O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.08K subscribers
2.69K photos
488 videos
224 files
1.93K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️Talabaga hisoblangan stipendiyalar haqida my.gov.uz portali orqali ma’lumot olish imkoniyati mavjud

Buning uchun my.gov.uz portaliga kiring!

➖«Ta’lim» bo‘limidan «Stipendiya haqida maʼlumot» xizmatini tanlang.

➖Kerakli davrni tanglang va ushbu davr bo‘yicha hisoblangan stipendiyalar haqidagi ma’lumotga ega bo‘ling.

Shuningdek, ushbu xizmatdan talabalar HEMIS axborot tizimi orqali ham foydalanishlari mumkin.

Eslatma: Ushbu xizmat faqat hozirda tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. O‘qishni tugatgan yoki talaba bo‘lmagan shaxslar uchun stipendiya ma’lumotlari mavjud emas.

@NUU_students
👍7
❗️“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanloviga ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda.

Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda tegishli davlat organlari hamkorligida respublikamizdagi iqtidorli yoshlarni kashf qilish uchun “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovi e’lon qilindi.

Tanlov 16-25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida 3 bosqichda tashkil etiladi va har bir bosqich g‘oliblari tegishli miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

Tanlovda ishtirok etishni istagan yoshlar https://vorislar.uz/ sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari yoki o‘zi tahsil olayotgan OTM mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin.

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefonlar: +99897 411-93-54, +99855 520-08-08 (ichki raqam 357).

@NUU_students
👍5
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
❗️“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanloviga ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda. Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda tegishli davlat organlari hamkorligida respublikamizdagi…
❗️“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, 16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Ushbu tanlov mamlakatimizda iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, ularni ilmiy-texnik faoliyatiga keng jalb qilish, iqtidorli yoshlarning, jumladan, olis hududlarda istiqomat qilayotgan yigit-qizlarning bilim, ko‘nikma va malakasini oshirish maqsadida respublikamizning barcha hududlarida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovini o‘tkazish rejalashtirilgan

Tanlovda aniq bir g‘oya va loyihalari bo‘lgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin. Yo‘nalishlar va sohalar chegaralanmagan (Misol uchun: IT texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi, muhandislik, tibbiyot va boshqalar). Tanlovning tuman bosqichida qatnashish uchun IQ test natijasi 110 balldan past bo‘lmasligi kerak.

@NUU_students
👍5
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
❗️“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, 16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin. Ushbu tanlov mamlakatimizda iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida…
❗️“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovi 3 bosqichda oʻtkaziladi.

1-bosqich: Fevral-mart oylarida tuman (shahar)larda o‘tkaziladi va eng yuqori natijaga erishgan har bir tuman (shahar)dan 5 nafardan nomzodlar 2-bosqichga yo‘llanma oladi.

2-bosqich: Aprel oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida har biridan eng yuqori natijaga erishgan 20 nafar nomzodlar navbatdagi bosqichga yo‘llanma oladi

3-bosqich: May oyida o‘tkaziladi va unda eng yuqori natijaga erishgan 100 nafar yosh tanlovning Respublika bosqichi g‘olibi deb topiladi.

@NUU_students
👍2
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
❗️“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovi 3 bosqichda oʻtkaziladi. 1-bosqich: Fevral-mart oylarida tuman (shahar)larda o‘tkaziladi va eng yuqori natijaga erishgan har bir tuman (shahar)dan 5 nafardan nomzodlar 2-bosqichga yo‘llanma oladi. 2-bosqich:…
❗️“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovi gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:

1-bosqichda g‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti va diplom bilan taqdirlanadi.

2-bosqichda g‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti va diplom bilan taqdirlanadi.

3-bosqichda g‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti va diplom bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, Respublika bosqichi g‘oliblari Jamg‘arma tomonidan tashkil etiladigan maqsadli o‘quv kurslarida bepul tahsil oladi.

O‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlar hududlar bo‘yicha ishlab chiqarish tashkilotlari va tadbirkorlik sub’ektlariga ixtiyoriylik asosida biriktiriladi hamda “Yoshlar akademiyasi” va “Kelajak liderlari klubi”ga jalb etiladi.

