O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.08K subscribers
2.69K photos
488 videos
224 files
1.93K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️2024-yil mart oyidan boshlab har oyning toʻrtinchi chorshanba kuni Toshkentda “Avtomobilsiz kun” deb eʼlon qilindi

“Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasida vazirlik va idoralar, hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va masʼul xodimlari ish joyiga jamoat transportida kelib, namuna koʻrsatib borishi belgilandi.

@NUU_students
👍20😁6🔥4🤷‍♀1😨1
📌 Stipendiya va ijara pullarini o'z vaqtida tashlab berishlari uchun vazirlik barcha OTMlarga chegara sifatida bitta sanani belgilab berishi kerak, undan kechiktirganlarni jazolash kerak.

Chunki azal-azaldan aniq bir tayinli vaqtda tashlab berilmaydigan stipendiya qatoriga ijara puli ham qo'shildi. Pulni barcha OTMlar xohlagan vaqtida tashlab beradi, kimdir 5-sanada, kimdir 12, kimdir 20 va yana kimdir 28. Bu noaniq sanalar talabalarning o'z pullarini hisob-kitob bilan ishlatishlariga to'sqinlik qiladi, ijarada 5 kishi tursa, hammasi har xil OTMdan bo'lsa, kimgadir stipendiya tushib, qolganiga tushmasa o'zlarini diskomfort xis qilishadi, ijara to'lovi vaqti kelganida ham xuddi shunday.

Shu sababli vazirlik qonunchilikda belgilangan muddatlarni OTMlarga tushuntirib, qat'iy ogohlantirib qo'ymasa talabalar buxgalterlarning ertaga tushadi degan gaplariga umid bildirib yuzi qizarib yuraveradi.

@NUU_students
🔥22👍5❤3
#Munosabat


📌 Stipendiya va ijara to'lovlari kechikishi bo'yicha shaxsan Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov munosabat bildirdi.

Munosabatda aytilishicha amaldagi me'yoriy hujjatlarga muvofiq:

"- Ish haqining birinchi yarmi (avans) har oyning 15-18-sanalarida, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar (ish haqining ikkinchi yarmi) har oyning 1-4-sanalarida amalga oshirilishi;
- Oliy ta’lim tashkilotlarida stipendiya to‘lovlari ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar amalga oshirilgandan so‘ng, joriy oy uchun har oyning 10-15-sanasiga qadar amalga oshirilishi;
- Ijara haqining bir qismini qoplash uchun beriladigan to‘lovlar har oyning 15-sanasiga qadar to‘lab berilishi belgilangan.

Ma’lumot uchun: talabalarga stipendiya to‘lovlarining kechikishiga tegishli buyruqlar rasmiylashtirilishi yoki kontrakt to‘lovlarining muddatidan kech to‘lanishi yoki ijara shartnomalarini beliglangan muddatlarda taqdim etilmasligi sabab bo‘lishi mumkin.

Oliy ta’lim tashkilotlarida yuqoridagi to‘lovlarni kechikishi kuzatilganda, har bir holat bo‘yicha alohida o‘rganish o‘tkazilib, tegishli choralar ko‘rilishini ma’lum qilamiz" — deyiladi munosabatda.

P/S: Demak xulosa shuki, masalan kelgusi oy aprel bo'lsa aprel oyi stipendiyalari 10-15-aprelga qadar, ijara to'lovi esa 15-aprelga qadar to'lanishi kerak. Agar to'lov kechikkan taqdirda yuqori turuvchi tashkilotlarga murojaat qilishingiz mumkin, bu bo'yicha tegishli choralar ko'riladi.

@NUU_students
🔥15👍6🌭2
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
https://t.me/boost/NUU_students
Assalomu alaykum hammaga!

Telegram premiumi borlar ovoz berib yuboringlar, soʻng biz kanal nomidan stories qoʻyish imkoniyatiga ega boʻlamiz!
👍11😁6🌚2
⚡️IELTS Marafonida qatnashing!

🇺🇿 O‘zbekistonda kuchli IELTS instruktorlari tomonidan katta masshtabda Onlayn IELTS Marafoni tashkil etilmoqda

⚡️ Marafonda ishtirok etish mutlaqo Bepul!

🔥 Marafonda albatta ishtirok eting va eng muhim bilimlarga ega bo‘ling!

🔗 Batafsil ma’lumot va marafonda qatnashish manzili: https://t.me/Marafon_IELTS_Bot?start=66096f9161c84d5ab3029a69
👍1
#Achchiq_yumor

Hech tushunmaymanda! Nega inson zoti yaqinda tanishgan yoki boʻlmasa umuman avval unga begona boʻlgan insonlarga yaxshi munosabatda boʻladi-yu lekin eng yaqin jigarlari va ota-onasiga ushbu munosabatlarning 3,5 foizini ham qilolmaydi yaʼni ularga koʻp hollarda yaxshi munosabatda boʻlmaydi?

