❗️Moliyaviy mustaqil oliygohlar har yili 1 mlrd so‘mgacha grant e’lon qiladi
Moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim tashkilotida GPA ko‘rsatkichi 3,3 dan 4 gacha bo‘lgan belgilangan toifadagi talabalarga navbatdagi o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkiloti granti taqdim etiladi.
Bunda moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim tashkilotlari har yili o‘zlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan miqdorda oliy ta’lim tashkiloti grantini taqdim etadi.
Bunda oliy ta’lim tashkiloti granti taqdim etilgan talabaning GPA ko‘rsatkichi:
3.3- 3,39 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 20 foizi;
3.4- 3,49 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 30 foizi;
3.5- 3,59 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 40 foizi;
3.6- 3,69 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 50 foizi;
3.7- 3,79 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 60 foizi;
3.8- 3,89 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 70 foizi;
3.9- 3,99 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 80 foizi miqdoridagi qismi ushbu oliy ta’lim tashkilotining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
Bunda talabgorlar o‘z arizalari bilan har yili 20-iyulga qadar oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tadi. Natijalar har yili 5-sentyabrga qadar e’lon qilinadi.
Ma’lumot uchun: bunday qo‘shimcha grant beriladigan toifalar ro‘yxati Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
@NUU_students

👍13
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Grantdagi talabalarni kontraktga, kontraktdagilarni grantga o’tkazish tartibi
📹 Batafsil videoda bilib oling!
@NUU_students
1. Bu tartib qanday ishlaydi?
2. Nechanchi kurslarga taalluqli?
3. Magistrlarga taalluqlimi?
4. Imtiyoz bilan grantga kirganlarga ham amal qiladimi?
5. Maqsadli qabul bilan kirganlargachi?
📹 Batafsil videoda bilib oling!
@NUU_students
👍8👎2
❗️Navro’z bayrami uchun qo’shimcha dam olish kuni beriladimi?
✅ Javob: hozircha Navro’z bayramiga qo’shimcha dam olish kuni berilishi haqida hech qanday rasmiy hujjat yo’q.
Rasmiy hujjat yo’qligini hisobga olsak, demak, joriy yilda bayramlarda ketma-ket dam olish kunlari bo’lmaydi.
Navro’z bayramida dam olish kunlari quyidagicha bo’lishi kutilmoqda:
✅✅ 21-mart (juma) — bayram, barcha uchun dam olish kuni;
✅❌22-mart (shanba) — 5 kunliklarga dam, 6 kunliklarga ish.
✅✅ 23-mart (yakshanba) — odatiy dam olish kuni.
Ya’ni faqat Navro’z kuni hammaga dam olish bo’ladi, qolgan kunlarda hech narsa o’zgarmaydi.

🔥3😁3👎2❤1👍1
❗️O‘zlashtirish ko‘rsatkichiga qarab talabalarga grantlarni qayta taqsimlash tartibi tasdiqlandi
Hukumatning tegishli qarori bilan (№149, 10.03.2025) Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, ta’lim grantiga talabgorlardan joriy o‘quv yilida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 3,5 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi. O‘zlashtirishi ushbu ko‘rsatkichdan past bo‘lgan talabalarning ta’lim grantini tabaqalashtirilgan tarzda qayta taqsimlashda ishtirok etishiga ruxsat etilmaydi va ta’lim granti o‘rni vakant qoladi.
Ta’lim grantiga talabgorlar uchun oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-saytida onlayn ro‘yxatdan o‘tish va erishgan yutuqlarini asoslovchi hujjatlarni yuklash imkoniyati yaratiladi.