@NUU_students
👍4
❗️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Sharipov Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

@NUU_students
👍20🔥6
❗️Prezident Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalari vazirligi hamda ayrim rektorlarni tanqid qildi

Oliy ta’limda qamrov keskin oshdi, sohaga xususiy sektor kirib keldi. Lekin sifatga yetarli e’tibor qaratilmayapti.

Masalan, talabalarning mustaqil ishlashi uchun muhit barcha oliygohlarda ham birdek namunali tashkil etilmagan. Aksariyat kollej va texnikumlar ham, oliygohlar ham ish beruvchilar talabi bilan hisoblashmaydi. Ayrimlarida darslik va adabiyotlar yetishmaydi, bori ham bugungi talablarga javob bermaydi.

Ilm-fan va innovatsiyalarga yetti yilda 6 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratildi. Lekin ilm-fanda “xarajat – tadqiqot – mahsulot” degan formula ishlamayotgani qayd etildi.

Umuman, ayrim rektorlarda tashabbus, intilish, fidoyilik yetishmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Shu bois, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar bo‘yicha yangi vazir tayinlanib, uning oldiga professional va oliy ta’limda keskin o‘zgarish qilish vazifasi qo‘yildi.

@NUU_students
👍4
❗️“Talabaning qobiliyatini yuzaga chiqaradigan tizim yaratish zarur” — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Bakalavriatda o‘nlab yo‘nalishlar mehnat bozori talablariga javob bermaydi.

Ko‘p oliygohlar kredit-modulga o‘tdi, lekin talabaning qobiliyatini yuzaga chiqaradigan tizim yaratish zarur.

Joriy yilda 122 ta yangi yirik loyihalar boshlanadi. Bu – yaqin yillarda murakkab texnologiyada ishlay oladigan 10 ming muhandis va texnologlar kerak, degani.

Lekin oliygohlarda bunday mutaxassislarni tayyorlash 20 foizdan oshmayapti.

@NUU_students
👍10🐳1
❗️Bakalavriatda ta'lim yo'nalishlari nomi o'zgarishi kutilmoqda.

Oliy ta’lim vazirligiga bakalavr yo‘nalishlarini yiriklashtirish hisobiga ularning sonini 40 foizga qisqartirish, ushbu yo‘nalishlardagi ta’lim dasturlarini TOP-300 ga kirgan oliygohlar dasturi asosida yangilash topshirildi.

@NUU_students
👍24🤔6😁4
❗️Universitet rektorining 01-8-sonli buyrug’i bilan 2023/2024 o‘quv yilining I-yarim yilligi fanlaridan akademik qarzdor bakalavriat bosqichi kunduzgi, kechki bo‘limining 1, 2, 3 va 4-kurs, masofaviy bo‘limning 1 va 2-kurs, hamda magistratura bosqichi 1 va 2-kurs talabalariga istisno tariqasida bir marta fanlarni qayta o‘zlashtirish uchun 2024-yilning 29-fevraligacha muddat berildi.

Bunda bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizidan ortiq soatni sababsiz qoldirib, akademik qarzdor bo’lgan bakalavriat bosqichi kunduzgi, kechki, sirtqi va masofaviy bo‘limlari hamda magistratura bosqichi talabalari uchun HEMIS axborot tizimida yakuniy nazoratni qayta topshirish imkoni mavjud emasligidan kelib chiqib, qayta o‘zlashtirish jarayonlarini amalga oshirishga ruxsat etilmaydi.

Oraliq va yakuniy nazoratlarni ajratilgan muddatlarda topshira olmagan va sababsiz qoldirgan dars soatlari bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizidan oshmagan bakalavriat bosqichi kunduzgi, kechki, masofaviy bo‘limlari hamda magistratura bosqichi talabalari qarzdor fanlarini qayta o’zlashtirgan holda oraliq va yakuniy nazoratlarni qayta topshirishlari mumkin.

Kredit-modul tizimida tahsil oluvchi akademik qarzdor talabalar ta’til vaqtida tegishli fanlardan o‘zlashtirilmagan kreditlar miqdoriga mos ravishda bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoridan kelib chiqqan holda to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng o‘zlashtirmagan fanlarni o‘z hisobidan qayta o‘qish mumkinligini eslatib o’tamiz.

