O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.08K subscribers
2.69K photos
488 videos
224 files
1.93K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️2024-YIL JAVOBLAR VARAQASI (TITUL)ni saqlab qo'ying!

🖨 Ushbu javoblar varaqasini chop eting va uni to'g'ri to'ldirishni hozirdan mashq qilishni boshlang!

❌ Esingizda bo'lsin, bo'yaganda doiradan tashqariga chiqmang;

❌ Doira ichini to'liq bo'yalmasligi ham xato;

❌ Xato qilib belgilagan doirani "teshish" mumkin emas;

❌ Skaner teshilgan javobni baribir xato deb hisoblaydi;

❌ Bitta testga javob sifatida birdaniga ikki yoki undan ortiq doirani bo'yash mumkin emas. Bu ham xato va buning uchun hech qanday ball berilmaydi.

❌ Eng yomoni, xato qilganingiz uchun sizga yangi titul berilmaydi!

👉Javoblar varaqasini PDF shaklida yuklab olish.

@NUU_students
👍4🗿2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha batafsil ma'lumot berildi.

Chet mamlakatlarda tahsil olayotgan Oʻzbekistonlik talabalar oʻqishini Oʻzbekistonga koʻchirishda qanday yangi tartiblar belgilandi?

@NUU_students
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Rasman: "perevod" uchun qabul 15-iyuldan boshlanadi

Bu haqida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot kotibi ma`lum qildi.

O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz sayti orqali 5-avgustga qadar qabul qilinadi.

O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o‘tish uchun imtihon topshiradi.

O‘tish ballini to‘plolmaganlar "super-kontrakt" bilan qabul qilinishi mumkin.

Abituriyentlarga o‘qishga kirishda beriladigan imtiyozlar "perevod"chilar uchun amal qilmaydi.

@NUU_students
👍4
❗️Oliy ta’limda yigitlardan ko‘ra ko‘proq qizlar o‘qiydi.

Oliy ta’lim vazirligi statistikasiga ko‘ra, respublikadagi barcha OTMlarda o‘qiyotgan 1 mln 312 ming talabaning 650 ming nafari erkaklar, 662 ming nafari esa xotin-qizlardir. Magistraturada tahsil olayotgan 24 ming talabaning 60 foizini xotin-qizlar tashkil qiladi.

Talaba qizlar ulushi yuqoriligida ularga berilgan imtiyozlar ham yordam berayotgan bo‘lishi mumkin.

@NUU_students
😁23👍14👎1
❗️Ikkinchi va undan keyingi(ikkinchi mutaxassislik) ta'limga hujjat topshirish har yili 10-iyuldan boshlanadi.

Hukumat qarori (606-son, 24.09.2021 y.) bilan Oliy taʼlim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi taʼlimni olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ko'ra: oliy maʼlumotga ega boʻlgan bakalavr (diplomli mutaxassis) darajasiga ega shaxslar bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olishlari mumkin.

Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim boʻyicha qabul parametrlari OTM kengashi tomonidan belgilanadi.

Oʻqishga kirish uchun abituriyentlar har yili 10-iyuldan 10-avgustgacha (shu kuni ham) my.edu.uz elektron tizim orqali roʻyxatdan oʻtadi.

Qabul tartibi (kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon oʻtkazish muddatlari) har yili 1-iyulgacha OTM rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

Qabul natijalari har yili 30-avgustgacha OTM tomonidan eʼlon qilinadi.

Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimda oʻqish 2-kursdan boshlanadi. Bunda oʻqish davomiyligi tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun belgilangan muddatdan bir yilga kam etib belgilanadi.

Nizom oliy harbiy taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Qabul kvotalari va imtihonlar haqida o'qishga topshirmoqchi bo'lgan oliy ta'lim muassasangiz orqali bilib olishingiz mumkin.

@NUU_students
👍4
❗️Abituriyentlar diqqatiga: Ertaga OTMlarga ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni!

Ertaga, 25-iyun — oliy va professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni bo‘lib, shu kuni soat 23:59 da ro‘yxatdan o‘tish to‘liq yakunlanadi.

Hurmatli abituriyentlar!

Ro‘yxatdan o‘tish uchun qabulning so‘nggi kunlarini kutmang! Imkon boricha bugunoq ro‘yxatdan o‘ting! Test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshiring!

Ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi (fanlar ketma-ketligini inobatga olgan holda), ta’lim tili va test topshirish hududini tanlashda e’tiborli bo‘ling.

25-iyun kuni soat 23:59 ga qadar barcha ma’lumotlaringizni o‘zgartirishingiz mumkin (to‘lov qilingan bo‘lsa ham). Lekin qabul yakunlangandan so‘ng ma’lumotlaringizni o‘zgartira olmaysiz.

Shu sababli qabulning so‘nggi kunlarini kutmasdan oldinroq ro‘yxatdan o‘tishni, tanlov qilishda e’tiborli bo‘lishni, ma’lumotlaringizni va to‘lov amalga oshirilganini shaxsiy kabinetingizdan tekshirib olishni tavsiya qilamiz.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz

Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma: https://t.me/uztdi/8484

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

@NUU_students
20242025_o‘quv_yili_bakalavriat_ta’lim_yo‘nalishlari_uchun_qayta.pdf
259 KB
❗️Bugun OTMlarga ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni: fanlar majmuasini tanlaganda e'tiborli bo‘ling!

Bugun oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi.