👎7👍4🔥1👏1😁1🤔1
❗️Bitiruvchi kurs (magistr, bakalavr), (kunduzgi, sirtqi) talabalari fanlardan akademik qarzdorliklari bo'yicha to'lovlarni 26.03.2025-yilgacha amalga oshirishlari so'raladi.
26.03.2025-yildan keyin to'lovlar qabul qilinmaydi (to'lov qilish yopiladi).
@NUU_students
26.03.2025-yildan keyin to'lovlar qabul qilinmaydi (to'lov qilish yopiladi).
@NUU_students
👍6❤3👎2🔥1👏1
❗️Kontraktni to’liq to’lamaganlarni yakuniy yoki oraliqlarga kiritmaslikka OTM mas’ullarining haqqi bormi?
Yo’q bunga haqqi yo’q, yakuniy va oraliqlarga talabani kiritmaslik uchun kontraktni to’lamaslik asos bo’la olmaydi. Agar talaba umuman kontrakt to’lamagan bo’lsa uni talabalar safidan chetlatishi mumkin xolos.
Talabani oraliqqa yoki yakuniyga kiritmaslik, ataylab fandan yiqitish, darsga kiritmay nb qo’yib qo’yish, va boshqa g’ayriqonuniy harakatlar amalga oshirish umuman mumkin emaa.
📑 Kontrakt to'lash muddatlari:
➖Abituriyentlar uchun kontraktning 25 foizini – 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha)
➖ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun – 1-oktabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);
➖To‘lov miqdorining kamida 50 foizi – 1 yanvargacha;
➖Kontraktning 75 foizi – 1-mart;
➖Kontraktning 100 foizi – 1-may (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);
🟢xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha.

❤3🏆1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Akademik qarzdorligi bor talabalar o‘qishdan to‘g‘ridan to‘g‘ri chetlatilishi mumkin
Avvalgi tartib bo‘yicha qarzdor talaba kursdan-kursga qoldirilar edi.
@NUU_students
Avvalgi tartib bo‘yicha qarzdor talaba kursdan-kursga qoldirilar edi.
@NUU_students
👍2❤1🔥1
❗️DARSGA KELMAGAN “AKADEMIK QARZDOR TALABA”NING KURSDAN QOLDIRILISHI (kredit-modul tizimi boʻyicha)
1 ta fan uchun 6 kredit ajratilgan.
1 kredit 30 soatga teng.
1 ta fanning 6 krediti 180 soatga teng (6 • 30 = 180).
180 soatning 40 foizi (72 soat) auditoriya soatiga, qolgan 60 foizi (108 soat) esa mustaqil taʼlimga ajratilgan.
Talaba auditoriya uchun ajratilgan 72 soatning ¼ qismini (yaʼni 18 soatni) qoldirsa, yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Yakuniy nazoratga kiritilmagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. Akademik qarzdor talaba kursdan qoldiriladi. Mana shu tariqa bakalavriat yoʻnalishidagi talaba 8 yil oliy taʼlim muassasasida qolishi mumkin.

👎16👍4😁2🔥1
❗️Rasman: Endi faqat yaxshi oʻqiganlar grantda oʻqiydi!
❓Nechanchi kurslarga taalluqli?
✅JAVOB: ushbu tartibni qo’llash 2024/2025-o’quv yilida talaba bo’lganlardan boshlanadi. Boshqacha aytganda, hozirgi 1-kurslarga taalluqli. Ya’ni hozirgi 1-kurslar uchun yoz oyida grant o’rinlari qayta taqsimlanadi.
Hozirda ikkinchi va undan yuqori kursda o’qiyotgan talabalarda hech narsa o’zgarmaydi. Ya’ni hozir 2-kursda grantda o’qiyotgan talaba toki tugatgungacha grantda qoladi, o’zlashtirish ko’rsatkichidan qat’i nazar.
❓Magistrlarga taalluqlimi?
✅JAVOB: ha, ushbu tartib magistrlarga ham taalluqli. Ya’ni 1-kursda o’qiyotgan magistrlarning grantlari yozda qayta taqsimlanadi.
Bunda, quyidagilarni inobatga olish zarur:
1) o’zlashtirish ko’rsatkichidan qat’i nazar, magistraturada tahsil olayotgan qizlar uchun davlat byudjetidan kontraktlarini to’lab berish davom etadi;
2) to’liq davlat grantidan iborat mutaxassisliklar uchun ushbu tartib qo’llanmaydi, chunki bundan ma’no yo’q;
3) o’qish muddati 1 yilni tashkil qiluvchi mutaxassisliklarda ham ushbu tartib qo’llanmaydi, bu ham mantiqan tushunarli.
❓Imtiyoz bilan grantga kirganlarga ham amal qiladimi?
✅ JAVOB: imtiyoz asosida davlat grantiga kirgan talabalarga ushbu tartib qo’llanmaydi, ya’ni ularga grant 4 yil muddatga beriladi. Bunda o’zlashtirish ko’rsatkichi ahamiyatga ega emas. Imtiyoz deganda, masalan, xalqaro olimpiada g’oliblari, turli davlat mukofoti sohiblari, organ xodimlarining farzandlari, nogironligi bor abituriyentlar, tavsiyanoma olgan xotin-qizlar va boshqalar nazarda tutilmoqda.
❓Maqsadli qabul bilan kirganlarga-chi?
✅ JAVOB: maqsadli qabulga kirganlar uchun ham, o’zlashtirish ko’rsatkichidan qat’i nazar, davlat granti 4 yilga beriladi. Yangi tartib ularga qo’llanmaydi.
❓Bir marta davlat grantidan mahrum bo’lgan talaba keyingi o’quv yilida yana grantga talabgor bo’la oladimi?
✅ JAVOB: Ha, talabgor bo’la oladi. Grant o’rinlari uchun tanlov har yili iyul-avgust oylarida yangidan o’tkaziladi. Bunda o’tgan yilgi tanlov natijalari hisobga olinmaydi. Barchasi yangidan boshlanadi. Joriy o’quv yili davomida GPA ko’rsatkichi 3,5 dan baland bo’lgan barcha talabalar grantga da’vo qila oladi.
Boshqacha aytganda, bir marta grantdan mahrum bo’lgan talaba kelasi yili yaxshi o’qisa, yana grant olishi mumkin.

