O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.08K subscribers
2.69K photos
488 videos
224 files
1.93K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
Hayotda har doim birinchi boʻl, lekin birinchi kurs emas)

@NUU_students
😁39🤣26💔6👍4👎4🤪3🤔2🫡1
#Soʻrovnoma

Sizningcha OʻzMUdagi qaysi fakultet erkinroq? (Forma, soqol masalalari boʻyicha)

@NUU_students
🤣9👍1👎1
7105261.pdf
1.2 MB
⚡️Rasman: Ta'lim krediti berish tartibiga o'zgartirish kiritildi.

Hukumatning 2024-yil 16-sentabrda bu haqida qarori qabul qilindi. Qaror bilan batafsil fayl orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

@NUU_students
⚡️Maktabgacha ta'lim yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?

Maktabgacha ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida:
➡️ Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi;
➡️ Ixtisoslashtirilgan bolalar
maktabgacha ta’lim muassasalari
tarbiyachisi;
➡️ Oilaviy tarbiyachi;
➡️ Mehribonlik uyi tarbiyachisi.

@NUU_students
😁2👍1
Karochi newslar bor universitetimizada dars vaqtlari 8 da bolaridi endi 9 va 9 yarimga kocirildi. Etib qoye didim bilsela bilarsila)

@NUU_students
😁32👍8👎4👨‍💻3❤1
1-kurslar bugun kursdoshlari bilan kechgacha Magic, Hilton citylar, Amir Temur xiyoboni va shunga oʻxshash joylarni aylanib, ertaga abetgacha uxlashni plan qilayotgan emish!😅

@NUU_students
😁48🤣18💯4🔥2❤1
⚡️ Super-kontrakt uchun qachon chegirma beriladi?

◾️ Oliy ta'lim vazirligi xabariga ko'ra, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatini 2024-yil 15-oktyabrga qadar to‘liq toʻlagan abituriyentlarga 10%lik chegirma beriladi.

➡️ Super-kontrakt narxlari

@NUU_students
🤣5👍1
⚡️Iqtisodiyot ta'lim yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?

Bu ta’lim yoʻnalishida quyidagi mutaxassisliklarga ega boʻlasiz.
➡️ Davlat moliya boshqaruvchisi;
➡️ korporativ moliya va qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisi;
➡️ investitsiyalarni boshqaruvchi
xalqaro moliyachi;
➡️ bank xodimi;
➡️ bank hisobchisi va auditor buxgalter;
➡️ byudjet hisobchisi menejeri.

@NUU_students
👍3
Talaba qanday hollarda oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirilishi mumkin?

Talaba oliy ta’lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:
 
– O‘z xohishiga binoan;
 
– O‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
 
– O‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun;
 
– Bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
 
– O‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun);
 
– Talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
 
– Sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);
 
– Vafot etganligi sababli.
 
Shuningdek, harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida talabaga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida akademik ta’til berilishi mumkin.

@NUU_students
👍12
1-kurslar sapsim ehtiyot boʻnglar, 1-kurslarni ajali joʻlga chiqdi!😂

@NUU_students
🤣23👎21😁4👍3🤓3
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
1-kurslar sapsim ehtiyot boʻnglar, 1-kurslarni ajali joʻlga chiqdi!😂 @NUU_students
Hozirgina kimyo fakultetini yonidagi yoʻldan yonimdan bitta bola: "Oʻqigim kelmay ketyabdi" deb telefonga aytib oʻtib ketdi

1-kurslar bunchalik tez "sinadi" deb oʻylamagandim

@NUU_students
🤣104👍6😁5
⚡️Psixologiya yo'nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashi mumkin?

➡️ Korxona, tashkilot va muassasalarda psixologik yordam ko'rsatish;
➡️ Sport jamoasi treneri va sportchilari;
➡️ Psixologik xizmat ko'rsatish mijozlari;
➡️ Shaxsiy muammolari bilan murojaat qiladigan patsientlar;
➡️ Eksperimental psixologiya laboratoriyasi jihozlarini tashkillashtirish va qo'llash;
➡️ Savdo va maishiy xizmat ko'rsatishdagi psixologik muammolarni hal etish;
➡️ Aholiga psixologik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyatini tashkil etish;
➡️ Harbiy va huquqni muhofaza qilish idoralarda psixologik yordam ko'rsatish;
➡️ Kadrlarni tanlash va ular faoliyatini psixologik tashkil etish;
➡️ Psixodiagnostik, psixologik
maslahat, psixokorreksion, psixoprofilaktik, psixologik ma'rifat tadbirlari;
➡️ Psixologiya ixtisosligi bo'yicha ilmiy-tadqiqot jarayonlari.

@NUU_students
👍10😁1🙈1
Hayotda hech narsaga ishonib qolma, masalan, stipendiyaning oʻz vaqtida tushishiga)

Xabarlarga koʻra, sentyabr oyi stipendiyasi oktyabr oyi bilan bitta qilib tashlab beriladi.