@NUU_students
👍14🤣9👎6❤1
❗️Xususiy kurslarda o‘qib, “C1” sertifikatini olgan yoshlarga o‘qish xarajatlari, nemis, fransuz, koreys, yapon va xitoy tillari bo‘yicha esa “B2” darajasi sertifikatini olish xarajatlari qoplab beriladi. Yana bir yangilik – bu yil nafaqat sertifikat olishdagi imtihon xarajati, balki olti oylik o‘qish puli ham to‘lab beriladi.

@NUU_students
🤔22👍9👏2
Assalomu alaykum! Kanalga administrator olinadi. Administrator boʻlishni xohlovchilar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

• OʻzMU talabasi
• Postlarni imloviy va grammatik xatolarsiz yozish
• Telegram kanal yuritgan boʻlish
• Oliy taʼlim sohasidan xabardor boʻlish

Agar yuqoridagi talablarga javob bersangiz, @Oybek_Jorayev'ga murojaat qiling.

@NUU_students
❤9👍1
❗️“Mard o‘g‘lon” davlat mukofotining 2024-yilgi saralash bosqichiga hujjatlarni qabul qilish davom etmoqda!

Har yili o‘qishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi va iste’dodi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan iqtidorli yigitlarimiz “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlanib kelinmoqda. Davlat mukofotining 2024-yilgi saralash jarayonlariga hujjatlarni qabul qilish davom etmoqda!

14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigitlar oʻz hujjatlarini joriy yilning 1-martiga qadar yashash manzili joylashgan hudud boʻyicha Yoshlar ishlari agentligining tuman(shahar) boʻlimlariga topshirishi tavsiya etiladi.

@NUU_students
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Grantda (budjetda) o‘qigan talabalar diplomi 3 yil ishlab bersa keyin beriladi degan qoida hammaga taalluqli emas.

@NUU_students
👍15🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️So'rovnoma: Oliy ta’limdagi mutaxassislar eski zamon uslubidan chiqa olishmayapti

Oliy ta’limdagi darslar sifati talabga javob beradimi? Talabalar oliy ta’limdagi darslar sifatiga 5 balldan necha ball beradi? Shu kabi savollar bilan Rost24.uz poytaxtda ta’lim olayotgan talabalar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi.

@NUU_students
🔥4👍1💯1
#tonggi #motivatsiya

Bugun boshlang!

🏁 Start va Finish orasini bir chiziq ajratib turadi xolos. Ma’lum narsaning tugashi bilan boshqasi boshlanadi va aksincha, nimadir boshlanishi boshqasi yakun topganini bildiradi.

Maqsadga erishishda eng muhimi - boshlash!

Boshlash bu - mavhumlik, boshlash bu - komfort zonadan chiqish, boshlash bu - sarhadlarimizni yorib chiqish...

Start va Finishni ajratib turgan chiziqni kesib o‘ta olasiz. Bu juda oson. Shunchaki, bugun harakatni boshlang!

@NUU_students
👍6❤‍🔥2🗿2🔥1🐳1
⚡️ 3 yil o‘qib bakalavr darajasini olish mumkin bo‘ladi

Amaldagi qonunchilik bo‘yicha ta’lim sohasidagi ayrim yo‘nalishlarda 3 yil o‘qib diplom olish imkoni bor.

🎓 Fevral boshida e'lon qilingan qarorga ko‘ra esa:

➖ professional ta’limdan so‘ng oliy ta’limni davom ettirish imkoniyatlarini yanada kengaytiriladi;

➖ 3 yillik ta’lim dasturlari asosida amaliy bakalavriat bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

🔔 Izoh: hozircha aynan qaysi yo'nalishlar 3 yillik bo'lishi ainq emas.

@NUU_students
👍7❤‍🔥6⚡2
#kun_hikmati

Nechun, bilasanmi? xo'roz har sahar!
Turib, motamzada oh-nola qilar.
U bizga deydiki: "Tong oynasida!
Umringdan tun o'tdi, o'zing bexabar! "

@NUU_students
👏21👍8🔥8🐳1