O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.08K subscribers
2.69K photos
488 videos
224 files
1.93K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️1-kursga tavsiya etilganlar diqqatiga!

2024/2025-oʻquv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari (mandat) eʼlon qilindi.

Ma’lumki, talabalikka tavsiya etilganlar davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalar turar joyiga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali onlayn ariza yuborish imkoniyati yaratilgan.

Biroq, ayni paytda 1-kursga tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari olib borilayotganligi bois talabalar tomonidan ariza yuborish xizmati hozircha o‘z ishini boshlamadi.

Mazkur ishlar tez orada yakuniga yetkazilgandan so‘ng, 1-kursga tavsiya etilganlar ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqida qo‘shimcha ma’lum qilinadi.

@NUU_students
👍5❤1
#Lirika

Tuxumdan chiqdi-yu, keltirib uni,
Shu loyqa hovuzga tomon otdilar.
Tashlandiq ushoq yeb o‘tadi kuni,
Xor-u xas, xazonlar ustin yopdilar.

Dunyoda ko‘rgani shu tor hovuzcha,
Va mudroq tollarning achchiq xazoni.
Menga alam qilar, tilla baliqcha,
Bir ko‘lmak hovuz deb bilar dunyoni...

P/s: Faqatgina bir sohani ushlab olib, shu hayotim mazmuni deb olmang!

@NUU_students
🔥24👍8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Talabalikka tavsiya etilganlar diqqatiga!

Ayni paytda talabalikka tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari o‘z yakuniga yetdi.

Endilikda, 1-kurs talabalari davlat OTMlarining yotoqxonalariga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali elektron ariza yuborishlari mumkin.

@NUU_students
❤5👍2👎1
❗️Magistratura mandati bugun e'lon qilinishi kerak.

2024-2025-yilgi qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun imtihonlar oʻtkazilmaydi. Talabgorlar diplom bali va chet tili sertifikatlari asosida qatʼiy saralanadi. Avval diplom ball, keyin chet tili sertifikati ustunligi koʻrib chiqiladi.

@NUU_students
🔥2
#Yumor

- Ustoz, oʻzingiz oʻqitgan talabalarni koʻrib turasizmi? Ular hozir qaysi tashkilotlarda ishlashadi?

- Ha, albatta, shogirdlarim xorijning nufuzli kompaniyalarida ishlashadi. Ularni deyarli har kuni koʻraman.

- Iye, qanaqasiga?

- Ular Yandex, Uber kabi kompaniyalarda taksi haydashadi.

@NUU_students
😁40🤣20🐳3👍2🤓1
❗️Bakalavriat kunduzgi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv jarayonlari jadvali

@NUU_students
👍10❤2
❗️Bakalavriat kechki taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv jarayonlari jadvali

@NUU_students
👍7❤2
❗️Bakalavriat sirtqi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv jarayonlari jadvali

@NUU_students
👍4
❗️Magistratura mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv jarayonlari jadvali

@NUU_students
👍1
❗️Bakalavriat masofaviy taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv jarayonlari jadvali

@NUU_students
👍3😭1
#Savol
Assalomu aleykum.
Bu yil uzimizga ped kirudim. Milliyga 2.4 ball yetme qolipti. Super qilsam buladimi

#Javob
❓O‘qishga KIRGANLAR boshqa yo‘nalishga super-kontraktni tanlay oladimi?
#abituriyent

Masalan, birinchi va ikkinchi yo‘nalishga bali yetmadi, lekin uchinchi yo‘nalishga o‘qishga kirdi. Abituriyent uchinchi yo‘nalishda o‘qishni istamay, birinchi yoki ikkinchi yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy oladimi?

✅ Bu masala hozircha ochiq turibdi, joriy yilgi tartib tasdiqlanmagan.

O‘tgan yili abituriyent o‘zi tanlagan BIRINCHI yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa, unda istisno tariqasida faqat BIRINCHI tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi. Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Yaʼni 3 ga kirgan bo‘lsa, 2-yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy olmasdi, faqat BIRINCHIga ruxsat berilgandi.

Joriy yilgi tartib tasdiqlansa, qo‘shimcha xabar beriladi.

Agar abituriyent beshala yo’nalishga ham kira olmagan bo’lsa, unda istalgan yo’nalishda super-kontraktda o’qishni tanlashiga ruxsat berilgan. Xohlasa, birinchini tanlaydi, xohlasa, uchinchini tanlaydi, xohlasa, beshinchini tanlaydi.


@NUU_students
👍9
❗️1-kurslarga ijara shartnomasisiz ikki oylik kompensatsiya puli beriladi - vazirlik

Ijarada turadiganlar shartnoma taqdim etganda Toshkent shahrida BHMning bir barobari (hozir 340 ming), viloyatlarda 0.5 barobari (170 ming) miqdorida yordam pullari beriladi. 1-kurslarga esa ijara shartnomasisiz ikki oylik kompensatsiya puli beriladi.

@NUU_students
👍8❤2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Endi talabaga turar joy topish muammo emas

Buning uchun talabalar turar joylariga onlayn ariza topshirish yoki ijara xonadoni topish uchun maxsus shtab mas’ullariga murojaat qilish lozim.

