O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.08K subscribers
2.69K photos
488 videos
224 files
1.93K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️So'rovnoma: Oliy ta’limdagi mutaxassislar eski zamon uslubidan chiqa olishmayapti

Oliy ta’limdagi darslar sifati talabga javob beradimi? Talabalar oliy ta’limdagi darslar sifatiga 5 balldan necha ball beradi? Shu kabi savollar bilan Rost24.uz poytaxtda ta’lim olayotgan talabalar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi.

@NUU_students
🔥4👍1💯1
#tonggi #motivatsiya

Bugun boshlang!

🏁 Start va Finish orasini bir chiziq ajratib turadi xolos. Ma’lum narsaning tugashi bilan boshqasi boshlanadi va aksincha, nimadir boshlanishi boshqasi yakun topganini bildiradi.

Maqsadga erishishda eng muhimi - boshlash!

Boshlash bu - mavhumlik, boshlash bu - komfort zonadan chiqish, boshlash bu - sarhadlarimizni yorib chiqish...

Start va Finishni ajratib turgan chiziqni kesib o‘ta olasiz. Bu juda oson. Shunchaki, bugun harakatni boshlang!

@NUU_students
👍6❤‍🔥2🗿2🔥1🐳1
⚡️ 3 yil o‘qib bakalavr darajasini olish mumkin bo‘ladi

Amaldagi qonunchilik bo‘yicha ta’lim sohasidagi ayrim yo‘nalishlarda 3 yil o‘qib diplom olish imkoni bor.

🎓 Fevral boshida e'lon qilingan qarorga ko‘ra esa:

➖ professional ta’limdan so‘ng oliy ta’limni davom ettirish imkoniyatlarini yanada kengaytiriladi;

➖ 3 yillik ta’lim dasturlari asosida amaliy bakalavriat bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

🔔 Izoh: hozircha aynan qaysi yo'nalishlar 3 yillik bo'lishi ainq emas.

@NUU_students
👍7❤‍🔥6⚡2
#kun_hikmati

Nechun, bilasanmi? xo'roz har sahar!
Turib, motamzada oh-nola qilar.
U bizga deydiki: "Tong oynasida!
Umringdan tun o'tdi, o'zing bexabar! "

@NUU_students
👏21👍8🔥8🐳1
⚡️Rasman: IELTS endilikda BEPUL oʻqitiladi

3.4 milliard soʻmlik Grant eʼlon qilindi.

❗️Kvota miqdori: 1200 ta

🇺🇿 Respublika miqyosida 30 ta filialiga ega boʻlgan Registon taʼlim loyihasi hamda Xalqaro "British Council" tashkiloti hamkorligida yoshlarga "Registon IELTS Granti" tanlovining III mavsumini start berildi.

✅Ushbu Grant orqali 1200 nafar yoshlarni mutlaqo BEPUL o‘qitish rejalashtirilgan.

Roʻyxatdan oʻtish: https://t.me/IELTS_Registan_bot?start=1

@NUU_students
❤4👍2🔥2
❗️Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat yo‘nalishiga necha nafar xotin-qizlar qabul qilingan?

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yili boshiga O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat yo‘nalishiga 134 217 nafar xotin-qizlar qabul qilingan. Qabul qilingan xotin-qizlar soni sohalar bo‘yicha quyidagicha:

Ta’lim – 65 065 nafar;
San’at va gumanitar fanlar – 14 286 nafar;
Biznes, boshqaruv va huquq – 11 741 nafar;
Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot – 10 291 nafar;
Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari – 10 167 nafar;
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot – 8 487 nafar;
Tabiiy fanlar, matematika va statistika – 4 428 nafar;
Qishloq, o‘rmon, baliqchilik xo‘jaligi va veterinariya – 4 027 nafar;
Xizmatlar – 2 971 nafar;
Axborot-kommunikasiya texnologiyalari – 2 754 nafar.

@NUU_students
👍2
❗️Qaysi banklarda taʼlim krediti ajratilmoqda?

Hozirda Orient Finans Bank, Turonbank, Aloqabank va MKBank banklar tomonidan imtiyozli taʼlim krediti ajratilmoqda. Shartlari quyidagicha:

Foizi: Yigitlarga 14%, Qizlarga 0%;
Muddati:
Oʻqish davri + 7.5 yil
Miqdori: Oʻquv yili uchun talaba va OTM oʻrtasida tuzilgan shartnoma summasi

Murojaat uchun raqamlar:
Orient Finans Bank (4004)
Turonbank (1220)
Aloqabank (1152)
MKBank(1285)

@NUU_students
👍8❤3
Professional ta’limda “Yashil ko‘nikmalar” bo‘yicha yangi loyiha amalga oshiriladi

28-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Ta’lim va ko‘nikmalarni rivojlantirish” davlat platformasi doirasidagi professional ta’lim masalalari bo‘yicha Ishchi guruhining 3-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov boshchiligidagi vazirlik mutasaddilari hamda UNESCO, YTF (DARYA), HELVETAS, KfW, German Sparkassenstiftung for International Cooperation, GIZ, PECA kabi 10 dan ortiq xorijiy tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda professional ta’lim va donorlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha Ishchi guruhining 2024-yilga mo‘ljallangan strategik rejalari va tashabbuslari, shuningdek, “Yashil ko‘nikmalar” va professional ta’lim sohasidagi islohotlar bo‘yicha yangi loyihalar muhokama qilindi.