@NUU_students
😁28😡16👎6💯3👏2
Maxsus pedagogika yo’nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashi mumkin?

Maxsus pedagogika (defektologiya) yoʻnalishi – sogʻlom hamda nogironligi boʻlgan/imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash uchun zaruriy pedagog kadrlarni tayyorlaydi.
 
Maxsus pedagogika 4 ta yoʻnalishni oʻz ichiga oladi:
 
–  oligofrenopedagogika (aqliy rivojlanishi orqada qolgan bolalar);
 
–  surdopedagogika (eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalar);
–  tiflopedagogika (koʻrishida nuqsoni boʻlgan bolalar);
–  logopediya (nutqida nuqsoni boʻlgan bolalar).
 
 
Hozirgi kunda maxsus pedagogika bitiruvchilari:
 
➖ bitiruvchi talabalar sogʻlom bolalarga moʻljallangan maktabgacha taʼlim muassasalarida logoped;
➖ maxsus maktabgacha taʼlim muassasalarida defektolog;
➖ umumtaʼlim maktablarida logoped;
➖ maxsus maktab va maktab-internatlarda defektolog;
➖ oilaviy poliklinikada logoped lavozimida faoliyat yuritishlari mumkin.

@NUU_students
👍6❤‍🔥1🤗1
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasiga (ID-2078 (V-1)) ilova “Oliy ta’lim to‘g‘risida”gi Nizom 61-bandiga ko‘ra, kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida (yarim stavkadan ortiq bo‘lmagan hajmda) mehnat shartnomasi bo‘yicha oliy ta’lim muassasasida yoki boshqa tashkilotlarda ishlashga ruxsat beriladi.

Fikrimcha, loyihada kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga bunday cheklov o’rnatilayotgani amaldagi mehnat qonunchiligiga ham zid! Kunduzgi ta’lim shaklida o’qiyotgan talaba o’qishdan bo’sh vaqti, agar tashkilotdagi ish vaqti rejimi to‘g‘ri kelsa, 1 stavka ishlashga haqli deb hisoblayman. Chunki Mehnat kodeksida bu borada biror bir taqiq yo’q.

MK 193-moddasiga ko‘ra, xodim va ish beruvchi o‘zaro kelishib moslashuvchan ish vaqti rejimini belgilab olishlari mumkin.

MK 383-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi mehnat shartnomasi bo‘yicha ishdan ajralmagan holda ta’lim tashkilotlarida o‘qitilayotgan, qayta tayyorlashdan yoki malaka oshirishdan o‘tayotgan, shuningdek ishlab chiqarish ta’limini o‘tayotgan xodimlarga ish va o‘qishni birga olib borish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi shart.

Amaldagi “Oliy ta’lim to’g’risida”gi nizomda ham qovun tushirishgan. (https://lex.uz/docs/327039#328488) Nizomning 50-bandida (o’zbek tiliga cheksiz hurmat ila Nizom rus tilida) ham talabalarning mehnat faoliyatiga doir g‘alati bir qoida bor: “kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida kunning ikkinchi yarmida oliy o‘quv yurti va boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi tuzgan holda ishlashlari mumkin”.

Ya’ni, bu yerda go‘yoki talabalarga faqat kunning ikkinchi yarmidagina ishlashga ruhsat berilgandek, kuning birinchi yarimida ishlashga taqiq qo‘yilgandek. Lekin biz bilamizki, O‘zbekistonda qanchadan-qancha talabalar aksincha kuning ikkinchi yarmida ta’lim olib, kuning birinchi yarmida bo‘sh bo‘ladi. Ya’ni ularda o‘qishdan bo‘sh vaqtda ishlash imkoniyati faqat kuning birinchi yarmiga to‘g‘ri keladi.

Nima shunda, ikkinchi “smenada” o‘qiydigan talabalar ishlay olmaydimi?

Mana shu yerda, ayrim ish beruvchilar yuqoridagi 50-banddagi normalarni kuning ikkinchi yarmida o‘qiyotgan talabalar uchun cheklov sifatida qabul qilmasliklari kerak. Chunki boshqa yuqori turuvchi va ustuvor qonun hujjatlaridagi umumnormalar har qanday shaxslarning, jumladan, talabalarning mehnat qilish huquqini ham birdek e’tirof etadi.

❗️O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasiga ko‘ra: “Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega”.

❗️Demak, talaba oliy ta’lim muassassida kuning ikkinchi yarmida tahsil olib, kuning birinchi yarmida bo‘sh qolyaptimi, demak, u kuning birinchi yarmida ham mehnat shartnomasi tuzib, mehnat qilishga va pul topishga to‘laqonli haqlidir.

@NUU_students
👍13❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#

Nima beradi senga shu diplom?

Sizning fikringiz qanaqa?

@NUU_students
👍13🔥4🐳1💯1🤣1😡1