👍6😁3🔥1🏆1
❗️Yoshlar daftariga kiritilgan xususiy oliygoh talabalarining 19 mln. so‘mgacha bo‘lgan to‘lov-kontrakt pullari to‘lab beriladi
Vazirlar Mahkamasining 312-sonli (7.06.2022) qarori 35-bandi va mazkur nizomning 8-ilovasiga ko‘ra, quyidagi toifalar:
Respublikamizdagi professional taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan davlat, nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiallarida:
➡️ bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida;
➡️ magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida taʼlim olayotgan talablarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlarining bir qismi to‘lab beriladi.
Ushbu xarajatlarni to‘lab berish yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida to‘lov-kontraktining 50 foizigacha, biroq BHM ning 50 baravari (18.750.000 so‘m) dan oshmagan miqdorda sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
❌ To‘lov-kontrakt xarajatlarining bir qismini qoplab berish quyidagilar toifalarlarga
amal qilmaydi:
➖ ikkinchi va undan keyingi mutaxassislik;
➖ qo‘shma taʼlim dasturlari;
➖tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida taʼlim olayotganlarga nisbatan tadbiq etilmaydi.

➖Temir daftarga kiritilgan oila farzandi;
➖Ayollar daftariga kiritilgan ayollar farzandi;
➖Ijtimoiy himoya yagona reestri ATga kiritilgan oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi;
➖Mehribonlik uyi yoki Bolalar shaharchasida tarbiyalangan o‘quvchi-talaba;
➖Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, vasiylikka olingan kam taʼminlagan o‘quvchi-talaba;
➖Oila aʼzolarining kamida bittasi I guruh yoki har ikkisi II guruh nogironligi bo‘lgan kam taʼminlagn oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi;
➖Nogironligi yoki salomatligida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchi-talaba;
➖Oilasi kam taʼminlangan talabaga to‘lab berilishi nazarda tutilgan.
Respublikamizdagi professional taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan davlat, nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiallarida:
➡️ bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida;
➡️ magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida taʼlim olayotgan talablarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlarining bir qismi to‘lab beriladi.
Ushbu xarajatlarni to‘lab berish yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida to‘lov-kontraktining 50 foizigacha, biroq BHM ning 50 baravari (18.750.000 so‘m) dan oshmagan miqdorda sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
❌ To‘lov-kontrakt xarajatlarining bir qismini qoplab berish quyidagilar toifalarlarga
amal qilmaydi:
➖ ikkinchi va undan keyingi mutaxassislik;
➖ qo‘shma taʼlim dasturlari;
➖tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida taʼlim olayotganlarga nisbatan tadbiq etilmaydi.
@NUU_students
👍5
Forwarded from 🪐Bizlik dunyo☘
Ramazon oyida xayriya qilish imkoniyati.
🕌 Muborak Ramazon oyida jamoamiz O'zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti "Oila psixologiyasi" yo’nalishi 4-bosqich talabalari va saxovat istagidagi insonlar ko‘magida muhtoj insonlarga yordam berish maqsadida “Saxovatli qo’llar” xayriya loyihasini boshladik.