#profta’lim #yig‘ilish #xalqarohamkorlik #ustuvorvazifalar

Bizni kuzating

https://t.me/NUU_students
🔥5👍2
❗️Toshkent havosining iflosligi bo‘yicha dunyoda 1-o‘ringa chiqdi

Toshkent havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha 29-fevralda dunyoning yirik shaharlari orasida 1-o‘ringa chiqdi.

IQAir portaliga ko‘ra, soat 11:00 atrofida Toshkent havosida mayda PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 171 mkg/m3 ni tashkil etgan – bu JSST tomonidan tavsiya etilgan o‘rtacha havo sifati ko‘rsatkichidan 34,2 barobarga ko‘p. Hozirda poytaxt havosi sifati “juda zararli” tasnifi turibdi.

@NUU_students
😨18👍3👎3🏆2😭1
💥💥💥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥
O'zMU talabalariga universitet Yoshlar ittifoqi tomonidan ajoyib yangilik❕❕❕

🇺🇿Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti  Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan talaba-yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida hamda bahorning ilk kunini bayram bilan kutib olish maqsadida 2024-yil 1 - mart soat 11:00 da "Yoshlar festivali" o'tkazilishini e'lon qilamiz. Ushbu Yoshlar festivali doirasida "Havaskor gitara ishqibozlari" tanlovi, "Gulxan atrofida" ijodiy kechamizdagi ijodkorlar tanlovi hamda talabalarimiz tomonidan "Shashlik day" O'zMU yoshlariga tashkil etiladi.

🔺Yoshlar festivali doirasidagi "Shashlik day" musobaqasida g'olib bo'lgan jamoalar

🥇1-o'rin ga umumiy miqdori 2 100 000 so'mni tashkil etadigan 3 ta eng yaxshi ishtirokchiga 700 000 so'mdan
🥈2-o'rin ga umumiy miqdori 1 500 000 so'mni tashkil etadigan 3 ta eng yaxshi ishtirokchiga 500 000 so'mdan
🥉3-o'ringa umumiy miqdori 1 200 000 so'mni tashkil etadigan 3 ta eng yaxshi ishtirokchiga 400 000 so'mdan
pul mukofoti, diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadi.

🔹"Yoshlar festivali" doirasidagi "Havaskor gitara ishqibozlari" tanlovida g'olib bo'lganlar.

🥇1-o'rin 700 000 so'm ( yetti yuz ming so'm)
🥈2-o'rin 500 000 so'm ( besh yuz ming so'm)
🥉3-o'rin 300 000 so'm ( uch yuz ming so'm) pul mukofoti, diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadi.

🔺"Gulxan atrofida" nomli mushoira kechasida g'olib bo'lgan talaba-yoshlar

🥇1-o'rin 700 000 so'm ( yetti yuz ming so'm)
🥈2-o'rin 500 000 so'm ( besh yuz ming so'm)
🥉3-o'rin 300 000 so'm ( uch yuz ming so'm) pul mukofoti, diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadi.

🔹P.S. Tadbir davomida Havaskor gitara ishqibozlari uchun jonli ijrodagi kuy-qo'shiqlar, ijodkor talabalar tomonidan "Gulxan atrofida" gi mushoira kechamiz, Milliy liboslar ko'rgazmasi, rasmlar ko'rgazmasi, Sport musobaqalari va siz kutgan-kutmagan qizg'in tarzda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan YOSHLAR FESTIVALI sizni kutib qoladi.

🔻Murojaat uchun: Fakultetlarning Yoshlar masalalari bo'yicha dekan o'rinbosarlariga

🔹O'tkazilish kuni 2024 - yil 1 - mart soat 11:00 da Rektorat binosining old maydonida. Barcha yoshlarni chorlab qolamiz!

👍O'zMU Yoshlar ittifoqi

Bizga qoʻshiling


https://t.me/nuu_uz
👍5❤‍🔥2❤2😁1
⚡️Psixologiyada o'qiyotganlar Qurolli Kuchlar akademiyasiga kirishi mumkin

▪️ 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab Qurolli Kuchlar akademiyasida kuch tuzilmalari uchun “Psixologiya (harbiy psixolog)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ofitser kadrlarni tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Bu tizimda oliy ta’lim muassasalari Psixologiya ta’lim yo‘nalishining 2-bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan, o‘qishini Qurolli Kuchlar akademiyasida davom ettirish va kelgusida kontrakt asosida harbiy xizmatni o‘tash istagidagi, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli, 26 yoshgacha bo‘lgan talabalar orasidan nomzodlar saralab olinadi. Nomzodlar harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lishi shart emas.

🎓 Talabgorlar 2 yillik dastur asosida o‘qitiladi va bitiruvchilarga bakalavr darajasi beriladi.

Arizalar hududlardagi Mudofaa ishlari bo‘limlari orqali 31-martga qadar qabul qilinadi.


@NUU_students
👍5⚡2❤1🔥1
1-Mart🌷
Yangilanish fasli boʻlmish bahor faslining ilk kuni barchamizga muborak bo’lsin💫🫶🏻
#bahor #весна #spring

@NUU_students
❤‍🔥21👍2🔥2🥰1