❗️Talabga hayfsan berilsa yoki intizomiy jazolar tayinlansa, buni hemis tizimining yangi versiyasidan ko'rish mumkin.
Yangi versiyasida "Talaba harakati" menyusiga "Intizomiy chora" funksionali qo'shildi. Bundan tashqari talabalarning barcha buyruq ma'lumotlarini taqdim qiluvchi "Talaba rezyume" funksionali ham qo'shildi.
Buni hemisingizga kirib "Buyruqlar" bo'limidan topishingiz mumkin.
@NUU_students

👍2
❗️Talabalar amaliyot o‘tagani uchun pul olishi mumkin
Faqat, hamma talabalar emas. Tanlab olingan bitiruvchi kurs amaliyotchi talabalari.
Yanvarda e'lon qilingan tartibga asosan, bitiruvchi talabalar bir oydan uch oygacha iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotida bo‘lishi mumkin.
Bunda Oliy ta’lim vazirligi tomonidan talabalar o‘rtasida har yili tanlov o‘tkaziladi.
Amaliyot o‘tash uchun 500 ta (Toshkent shahri uchun – 45 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun – 35 tadan) o‘rin ajratiladi.
Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchi talabalarga amaliyot o‘tayotgan korxona tomonidan BHMning 2 barobari miqdorida (680 ming so‘m) ish haqi to‘lanadi. Bu pul Oliy ta’lim vazirligidan tashkilotga o‘tkazib beriladi.
Amaliyot o‘tayotgan korxona talabani qo‘shimcha rag‘batlantirishi ham mumkin.

👍10👎2🤪2😁1
❗️Qishki "perevod"ga oz qoldi! Kimlarga ruxsat beriladi?
Xuddi yoz oyidagi kabi qishda ham o‘qishni ko‘chirish mumkin. Faqat bir davlat OTMidan boshqasiga.
✔️ Kimlarga ruxsat bor
➡️ talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun;
➡️ davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).
Hududiy ishchi guruhlarga 20-dekabrdan boshlab quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
👉 o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
👉 talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
👉 pasport nusxasi;
👉 yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.
Qishki "perevod" uchun arizalar dekabr-yanvar oylarida olinadi.

👍7
❗️My.gov.uz mobil ilovasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan joriy etilgan ta’lim xizmatlari soni 11 taga yetdi.
↪️O‘qish joyidan ma’lumotnoma olish (oliy ta’lim muassasasidan);
↪️O‘qish joyidan ma’lumotnoma olish (litsey va kasbiy ta’lim);
↪️Bakalavlar uchun davlat stipendiyalariga onlayn ariza yuborish;
↪️Magistratura talabalari uchun davlat stipendiyalariga onlayn ariza yuborish;
↪️Tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlar uchun davlat stipendiyalariga onlayn ariza yuborish;
↪️Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish;
↪️Talabalar turar joyiga navbatni tekshirish;
↪️Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun akademik ma’lumotnoma (transkript) olish;
↪️Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash uchun ariza yuborish;
↪️Oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar hamda professional ta’lim olganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjatlarning dublikatini olish;
↪️Talabaning hisoblangan stipendiyalari haqida ma’lumot olish.

👍3❤1
❗️Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi
Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻi bilan oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil 2024-yilning 25-dekabridan 2025-yilning 7-yanvariga qadar (shu kuni ham) etib belgilandi.

👍7❤2
❗️Qishki perevodda qaysi uzrli sabablarga ko'ra o'qishni ko'chirish mumkin?
Talabalar qishki perevod vaqtida quyidagi uzrli sabablarga ko‘ra o'qishini ko'chirish mumkin.
👉 Talaba bir hududdan ikkinchi hududga turmushga chiqish munosabati bilan ko‘chib o‘tganda.
👉 Talabaning turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi harbiy xizmat o‘tash joyini o‘zgartirganda.
👉 Talabaning ota-onasi (turmush o‘rtog‘i) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda.