Nima insonlar har bir narsani qadriga yetishi uchun nimadir yoʻqolishi yoki oʻlishi kerakmi?

@NUU_students
❤‍🔥22👍10😭9💯6🗿6🆒5🔥3❤1🤔1
#Eʼlon

Assalomu alaykum hammaga!
10-aprel kuniga Toshkentdan Qarshi shahriga avtobusga 1 dona bilet bor sotiladi!

Murojaat uchun: +998331524746
@Murid_0
😁11
#tezkor

📌Endilikda migrantlarning viza, chipta, til o‘rganish xarajatlari qisman qoplab beriladi.

“Xorijga ish – mahalladan” tamoyili yo‘lga qo‘yiladi. Bunda, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqaroni aniqlab, “Onlayn mahalla” platformasiga kiritadi. Nomzodlar xorijdagi ish beruvchilar tanlovlariga jalb qilinadi.

Batafsil: https://yoshlarovozi.uz/oz/news/migrantlarning-xarajatlari-qoplab-beriladi

@Nuu_Students
🔥3👍1
❗️Suv xo'jaligi inspeksiyasi eng korrupsiyalashgan tashkilot deb topildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi bo’yicha yangi reyting e’lon qilindi.

Unga ko’ra, Suv xo'jaligi inspeksiyasi eng
korrupsiyalashgan tashkilot deb
topilgan bo‘lsa, Yoshlar ishlari agentligi 12-o’rinni qayd etdi.

Yuqoridagi ro‘yxatda tizimda korrupsiya yugori bo'lgan TOP-15 ta davlat organlari va tashkilotlari bilan tanishib chigishingiz mumkin.

Sessiyani pul bilan yopaman deb yurganlarga jo'natib qo'yamiz )

@Nuu_Students
👍7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️“O‘g‘illarimdan umidim katta”: Ikki farzandi prezident maktabida o‘qiyotgan novvoy

Farg'ona viloyati Bag‘dod tumani Samarqand qishlog‘ida oddiy oilaning ikki farzandi Farg‘ona shahridagi prezident maktabiga o‘qishga kirgan. Daromadi novvoychilikdan bo‘lgan ota-ona farzandlari kamoli uchun tinmay mehnat qiladi. “Imorat qurmasak-da, bor mablag‘imizni o‘g‘illarimizning bilim olishi uchun sarflayapmiz, ular novvoyxonada qiyinchilikni his qilib ulg‘ayishdi”, deydi ota.

📹 TO‘LIQ VIDЕONI TOMOSHA QILING


📌Qobilyat va imkoniyat birlashsa katta kuch bo'ladi. Lag'monxonada ulg'aygan Po ham „Ajdarho jangchisi“ bo'lgan axir..)

@Nuu_Students
🔥16👍7👏4🫡2
🔠🔠🔠🔠🔠🔠

Toshkent moliya instituti binosi qayta rekonstruktsiya qilinib tadbirkorlarga berilishi mumkin.

Prezident Amir Temur shohko‘chasidagi sakkizta davlat idorasining eski binolarini rekonstruksiya qilish va savdo obektlari, ofis va yerosti avtoturargohiga ega mehmonxonalar qurish uchun tadbirkorlarga berishni taklif etdi.

Ma’lumot uchun, Amir Temur maydonidan katta halqa yo‘ligacha boradigan Amir Temur shohko‘chasida Yunusobod tumani hokimligi, Toshkent moliya instituti, FHDYo arxiv binosi, tuman soliq bo‘limi, Majburiy ijro byurosi va boshqa obektlar joylashgan.

Ancha dararxtlar kesiladi chog'i.😐


@Nuu_Students
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣12👍1👏1🫡1
🔤🔤🔤🔤🔤🔤

Ba’zi maktablarda fanlar chet tilida o‘qitiladi

🔰 Prezident farmoniga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan O‘zbekistondagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda:

🔹 chet tilini bilish bo‘yicha kamida B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilar tomonidan fanlarni chet tilida o‘qitish amaliyoti joriy etiladi;

🔹matematika, fizika, kimyo, biologiya, tabiiy fanlar (science), informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan darslarni chet tilida olib borgan o‘qituvchilarga tarif stavkasiga nisbatan 100 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.


Tilchilarni ishi besh ekan karo'chi😐


@Nuu_Students
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18❤2
🔤🔤🔤🔤🔤🔤

🎓 Fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

🇺🇿2024-yil 7-aprel (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.

📍 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

✅ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da) kiritiladi.