📆 ✨ Ushbu xayrli loyihamiz shu hafta 27-28-29-mart kunlari o'tkaziladi va bunda sizning ham moliyaviy qo'llab-quvvatlashingiz juda muhim. Har bir insonning kichik bo'lsa-da yordami ko'proq insonni ko'nglini ko'tarishimizga sabab bo'loladi.
📍Ushbu haftalikda biz:
🫧 Mehribonlik uyiga tashrif — 27.03.2025
🫧 Qariyalar uyiga tashrif —28.03.2025
🫧 Suv va xurmo tarqatish — 29.03.2025 rejalashtirilgan.
🙌 Har qanday summa biz uchun muhim va biz ehson qilingan mablag'larni insonlar quvonchi va shukri yo'lida sarflashni niyat qilganmiz.
🗳 Moddiy yordam bilan hissa qo'shish uchun:
💳 Karta raqam:
9860 0121 0605 5671
🪐Ism: Javohir Toshpo’latov
Xayriya kunigacha va xayriya jarayonlari haqida hisobot ushbu kanalda yoritilib boriladi:@bizlik_dunyo
☎️ Biz bilan bog‘lanish:
@Makkayu_madinam_onam
💫Atrofimizdagi insonlarga hayrli ish qilishda o'z hissangizni qo'shing va ushbu postni yaqinlaringiz bilan ulashing)

👍7❤1
❗️Talaba ham oʻqib, ham ishlasa boʻladimi?
Ha, talaba mehnat shartnomasi asosida haq toʻlanadigan ishlarda ishlashi mumkin.
Buning uchun qonunlarda cheklov yoʻq.
Oliy taʼlim toʻgʻrisida nizomning 50-bandiga koʻra kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talaba darsdan boʻsh vaqtlarida (kunning ikkinchi yarmida) ham oliy taʼlim muassasasida, ham boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi boʻyicha ishlashga ruxsat etiladi.
Amaldagi Mehnat kodeksining 248-moddasiga koʻra taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan xodimlarga ishni taʼlim bilan birga qoʻshib olib borishlari uchun ish beruvchi zarur sharoitlar yaratib berishi shart.
Talabalar nechinchi bosqichdan boshlab maktabda dars berishga haqli va necha soatgacha?
Hukumatning "Taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berildi.

👍3
❗️Qanday holatda talabalar stipendiyadan ajralishi mumkin?
Hozirgi kunda O‘zbekiston talabalari uchun stipendiya miqdori 517.880 so‘m etib belgilangan. Oddiy holatlarda davlat grantida o‘qiydigan yoki stipendiyali kontrakt to‘laydiganlar shuncha stipendiya olishadi.
Semestr davomida barcha fanlarni aʼlo, yaʼni “5” baho bilan (86 ball va undan yuqori to‘plagan) tamomlagan talabalarga 6 oy – 1 semestr davomida stipendiyaning 20 %i miqdorida 103.576 so‘m qo‘shimcha stipendiya belgilanadi. Shunda talaba 621.456 so‘m stipendiya olishi mumkin.
➖Lekin semestr davomidagi fanlarni 30% va undan kam o‘zlashtirsa, yaʼni yakuniy nazoratlarning 30%ida “3” baho olsa (masalan, 1 semestr davomida 6 ta fan o‘tiladigan boʻlsa, talaba ularning 2 tasidan “3” baho olsa, 33,(3) %ini o‘zlashtirmagan hisoblanadi), semestr davomida stipendiyadan ajraladi.

👍7👎3❤1🔥1
❗️Ramazon hayiti munosabati bilan o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?
Dam olish kunlari quyidagicha bo‘ladi:
✅❌ 29-mart (shanba) — 5 kunliklarga dam, 6 kunliklarga ish;
✅✅30-mart (yakshanba) — Ramazon hayiti;
✅✅ 31-mart (dushanba) — Ramazon hayiti munosabati bilan 30-mart kunidan ko‘chirilgan barcha uchun dam olish kuni.

