O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.08K subscribers
2.69K photos
488 videos
224 files
1.93K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
“Yosh kitobxon” tanloviga 2024-yil uchun roʻyxatdan oʻtish boshlandi

Ishtirok etish uchun @yoshkitobxon_bot telegram boti orqali roʻyxatdan oʻting! Arizalar 1-sentabrga qadar qabul qilinadi.

Adabiyotlar ro‘yxati bilan yuqoridagi rasmda tanishib olishingiz mumkin.

@NUU_students
2-kun✨

Saharlik.
Dushanba 12-mart.
🕑 5:21.


Saharlik duosi.

Navaytu an asuma sovma shahri ramazona minal fajri ilal mag'ribi,xolisan lillahi ta'ala.Allohu akbar.

Ramazon oyining ro'zasini xolis Alloh uchun subhdan to kun botguncha tutmoqni niyat qildim.Alloh buyukdir.

Tutgan ro'zangiz qabul bo'lsin✨


@NUU_students
❤13👍7
#talabaga_yengillik

📌 Ayrim talaba-oʻquvchilar uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-aprelga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2023/2024-oʻquv yilida oliy va professional taʼlim muassasalarining ayrim talaba-oʻquvchilariga bazaviy/tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning bir yillik oʻqitish qiymatidan kamida 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati joriy yilning 10-apreliga qadar etib belgilandi.

Ushbu uzaytirish quyidagilarga taalluqli:

✅oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan (OTM rahbarining farmoyishi asosida oʻqishga qatnashishga ruxsat etilgan, fanlarni oʻzlashtirgan lekin, shartnoma tuzib, toʻlovlarni belgilangan muddatlardan kechikib amalga oshirgan va bugungi kungacha talabalikka qabul qilish boʻyicha buyruq rasmiylashtirilmagan) abituriyentlar;

✅xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalardan oʻqishini koʻchirayotgan, koʻchirib tiklayotgan va qayta tiklayotgan talabalar;

✅professional taʼlim muassasalari (kollej, texnikum)ga toʻlov-kontrakt asosida oʻquvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar.

Eslatma: amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

@NUU_students
👍5
❗️O'zMU talabalari Turkmanistonda o‘tgan xalqaro olimpiadada jamoaviy o‘yinda oltinni naqd qilib, jami 4 ta medalni qo‘lga kiritdi

Joriy yilning 3-8-mart kunlari Turkmaniston Respublikasining Ashxobod shahrida matematika bo‘yicha Xalqaro olimpiada (Open Mathematical Olympiad for University Students – 2024) tashkil etildi.

Ushbu olimpiadada Ispaniya, Bolgariya, Rossiya, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Turkmaniston, O'zbekiston hamda boshqa mamlakatlar nufuzli universitetlarining talabalari ishtirok etdi.

Quvonarlisi, O‘zbekiston Milliy universiteti Matematika fakulteti talabalari ham mazkur olimpiadada munosib qatnashib, yakkalik bahslarida 1 ta oltin, 2 ta kumush, jamoaviy o‘yinda esa oltin medalni qo‘lga kiritdi. Jumladan, Nabixon Nabixonov oltin, Fathulla Keldiyorov hamda Hasan Tuyliyev kumush medalga sazovor bo‘ldilar.

@NUU_students
👍12👏7❤3🏆1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ko'pchilik "Til bilmayman" deb noliydi. Lekin til o'rganishga zo'r imkoniyat kelsa, e'tiborsiz qoldiradi va qo'ldan boy berishadi.

Yuqori bosqichda o'qiyotgan bo'lsangiz ham Englishda ravon gapirolmayapsizmi?
Darslaringiz hali ham O'zbekchada o'tilyaptimi?

Ingliz tilini anchadan beri o'rganyapsizku, lekin natija sezilmayaptimi?
O'zingizni Englishni biladigandek tutasizu, aslida uni yaxshi bilmasligingizni o'zingiz ichingizdan bilib ezilasiz. 😕

Bular jonga tekkan bo'lsa aynan sizni kursimizga taklif qilamiz.

📊Yuqori natijaga asoslangan tizim bo'yicha darslarni tashkil etamiz!

