mobil ilovadagi “To‘lovlar” sahifasiga kiring.

↪️“Ta’lim” bo‘limidan “OTM shartnoma to‘lovi”ni tanlang.
↪️To‘lov turidan “Yotoqxona to‘lovi”ni tanlang va JSHSHIR raqamingizni kiriting.
↪️ To‘lov summasini kiriting va to‘lovni amalga oshiring.


@NUU_students
👍15