Fanlar majmuasi tanlashdan avval @mandatjavobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

@NUU_students
👍2
‼️BUGUN QABULNING OXIRGI KUNI

Bugun davlat OTMlari uchun qabul tugaydi. Abituriyentlar my.uzbmb.uz sayti orqali soat 23:59 ga qadar ro’yxatdan o’tishlari mumkin.

Imkon qadar oxiriga taqamang, kun davomida ro’yxatdan o’ting. Kun oxiriga borib, serverga yuklama ko’paysa, kutilmagan texnik nosozlik bo’lishi ham mumkin.

❗️TO’LOVNI AMALGA OSHIRISHNI HAM UNUTMANG!

Eslatib oʻtamiz, to’lov qilmaganlar testga kiritilmaydi‼️


@NUU_students
👍2
❗️Abituriyentlar bugun to‘lovlarni amalga oshirishi shart

Testga kirish uchun talab etiladigan to‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati bugun, 26-iyun soat 23:59 gacha etib belgilangan.

Bugundan kechikkan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi.

Ma’lumotlarga ko’ra, ko’pchilik abituriyentlar to’lovlarni amalga oshirmagan. Bu esa testga kiradiganlar sonini yanada kamaytiradi.

@NUU_students
170 ming soʻm evaziga 0.25 litr suv va bitta ruchka olishni xohlaysizmi?))

@NUU_students
🤣43😁13👍3
Bonus sifatida 4 yillik muammolar qoʻshib beriladi)

@NUU_students
😁30🤣23💯3👎2👍1
Bu yaqin 100 yillikda dunyoni hech bir narsa HAMSTERchalik egallay olmagan edi!

@NUU_students
😁35💯8👎4👍3🤣3❤2👻2
❗️Rasman: Test sinovlari 14 iyuldan boshlanadi, mandat 22 avgustga qadar e’lon qilinadi

2024/2025 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2024 yil 14 iyuldan 28 iyul kuniga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Imtihonlar 28 iyulda yakunlanadi hamda 30 iyuldan boshlab 15 kun yo‘nalish tanlash imkoniyati yaratiladi.

13 avgustda (shu kuni ham tanlash mumkin bo‘ladi) ushbu muddat yakunlanadi.

7 kunlik muddatdan so‘ng mandat hisoblanadi hamda 21-22 avgustda mandat e’lon qilinadi.

@NUU_students
👍8❤1
❗️Xorijiy tilni C1 darajada biladigan talabalarga ishlashga ruxsat etiladi

2024-yil 1-oktabrdan:

Yoshlar ishlari agentligi har yili xususiy o'quv markazlarining Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimidagi reytingini tuzadi hamda rasmiy veb-saytida e'lon qilib boradi;

reyting natijalariga ko'ra olis va chekka hududlarda faoliyat ko'rsatuvchi eng yuqori ko'rsatkichga ega 100 ta xususiy o'quv markazining ta'lim jarayonida foydalanadigan bino va inshootlar uchun ijara to'lovi xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi.

2024–2026-yillarda oliy ta'lim tashkilotlarining xorijiy til filologiyasi ta'lim yo'nalishi bo'yicha 3 va 4-kursda tahsil olayotgan hamda kamida C1 darajadagi sertifikatga ega talabalariga umumiy o'rta, o'rta maxsus va professional ta'lim tashkilotlarida o'qituvchi sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat etiladi.

2024/2025-o'quv yilidan ota-onalar va o'quvchilar talabidan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan maktablar va kasb-hunar maktablarida chet tili sifatida nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillarini o'qitishni yo'lga qo'yiladi.

2025-yil 1-yanvargacha ingliz tili, keyingi yillarda boshqa xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni o'rgatish bo'yicha dunyoning yetakchi markazlari, oliy ta'lim tashkilotlari bilan hamkorlikni yo'lga qo'yiladi hamda ularning xalqaro ta'lim standartlariga mos ta'lim dasturlari “Ibrat farzandlari” va “Ustoz” loyihalariga tatbiq etiladi.

@NUU_students
👍6❤3🔥2
❗️Endi B2 olgan yoshlarga ham pullari qaytariladi

Faqat ingliz tilidan tashqari ma'lum tillar uchun.

Yangi qarorga ko'ra:

2024-yil 1-sentyabrdan 2027-yil 1-yanvargacha yoshlarning nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari bo‘yicha xalqaro imtihon tizimlarida imtihon topshirish xarajatlari qoplab berilishi uchun ular tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan ballning (sertifikat darajasining) minimal ko‘rsatkichi bir pog‘ona pasaytiriladi.

@NUU_students
👍11
❗️Texnikumlarda yaxshi o'qiganlar OTMda 2-kursdan o'qishi mumkin bo'ladi

Oliygohlarning birinchi va ikkinchi kurslaridagi fanlar texnikumlar bilan uyg‘unlashadi. Texnikumning birinchi va ikkinchi yilini yaxshi o‘qigan yoshlarga xalqaro klassifikatorning tegishli darajasiga mos keluvchi diplom beriladi.

Ularga oliygohni ikkinchi yoki uchinchi kursidan o‘qishni kontrakt asosida davom ettirish imkoniyati beriladi.

Kasbi bo‘yicha malaka darajasi va ikki yillik staji bor yoshlar korxona tavsiyasi bilan oliygohlarga kontrakt asosida qabul qilinadi.

@NUU_students