@NUU_students
👎8👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️2026-yilda qariyb har 10 talabadan 7 tasi yotoqxona bilan ta’minlanadi

Bugungi kunda yurtimizda 112 ta oliygohlarda 338 ta TTJlar mavjud. Ular o‘z bag‘riga 127 mingdan ortiq talabalarni sig‘dira oladi.

Bu ko‘rsatkich 2020- yilda 59 346 o‘rin bilan, turar joy ta’minlanishining 28 foizini tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2021- yil 41 foiz, 2022-yilda 47 foizga ko‘tarilgan.

O‘tgan 2023-yilda esa 18 ming yotoq o‘rinli talabalar turar joylari qurib foydalanishga topshirilgan. Bu bilan ta’minlash darajasi 54 foiz ko‘rsatkichiga yetgan.

Hozirda respublika miqyosida 46 252 o‘rinli 86 ta talabalar turar joylarini barpo etish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda. Ulardan 31 882 o‘rinli 59 ta davlat-xususiy sheriklik asosida, 14 370 o‘rinli 27 tasi oliygohlarning to‘liq o‘z mablag‘lari doirasida barpo etilmoqda.

@NUU_students
😁8👏3
⚡️O'qishni ko'chirish imtihonidan o'tgan talaba oliygohga qanday hujjatlar taqdim etishi kerak?

O'qishni ko'chirish imtihonlaridan muvaffaqqiyatli o'tganlar talabalarga oliygoh tomonidan aloqa xati beriladi va aynan shu hujjatda qanday hujjatlar olib kelinishi lozimligi ko'rsatilgan bo'ladi, jumladan:

👉 Diplom yoki attest asl nusxasi;
👉 Transkripti yoki reyting daftarchasi asl nusxasi;
👉 Akademik ma'lumotnoma;
👉 1-kursga qabul qilinganlik bo'yicha buyruqdan ko'chirma;
👉 Kursdan-kursga o'tganligi to'g'risida buyruqdan ko'chirma;
👉 Talabalar safidan chetlashtirilganligi to'g'risida buyruqdan ko'chirma;
👉 Oliygoh akreditatsiya (sertifikat yoki litsenziya) hujjatlari.

@NUU_students
SUPER-KONTRAKT NARXLARI 2024.pdf
305.6 KB
⚡️TABAQALASHTIRILGAN KONTRAKT MIQDORI

56.7 balldan yuqori, o'tish balliga 4 balldan ko'proq yetmay qolganlar uchun.

Yoʻnalishga qarab, 8 dan 20 barobargacha to'laysiz!

Eslatma: Super-kontrakt miqdorli 2023/2024-o‘quv yili bo‘yicha

@NUU_students
👍2
❗️Ikkinchi mutaxassislik bo'yicha imtihon sanasi ma'lum bo'ldi

O‘zbekiston Milliy universitetiga 2024/2025-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim uchun hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihoni 22-23-avgust kunlari bo'lib o'tadi.

Tegishli ta’lim yo‘nalishlari bo'yicha o‘tkaziladigan imtihon shakli, sanasi, vaqti, manzili hamda fanlar majmuasi haqida quyidagi havolalar orqali tanishing:

👉 IMTIHON GRAFIGI

👉 Kunduzgi
👉 Sirtqi
👉 Masofaviy

“Yurisprudensiya: biznes huquqi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha imtihonlar test shaklida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladi.

❗️ESLATMA!
Abituriyentlar o‘zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) bilan grafikdagi belgilangan vaqtdan kechikmasdan kelishlari so‘raladi.

@NUU_students
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Ariza yubormaganlar shoshiling! Bugundan 1-kursga tavsiya etilganlar uchun yotoqxonalar ajratila boshlandi

Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuborgan talabgorlarga talabalar turar joyiga joylashish bo‘yicha natijalar e’lon qilinmoqda.

Ma’lumot uchun, reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

Shundan so‘ng joylar, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
▪️1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
▪️2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
▪️3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.

Arizalar qabuli o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.

Batafsil ma’lumot: 👉https://lex.uz/uz/docs/-6568679

@NUU_students
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Barcha talabalar diqqatiga (1-kurslar ham). Bugundan to‘lov shartnomasini olishga onlayn ariza yuborishingiz mumkin.

Buning uchun kontrakt.edu.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn ariza yuboring!

Arizalar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanib, QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi.

Tasdiqlangan shartnomani yuklab olib, belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishingiz so‘raladi.

Ma’lumot uchun, shartnoma uchun arizalarni “KONTRAKT EDU” mobil ilovasi orqali ham yuborish mumkin.

@NUU_students
👍4
❗️Savol: Menga yotoqxona berildi va shartnomada 10 ish kunida borishim kerak ekan, qachon borsam bo'ladi.

Javob: 2024/2025 o'quv yili 4-sentabrdan boshlanadi va shartnomada ko'rsatilgan 10 ish kuni 4-sentabrdan kuchga kiradi. Demak yotoqxonaga yo'llanma olgan talabalar 4-sentabrdan 14-sentabr kuniga qadar yotoqoxonaga kelib joylashishlari mumkin.

@NUU_students
👍28