👍5❤🔥2
❗️Guruh nazoratchiligiga tanlov
Bilimni baholash agentligi tomonidan tashkil etiladigan test sinovlarida guruh nazorachisi sifatida ishtirok etish uchun birinchi tanlovga ro‘yxatga olish boshlandi.
Ro‘yxatdan o‘tish 6-dekabrdan 15-dekabrga qadar davom etadi.
Mazkur tanlovda 2024–2025-o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalariga qabul imtihonlarida guruh nazoratchisi sifatida ishtirok etgan va bino rahbari tomonidan faoliyati ijobiy baholangan talabgorlar ishtirok eta oladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun agentlikning my.uzbmb.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish lozim.

👍1
❗️2454 nafar xorijiy til sertifikatga ega talabgorlar doktoranturaga o'qishga kira olmagan – yana bir qancha kvotalar bo'sh qolgan!
2025-yil uchun tayanch doktorantura va doktoranturaga hujjat topshirgan talabgorlarning 2454 nafari xorijiy til sertifikatiga ega bo'lsada, ammo mutaxassislik imtihonidan yetarli ball to'play olmay, o'qishga kira olmagan.
Bu yil doktorantura uchun talabgorlarning soni kvotaga nisbatan yuqoriligi sababli ayrim yo'nalishlarda o'qishga qabul qilinmaganlar bo'lgan. Yana ayrim yo'nalishlarda esa yetarli arizalar mavjud emasligi sababli kvotalar to'lmay qolgan.
Umumiy hisobda respublika bo'yicha jami yo'nalishlar kesimida 2454 nafar xorijiy sertifikatga ega talabgorlar o'qishga qabul qilinmay qolib ketgan.
Avvalgi yillarda doktorantura va tayanch doktorantura uchun ajratilgan kvotalar sertifikatga ega bo'lgan talabgorlarning soni yetarli bo'lmagani sababli to'lmay kelayotgan edi. Bu yil esa aksincha talabgorlar soni ortgan.

👍4
❗️Oliy ta’lim muassasalarida jamoaviy sport turlari bo‘yicha sport klublari tashkil etiladi.
“Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-421-son, 04.12.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilidan barcha davlat universitetlarida voleybol, basketbol, gandbol, regbi, chim ustida xokkey, suv polosi jamoaviy sport turlari bo‘yicha, boshqa davlat oliy ta’lim muassasalarida kamida 3 ta jamoaviy sport turlari bo‘yicha sport klublari tashkil etiladi.
2025/2026-o‘quv yilidan jamoaviy sport turlari bo‘yicha quyidagi sport musobaqalarini o‘tkazib borish yo‘lga qo‘yiladi:
“Maktab ligasi”;
“Talabalar ligasi” va “Oliy ta’lim kubogi”;
“Rektor kubogi”.
Vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, davlat ishtirokidagi tijorat banklari va korxonalarda kamida 3 ta jamoaviy sport turlari bo‘yicha sport klublari tashkil qilinadi.
Bunda jamoaviy sport turlari bo‘yicha idoraviy tashkilotlar kesimida “Rahbar kubogi”, mahalliy hokimliklar kesimida “Hokim kubogi” musobaqalari o‘tkazib boriladi.

👍4❤2
❗️"Qishki perevod" haqida
Quyidagilar mumkin:
➖ Boshqa viloyatga turmushga chiqqani sababli o'sha hududga o'qishini ko'chirishi (o'zining yo'nalishiga yoki mos va turdosh yo'nalishga ko'chirishi, xoxlasa ta'lim shaklini ham o'zgartirib ko'chirishi ham mumkin);
➖ Ota-onasi yoki turmush o'rtog'i davlat xizmatchisi bo'lib, ularning doimiy ish koyi boshqa viloyatga ko'chirilgani sababli (bunda ham yuqoridagi singari shakllarda perevod qilish mumkin);
➖ Faqatgina davlat oliygohidan boshqa davlat oliygohiga uzrli sababga ko'ra tegishli tartibda ko'chira olish.

