O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.08K subscribers
2.69K photos
489 videos
224 files
1.93K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️Universitet Kengashining 2024-yil 28-avgustdagi 1-sonli yig‘ilish qarori bilan 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab quyidagilar belgilangan:

🗄 bir o‘quv semestri (sessiya) davomida talabaning fanlardan akademik qarzdorligi 4 ta va undan ko‘p bo‘lgan talabalarga imtihonlarni qayta topshirishga ruxsat berilmaydi va universitet rektorining buyrug‘i bilan kursdan qoldiriladi.

Bunda ikkinchi oliy ta’limga yoki texnikumlarni bitirib 2-kursdan qabul qilish, o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash, akademik ta’tildan yoki akademik mobillikdan qaytish natijasida yuzaga kelgan fanlar farqi bo‘yicha akademik qarzdorliklar alohida hisobga olinadi;

🗄 talaba uzrli sabablarga ko‘ra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga belgilangan tartibda ruxsat etiladi. Bunda, oraliq va yakuniy nazoratlar bo‘yicha akademik qarzdor talabalar uchun tashkil etiladigan bir martalik qayta topshirishdan so‘ng o‘zlashtirilmagan uchtadan ko‘p bo‘lmagan fanlardan akademik qarzdorliklar talabaning tashabbusi bilan keyingi semestr yoki yozgi semestr davomida o‘z hisobidan to‘lov asosida topshiradi;

🗄 uzrli sabablarsiz malakaviy amaliyotlarda o‘z vaqtida ishtirok etmagan va amaliyot hisobotlarini topshirmagan talabalar GPA ko‘rsatkichidan qat’iy nazar tegishli kursda qoldiriladi;

🗄 uzrli sabablarga asosan talaba tomonidan malakaviy amaliyot o‘tash imkoni bo‘lmaganda yozgi semestr muddatidan ko‘p bo‘lmagan (besh hafta va undan ortiq muddatda bo‘lgan amaliyotlar bundan mustasno) malakaviy amaliyotlar uchun yozgi semestr davrida talabaga amaliyot o‘tashga ruxsat etilishi mumkin;

🗄 talabalar tomonidan uzrli sabablarni tasdiqlovchi ma’lumotlar uzrli sabablar yakunlangan kundan e’tiboran o‘n kun muddatda dekanatga taqdim etiladi;

🗄 talaba kassaligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra, ikki haftadan ortiq muddatda mashg‘ulotlarda ishtirok etmagan taqdirda, telefon yoki boshqa aloqa vositasi (telegramma, xat) orqali dekanatni xabardor qiladi.

@NUU_students
👍7👏1
❗️Yoshlar daftariga kirgan yoshlarga qanday yordam beriladi?

👉 tadbirkorlik, kasb-hunar, haydovchilik va kasbga qayta tayyorlov kurslarida o‘qitiladi (yoshlar ishlari agentligi hisobidan);

👉 tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun mikrokreditlar va subsidiyalar ajratiladi;

👉 ish bilan bandligi ta’minlanadi;

👉 yetakchi tadbirkorlar va usta hunarmandlarga biriktiriladi;

👉 ikkilamchi ijara huquqi asosida dehqonchilik faoliyati uchun 1 gektargacha yer maydonlari ajratiladi;

👉 “Yoshlar daftari” jamg‘armasi tomonidan moliyaviy xizmatlar ko‘rsatiladi;

👉 tibbiy, huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatiladi.

@NUU_students
👍6❤2
VAKANSIYA 330 000+.xlsx
36.4 MB
❗️Respublika bo'ylab 300 000dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari ro'yxati.

@NUU_students
👍8🤣3❤2😁2👎1
Fanlar majmuasi-2025 (@Talimgaoid).pdf
228 KB
❗️2025/2026-o‘quv yili uchun fanlar majmuasi tasdiqlandi

Eslatma: 2025/2026-o‘quv yili qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari uchun fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi.

Shuningdek, taʼlim yoʻnalishlarini optimallashtirish natijasiga koʻra yoʻnalishlar nomi oʻzgarganda yoki yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

@NUU_students
👍1
❗️Taʼlimning kunduzgi, kechki shaklida tahsil olayotgan talabalarga yakuniy nazoratlar 13-yanvardan boshlanadi.

@NUU_students
👍29😁12😎6👀3✍2💯1💔1
❗️Bakalavriat 1-kurs sirtqi taʼlim shakli talabalariga oʻquv mashgʻulotlari 2025-yil 6-yanvardan 31-yanvargacha tashkil qilinadi.

@NUU_students
👏7👍3❤1
❗️Bir o‘quv semestri (sessiya) davomida talabaning fanlardan akademik qarzdorligi 4 ta va undan ko‘p bo‘lgan talabalarga imtihonlarni qayta topshirishga ruxsat berilmaydi va universitet rektorining buyrug‘i bilan kursdan qoldiriladi.