Birinchi dars sinov darsi.
Tizim va dars sifati yoqsa davom etamiz, bo'lmasam yo'q.

📍Manzil: Olmazor tumani,
Beruniy metro

❗️Mo'ljal: Korzinka orqasida

Darslar videoda tasvirlangan tizim (Do'mbita tizimi) asosida o'tiladi.

Biz bilan manfaatli ilm oling.

Bahordan boshlayman degandingiz. Vadangizda turing!!!

Murojaat va batafsil malumot uchun: @summit_admin
👍5❤1
❗️2024-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlarning sanalari e’lon qilindi

2024-yilning 1-yarmida chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida tashkil etiladi.

Test sinovida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Izoh: hukumat topshiriqlari va talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda test sinovi o‘tkaziladigan sanalarga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.

@NUU_students
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ҳозирги кўпгина раҳбарлар, айниқса, ҳокимлар шу жойда, яъни лаҳадда бир кечани ўтказиши керак экан-да! Бу қийин масала. Албатта, кўпчилиги лаҳад йўлагига сиғмайди, сиққанлари ҳам бу ерга кирса, ўтган кунларини, қинғир-қийшиқ ишларини эслаб, бу ердан бутун чиқмайди!..

Шароф УБАЙДУЛЛАЕВ, фахрий журналист

⭕️ Каналга обуна бўлинг 👇👇👇
https://t.me/mushtumjurnali
😭7👍4
📌O‘zbekistonda litsenziyasi bekor qilingan nodavlat oliygohlar talabalarining o‘qishi ko‘chirildi

✅Talabalar o‘z tanlovlariga ko‘ra ariza topshirgan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida 11-martdan o‘qishini boshladi.

@NUU_students
📌O’zbekiston IQ reytingida 80-o’rinni egalladi✅
📊
International IQ test portali reytingiga ko'ra,
2023-yilda Janubiy Koreya, Xitoy va Eronda yashovchi odamlar eng yuqori IQ darajasiga ega.

@NUU_students
😁11👍5
#foydali

❓Bugungi kunda doktorantlar uchun stipendiya miqdori qancha?

📌Stajyor-tadqiqotchilik- 5 013 746,08

📌Tayanch doktorantura (PhD) 5 663 636,26

📌 Doktorantura -fan dokdori (Doctor of Science (DSc)-7 236 225,96

❗️ Doktorantura stipendiyasidan daromad solig'i ushlab qolinmaydi.

Bakalavr stipendiyasini kutib yashaydigan tanishlarga yuborib qo'yamiz )

@Nuu_Students
😭27👍9😎2🙈1
⚡2024-yil uchun zakot, fitr sadaqasi va fidya miqdori e’lon qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi 2024-yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqasi va fidya miqdori bo‘yicha qarorini e’lon qildi.


Barchamizni ushbu amallarni bajarishga qodir aylasin!

@Nuu_Students
👍11
✅ TALABALAR OʻRTASIDA INTELLEKTUAL OLIMPIADA OʻTKAZILDI

▶️ 2024-yil -- "Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili" munosabati bilan Oʻzbekiston tarixi kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan 1-bosqichda tahsil olayotgan tarixchi-talabalar oʻrtasida intellektual olimpiada tashkil etildi.

➡️ Ushbu bilimlar bellashuvi davomida talaba-yoshlar Vatanimizning rivojlangan oʻrta asrlar tarixiga oid bilimlarini sinovdan oʻtkazdilar. Talabalarga 50 daqiqa davomida yechish uchun 50 ta test topshirigʻi taqdim etildi.

🏵 Sarhisobga koʻra eng yuqori natija koʻrsatgan uch nafar talaba diplom, intellektual olimpiadaning esdalik oltin 🥇, kumush 🥈va bronza 🥉medallari hamda kitoblar bilan taqdirlandi.

➡️ Intellektual musobaqa davomida tarix fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzosi Anatoliy Sagdullayevich Sagdullayev ishtirok etib, talabalarga muvaffaqiyatlar tiladi hamda ularni ilm yoʻlida doimo olgʻa borishga chaqirdi.


@Nuu_Students
👍6🔥2