❗️ Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

✅@Nuu_Students
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
❗️Magistratura va oliy ta'limdan keyingi ta'limga kirishda xorijiy til bilish sertifikati talabi bekor qilinishi mumkin.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida“ 2021-yil 19-maydagi PQ–5117-son qarori tartibga solish ta’sirini baholash (TSTB)dan o‘tkazilmoqda.

TSTB doirasida magistratura va oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga tanlovlarda faqat til bilish sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishiga oid majburiy talab hamda bunday sertifikatga ega xorijiy tillar o‘qituvchilariga qo‘shimcha ustama to‘lash bilan bog‘liq tartiblarning aholi va ta’lim muassasalariga ta’siri baholanmoqda.

Baholash natijalariga ko‘ra, ko‘zlangan maqsadlarga erishilmagan va samarasiz yoki samaradorligi past bo‘lgan talab va tartiblarni o‘zgartirish yoki bekor qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

Mazkur qaror bo‘yicha to‘ldirilgan TSTB hisoboti bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

Ushbu masalalar yuzasidan taklif va mulohazalaringizni a.quchqarov@edu.uz pochta manziliga yuborishingiz mumkin.

@NUU_students
👍16🔥16🤣7❤1
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining tadqiqotiga koʻra, talabalarning akademik o‘zlashtirishini baholashda quyidagi korrupsiya xavflari aniqlangan:

1. Talabalar yoki ularning qarindoshlari baho uchun o‘qituvchilarga norasmiy to‘lovlar/imtiyozlar berishi

2. HEMIS tizimida baholarlarni o’zgartirish mumkinligi

3. Plagiat keng tarqalganligi.

Korrupsion xatti-harakatlar tashabbuskor(lar)i kim?

76,7 % ishtirokchi fikricha, talabalar,
34,3 % o‘qituvchilar
25,4 % talablarning qarindoshlari, degan fikrda.

@NUU_students
👍4😁1👻1
Me: jamiyatdagi muommolarni, yangiliklarni yoritib berish bilan ovvora!

Boshqalar: xuddi shu postimni tagiga reklama tiqishtirish bilan ovvora!

P/s: Shu qoʻyayotgan reklamalar orqali u bu kim sizga murojaat qilyabdimi? Qiziq-da?

@NUU_students
🤔9🤣9😁4👍1👻1
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤


🤔Psixologiyada o'qiyotganlar Qurolli Kuchlar akademiyasiga kirishi mumkin.

▪️ 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab Qurolli Kuchlar akademiyasida kuch tuzilmalari uchun “Psixologiya (harbiy psixolog)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ofitser kadrlarni tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Bu tizimda oliy ta’lim muassasalari Psixologiya ta’lim yo‘nalishining 2-bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan, o‘qishini Qurolli Kuchlar akademiyasida davom ettirish va kelgusida kontrakt asosida harbiy xizmatni o‘tash istagidagi, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli, 26 yoshgacha bo‘lgan talabalar orasidan nomzodlar saralab olinadi. Nomzodlar harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lishi shart emas.

🧠 Talabgorlar 2 yillik dastur asosida o‘qitiladi va bitiruvchilarga bakalavr darajasi beriladi.

🗺Arizalar hududlardagi Mudofaa ishlari bo‘limlari orqali 31-martga qadar qabul qilinadi.

💙@Nuu_Students
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👻1
“Farosat” kursimizda o’rgatadigan bilimlarimiz👇

— Qanday qilib “Nexia 2 legenda deb yozishdan qaytish.
— “Farosat” texnikasini ishlatib kamentariya yozish.
— Yozgan kamentariyamizni 2marta tekshirish.
— Postga aloqador gaplar yozish.
— Kamentariyada tanishmaslik uchun nima qilish.
— Reklama tarqatmaslik uchun eng zo’r texnika.


Agar sizdayam shunaqa ko’p kommentariya yozadigan do’stingiz bo’lsa albatta shu postni tashlab qo’ying kursimizga yozilishsin.

Bunaqangi malumotlardan qolib ketmang!

@NUU_students
🤣48😁8👍5👏1👻1
✍️Diqqat, stipendiya tanlovi!

Erkin Vohidov nomidagi maxsus stipendiya uchun hujjatlar qabuli boshlandi


Ushbu stipendiya universitetda Erkin Vohidov hayoti va ijodini o'rganish, faoliyatini ilmiy tadqiq va targ'ib qilish yo'nalishida izlanish olib borayotgan, alohida faollik ko'rsatgan talabalarni rag'batlantirish maqsadida ta'sis etilgan.

👉 Tanlov nizomi

Hujjatlar joriy yilning 20-apreliga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Manzil: Universitet, rektorat binosi, 6-qavat 66-xona
Mas'ul: Hosilbek Do'stmurodov

🕊@Nuu_Students
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1