@NUU_students
👎19🔥7👍4
❗️Talaba uzrli sabablarga ko‘ra, oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga belgilangan tartibda ruxsat etiladi. Bunda, oraliq va yakuniy nazoratlar bo‘yicha akademik qarzdor talabalar uchun tashkil etiladigan bir martalik qayta topshirishdan so‘ng o‘zlashtirilmagan uchtadan ko‘p bo‘lmagan fanlardan akademik qarzdorliklar talabaning tashabbusi bilan keyingi semestr yoki yozgi semestr davomida o‘z hisobidan to‘lov asosida topshiradi.

@NUU_students
👍8👎1
❗️17-yanvar soat 14:00 da O'zbekiston Milliy universitetida "Shunqorlar” harbiy sport o‘yinlari musobaqasining "Rektor kubogi" start oladi. Bunda har bir fakultetdan bittadan jamoa ishtirok etadi. G'oliblar diplom, pul mukofoti va ko'chma kubok bilan taqdirlanadi.

@NUU_students
👍7
❗️Endilikda davlat OTMlari magistraturasiga qoʻshimcha qabul asosida oʻqishga kirgan talabalarga taʼlim krediti berilmaydi

Hukumatning 2021 yil 18 avgustdagi 527-son qarori 1-ilovasi 3-bandi 4-xatboshisiga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.

Unga koʻra, «taʼlim tashkilotida tahsil olish maqsadida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktni va tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdoriga teng boʻlgan bir martalik boshqa toʻlovlarni hamda davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga qoʻshimcha qabul parametrlari asosida oʻqishga qabul qilingan abituriyent va talabalarning toʻlov-kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish uchun taʼlim krediti ajratilishiga yoʻl qoʻyilmaydi».

@NUU_students
👎6👍2
❗️Bakalavr (kunduzgi va kechki) hamda magistratura bosqichi talabalari uchun yakuniy nazoratlar 13-yanvardan 25-yanvarga qadar o‘tkaziladi.

Masofaviy ta’lim shaklida o‘quvchi talabalar uchun yakuniy nazoratlar 6-18-yanvar kunlari oralig‘ida bo‘ladi.

@NUU_students
👍11❤1
❗️Talabalarga 8-yanvardan darslar boshlanadi.

Qishki ta’til 7-yanvar kuni tugaydi. 2025-yilning 8-yanvaridan boshlab barcha oliy va professional ta’lim muassasalarida darslar davom etadi.

@NUU_students
🤔9❤4👍2👎1
❗️Talaba ham oʻqib, ham ishlasa boʻladimi?

Talaba mehnat shartnomasi asosida haq toʻlanadigan ishlarda ishlashi mumkin.

Buning uchun qonunlarda cheklov yoʻq.

Oliy taʼlim toʻgʻrisida nizomning 50-bandiga koʻra kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talaba darsdan boʻsh vaqtlarida (kunning ikkinchi yarmida) ham oliy taʼlim muassasasida, ham boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi boʻyicha ishlashga ruxsat etiladi.  

Amaldagi Mehnat kodeksining 248-moddasiga koʻra taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan xodimlarga ishni taʼlim bilan birga qoʻshib olib borishlari uchun ish beruvchi zarur sharoitlar yaratib berishi shart.

Talabalar nechinchi bosqichdan boshlab maktabda dars berishga haqli va necha soatgacha?

Hukumatning "Taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berildi.

@NUU_students
👍7👏6💯3🤔2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Akademik ta’til olish tartibi haqida

00:25 Qanday holatlarda akademik ta’til olsam bo‘ladi?
01:13 Grantda o‘qiyman. Akademik ta’til davrida ham menga stipendiya beriladimi?
01:36 Akademik ta’til olish uchun universitetga qanday hujjatlar taqdim qilish kerak bo‘ladi?
03:00 Qizim surunkali kasalligi sababli darslarga 3 haftadan beri qatnasha olmayapti, shu sababli men qizimning o‘rniga akademik ta’til olish uchun ariza yozsam bo‘ladimi?
03:55 Akademik ta’til olish haqidagi murojaat qancha vaqtda ko‘rib chiqiladi?
04:30 Men 3-kursligimda sog‘ligimdagi muammolar sababli 1-yilga akademik ta’til olgandim. Hozirda mening yo‘nalishim tugatilgan ekan, men o‘qishimni yana shu yo‘nalishda davom ettira olamanmi ?
05:57 Akademik ta’tildan qaytganimdan keyin universitetga qanday hujjatlar taqdim qilishim kerak?
06:35 Akademik ta’til olsam, bir yilim “kuyadi”mi?


@NUU_students
❤2👍2🤔2
❗️Kontraktni to’liq to’lamaganlarni yakuniy yoki oraliqlarga kiritmaslikka OTM mas’ullarining haqqi bormi?

Yo’q bunga haqqi yo’q, yakuniy va oraliqlarga talabani kiritmaslik uchun kontraktni to’lamaslik asos bo’la olmaydi. Agar talaba umuman kontrakt to’lamagan bo’lsa uni talabalar safidan chetlatishi mumkin xolos.