👍5👎1
❗️Quyidagilar mumkin emas:
➖ Ichki perevod (bir oliygoh ichida ta'lim yo'nalishini yoki ta'lim shaklini o'zgartirish);
➖ Bir hudud doirasida boshqa oliygohga ko'chirish (masalan bir viloyatdagi boshqa oliygohga o'qishni ko'chirish);
➖ Xorijiy yoki respublika hududidagi ularning filiallaridan o'qishni ko'chirish;
➖ Davlat oliygohlaridan xususiy oliygohlarga o'qishni ko'chirish;
➖ Xususiy oliygohlardan davlat oliygohlariga o'qishni ko'chirish;
➖ Xususiy oliygohlar o'rtasida o'zaro o'qishni ko'chirish harakatlari;
➖ Xususiy oliygoh bilan bog'liq har qanday o'qishni ko'chirish jarayonlari;
➖Xorijdan davlat yoki xususiy oliygohlarga o'qishni ko'chirish.

👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️O'zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xalqaro terroristik tashkilotlarga a’zo bo‘lgan shaxslarning ma’ruzalarini eshitish va tarqatishdan ogohlantirdi
Rolikda ijtimoiy tarmoqlar orqali xalqaro terroristik tashkilotlar va ekstremistik oqimlarning g‘oyaviy rahnamolarining audio, videolarini tinglash, tomosha qilish tarqatish yoki namoyish etish orqali boshqa fuqarolar orasida targ‘ibot qilish uchun javobgarlik belgilanganligi eslatib o‘tilgan.

👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Kontrakt to'lovlaridan 12% pulni onlayn qaytarib olish mumkin:
OTMlarda oʻqiyotgan talabalar toʻlagan kontrakt pulidan yoki xususiy bog’cha va maktablar uchun qilingan to’lovlardan 12% qaytarib olish mumkin va buning uchun soliq organlariga borish shart emas.
Buning uchun my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.
Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
👉 kontrakt;
👉 ipoteka kreditlari;
👉 nodavlat bog’cha va maktablar.
Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.
👉 Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma
👉 12% qaytarilishiga oid batafsil ma’lumot!
Shuningdek Yangi o‘quv yilidan boshlab, oliygohda o‘qiyotgan xotin-qizlar uchun, kim to‘lashidan qatʼi nazar, kontrakt to‘lovi daromad solig‘idan ozod qilinadi.

👍5
❗️Shunday qilib talabalar va o'quvchilar 25-dekabrdan qishki ta'tilga chiqishlari belgilandi. Bu haqida yana nimalarni bilish muhim?
Ko'pchilikda savol tug'ilmoqda, nega 20-dekabrdan boshlab kanikulga chiqmadik? Vazirlar mahkamasining qarorini yaxshilab o'qib chiqqan bo'lsangiz dekabrning oxirgi 10 kunligi hamda yanvarning birinchi 10 kunligida 2 haftalik ta'til berilishi belgilangan. Bu yerda 2 hafta deyilgan, ya'ni 14 kun. 22-dekabrdan ta'til e'lon qilinsa 22-dekabrga 14 kun qo'shib hisoblaganingizda 4-yanvar ta'tilning oxirgi kuni bo'lmoqda, 5-yanvardan darslar boshlanar edi, yoki aksincha 28-dekabrdan ta'til e'lon qilinganda 14 kun qo'shib hisoblasak 10-yanvar ta'tilning oxirgi kuni hisoblanib 11-yanvardan darslar boshlanar edi. Hozir esa 25-dekabrdan ta'til e'lon qilindi, 14 kun qo'shsak 7-yanvarga to'g'ri kelmoqda, demak 8-yanvardan darslar boshlanadi.
Xullas qachondan ta'til e'lon qilinsa ham faqat 14 kun dam olasizlar, ta'til e'lon qilingan vaqtdan 14 kun o'tib yana darsga qaytasizlar. Dekabr oyining oxirgi 10 kunligi hamda yanvar oyining birinchi 10 kunligi deb qo'yilgan interval chegara hisoblanib, 20-dekabrdan ertaroq ta'til e'lon qilish mumkin emas, shuningdek ta'til 10-yanvardan chozilib ketishi ham mumkin emas. Ta'til muddatlarini OTMlar o'z o'quv rejasiga ko'ra yuqorida aytib o'tilgan qoidalarga amal qilgan holda mustaqil o'zlari belgilaydi, har yilgidek Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tavsiyaviy muddatlarni belgilab berdi.
Oliygohlarda esa kimgadir 21dan, kimgadir 23dan, yana kimgadir 28dan qishki ta'tili boshlanishi mumkin, qachondan boshlanishidan qat'iy nazar roppa-rosa 2 hafta dam olib qaytasizlar. Qishki ta'til hammada har xil boshlanib-tugashi transport muammolari va ommaviy viloyatlarga migratsiya qilishni oldini olish bilan bog'liq.