Talabani oraliqqa yoki yakuniyga kiritmaslik, ataylab fandan yiqitish, darsga kiritmay nb qo’yib qo’yish, va boshqa g’ayriqonuniy harakatlar amalga oshirish umuman mumkin emas.

Kontrakt to'lash muddatlari:

👉 belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1-oktyabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

👉 belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1 yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

👉 xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha;

@NUU_students
👍9😁3
taqiq.pdf
2.7 MB
❗️O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan internet jahon tarmog‘idagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan hamda O‘zbekiston Respublikasining hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manba va kontentlar (materiallar) ro‘yxati

@NUU_students
👍6🔥1
❗️Darsga kelmagan “akademik qarzdor talaba”ning kursdan qoldirilish tartibi

(kredit-modul tizimi boʻyicha)

✅ 1 ta fan uchun 6 kredit ajratilgan.
✅ 1 kredit 30 soatga teng.
✅ 1 ta fanning 6 krediti 180 soat
✅ 180 soatning 40 foizi (72 soat) auditoriya soatiga, qolgan 60 foizi (108 soat) esa mustaqil taʼlimga ajratilgan.

Talaba auditoriya uchun ajratilgan 72 soatning ¼ qismini (yaʼni 18 soatni) qoldirsa, yakuniy nazoratga kiritilmaydi.

Yakuniy nazoratga kiritilmagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. Akademik qarzdor talaba kursdan qoldiriladi. Mana shu tariqa bakalavriat yoʻnalishidagi talaba 8 yil oliy taʼlim muassasasida qolishi mumkin.

@NUU_students
👍9😁2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️2024-yil ham yakunlanmoqda, endi bemalol to'lagan kontraktingizdan 12 foizini qaytarib olishingiz mumkin! Yanvar oyida daromadlar to'g'risida dekloratsiya topshirishning o'zi kifoya.

To'lagan kontraktdan 12 foizlik daromad solig'ini kimlar va qanday qilib qaytarib olish mumkin? Batafsil videoda ko'rishingiz mumkin. Tushunarliroq bo'lishi uchun sodda tilda prezentatsiya shaklida tushuntirilgan.

Aytgancha endi talabalar rasmiy ish joyida ishlamasa ham qaytarib olsa bo'ladi, shunchaki 2024-yil davomida oliygohida faol bo'lib rag'bat pullari olgan bo'lsa kifoya, chunki rag'batlantirish pullaridan ham daromad solig'i ushlanmoqda, soliq ilovasi orqali o'sha ushlab qolingan rag'bat pullarini to'langan kontraktdan qaytarib olish mumkin.

@NUU_students
👍6
❗️"Bizga oʻtilmagan mavzudan savol tushdi" kabi eʼtirozlar uchun izoh

Oliy taʼlim, fan va Innovatsiyalar vazirining Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibini takomillashtirish xususidagi 452-son buyrugʻining Oliy ta’lim tashkilotlarida yakuniy nazorat turini tashkil etish va o‘tkazishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida ilovasiga koʻra, yakuniy nazorat imtihoni topshiriqlari (savollari) fanning o‘quv dasturi (sillabusi) asosida imtihon jarayonlari boshlanishidan kamida bir oy oldin tegishli kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilib, kafedra muhokamasidan o‘tkaziladi hamda tegishli fakultet dekani hamda tegishli kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.

Bunda, savollarning 40-50 foizi bevosita auditoriyada o‘tilgan mavzular bo‘yicha, 50-60 foizi mustaqil ta’lim mavzularidan iborat bo‘lishi tavsiya qilinadi.

@NUU_students
👎19😁8👍3🔥2🤔1
❗️Talabalardan olinadigan yakuniy nazoratlarning yangicha tartibi belgilandi

Universitet Kengashining 2024-yil 31-oktyabrdagi 3-sonli yig‘ilish qarori bilan quyidagilar belgilandi:

1. 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab, universitetga 1-kursga qabul qilingan kunduzgi ta’lim shakli (boshqa ta’lim shakllari uchun zaruratdan kelib chiqib) talabalari uchun yakuniy nazoratlar quyidagi tartibda:

⏺fakultetlararo o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlar test shaklida;
⏺fakultetlararo o‘qitiladigan fanlardan boshqa fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlar yozma shaklda (shifrlash orqali) amalga oshiriladi.

2. Yakuniy nazoratlar o‘tkazilishining shaffofligi hamda ularning natijalari baholanishining obyektivligi va adolatliligini ta’minlash maqsadida:

⏺yakuniy nazoratlar O‘quv-uslubiy boshqarma tomonidan tashkil etiladi;
⏺yakuniy nazoratlarni belgilangan tartibda shifrlanishi Registrator ofisi tomonidan amalga oshiriladi.

3. Nazorat natijalari bo‘yicha baholar tegishli professor-o‘qituvchilar tomonidan yakuniy nazorat o‘tkazilgan keyin 3 kun muddatda HEMIS axborot tizimiga kiritiladi (HEMIS axborot tizimida testlar olingan holatlar bundan mustasno).

@NUU_students
👎12👍5