Telegram
Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari
Talabalar va abituriyentlar uchun eng tezkor kanal
🧾Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
Taklif va muammolar uchun:👉 @Minbarga_murojaatbot
💰REKLAMA xizmati @Minbarga_murojaatbot

👍12
❗️Nega ta’til muddatlari barcha oliygohlarda har xil?
Qaysidir oliygohda 21-dekabrdan, boshqasida 23-dekabrdan, aksariyatida 28-dekabrdan qishki ta’tili boshlanishi mumkin. Qachondan boshlansa ham hamma roppa-rosa 2 hafta dam oladi. Qishki ta’til hammada har xil boshlanib-tugashi transport muammolari va ommaviy viloyatlarga migratsiya qilishni oldini olish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Ta'til muddatlarini OTMlar o‘z o‘quv rejasiga ko‘ra mustaqil o‘zlari belgilaydi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi esa tavsiyaviy muddatlarni belgilab beradi.

👍13🥰1
Markaziy Osiyo mintaqasiga sovuq havo oqimi kirib kelishi munosabati bilan darslar vaqtincha onlayn tarzda olib boriladi Qozogʻistonda
@NUU_students
@NUU_students
😁58😡12🗿2👍1
❗️Talabalar, shoshiling: chegirmali chiptalar sizni kutmoqda
Uzbekistan Airways o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun barcha mahalliy aviaqatnovlar ekonom-klass aviachiptalari tariflariga 50% gacha chegirma e’lon qiladi.
Chegirma davlat muassasasida o‘qishni tasdiqlovchi hujjat asosida taqdim etiladi. Batafsil ma’lumot www.uzairways.com saytida.
Chegirma 2024-yil 23-dekabrdan boshlab 2025-yil 7-yanvariga qadar amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qiladi. Bu qishda uyga qulay va arzon narxlarda parvoz qilish imkoniyatini boy bermang!

👍5😎2
❗️Talabalar uchun poyezd chiptalariga 50 foizlik chegirma eʼlon qilindi
Barcha mahalliy yoʻnalishdagi yoʻlovchi poyezdlarining temir yoʻl hujjatining toʻliq qiymatidan 50% chegirma (SV/VIP klass vagonlaridan va yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlaridan tashqari) 2024-yil 23-dekabrdan 2025-yil 10-yanvarga qadar amal qiladi.
Chiptalarni sotib olish uchun talabalar pasport bilan temir yoʻl kassalariga tashrif buyurishi yoki elektron tarzda chipta xarid qilishda eticket.railway.uz saytidan foydalanishlari mumkin.

❗️Kredit-modul tizimida 1 kredit o‘rtacha 25 — 30 akademik soatlik o‘quv yuklamasiga teng. Ya’ni talaba muayyan fandan tegishli kreditlarni to‘plashi uchun ma’lum miqdordagi o‘quv yuklamasini o‘zlashtirishi zarur. O‘quv yuklamasi bakalavriatda — 40 — 50% auditoriya soati, 50 — 60% mustaqil ish soatiga, magistraturada — 30% — 40% auditoriya soati, 60-70% mustaqil ish soatiga (malakaviy amaliyot va bitiruv malakaviy ishlari bundan mustasno) bo‘linadi. Kreditning soatlardagi miqdori va o‘quv yuklamasi miqdori oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi va oliy ta’lim muassasasi veb-sahifasida shaffof tarzda joylashtiriladi.
@NUU_students
@NUU_students
👍5