👎31👍10❤3🔥2
❗️Maksimal ball bu yil ham 189.0 bo'ladi;
2025/2026-o‘quv yili bakalavriatga qabul uchun test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026-o‘quv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi).
2025/2026-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga umumiy 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

👍4🔥2👎1
❗️Ichki perevod haqida
▪️Ta'lim yo'nalishini o'zgartirish (mos va turdosh yo'nalishlar) – arizalar transfer.edu.uz sayti orqali 15-iyuldan 5-avgustga qadar onlayn amalga oshiriladi. Arizalar oliygoh mas'ul komissiyasi tomonidan ko'rib chiqiladi va xulosa beradi.
▫️Ta'lim yo'nalishini o'zgartirish (noturdosh yo'nalishlar) – arizalar onlayn shaklda transfer.edu.uz sayti orqali topshiriladi. Arizalarga davlat komissiya tomonidan xulosa beriladi.
▪️Ta'lim shaklini o'zgartirish (kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviyga) – arizalar transfer.edu.uz sayti orqali onlayn amalga oshiriladi. Arizalar oliygoh mas'ul komissiyasi tomonidan xulosalanadi.
▫️Ta'lim tilini o'zgartirish (o'zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tildagi guruhlar) – arizalar offlayn shaklda dekanatga yoziladi. Xulosa dekanat tomonidan beriladi.
▪️Guruh o'zgartirish (bir guruhdan boshqasiga) – arizalar offlayn shaklda dekanatga yoziladi. Jarayon dekanat xulosasiga asosan amalga oshiriladi.
▫️ Oʻqishni tiklash (o'z yo'nalishiga yoki boshqa turdosh yo'nalishga) – arizalar toʻliq transfer.edu.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Xulosa OTM mas'ul komissiyasi tomonidan beriladi.
@NUU_students
Ichki perevod – ya'ni bir oliygohning ichida amalga oshirish mumkin bo'lgan holatlar:

Forwarded from Tarix - Muarrix Kutubxonasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍3❤1👏1🏆1
🤔3❤1👏1
❗️Ikkinchi mutaxassislikka noturdosh yo'nalishda o'qisa bo'ladimi?
Ikkinchi mutaxassislikka o'qishga kirishda avval qaysi yo'nalishni tamomlaganingiz ahamiyatli emas. Ya'ni siz avval matematika yo'nalishini tamomlab, keyin ikkinchi mutaxassislikka biologiya yo'nalishiga topshirishingiz mumkin. Bu bo'yicha hech bir cheklov yo'q.
Hujjat topshirish va imtihon tartibi qanday?
Ikkinchi mutaxassislik uchun qabul jarayonlari odatda abituriyentlardan farqli o'laroq iyul-avgust oyida bo'lib o'tadi va my.edu.uz platformasi orqali onlayn hujjat topshiriladi.
Kerakli hujjatlar:
➖Pasport yoki ID karta:
➖Balavriat bosqichini tamomlaganligi haqida diplom ma'lumotlari.
Ariza oliy ta'lim muassasasi tomonidan ko'rib chiqiladi va qabul qilinadi. Imtihon shakli va tartibi ham OTM tomonidan mustaqil ravishda hal etiladi.
Nechanchi kursdan qabul qilinadi?
Ikkinchi mutaxassislikda sirtqi ta'lim shakliga 2-bosqichdan o'qishga qabul qilinadi. Ayrim ta'lim yo'nalishlarning sirtqi ta'limda o'rganish imkoniyati mavjud bo'lmaganligi sababli kunduzgi ta'lim shaklidan ham qabul qilish mumkin.
So'nggi yillarda ikkinchi mutaxassislik uchun hujjat topshiruvchi talabgorlar soni kamligi sababli OTMlar tomonidan o'qishga qabul qilish suhbat asosida yoki imtihonsiz shaklda amalga oshirilmoqda. Qaysi OTMda qanday yo'nalishlar mavjudligi haqida har yili 2-mutaxassislik bo'yicha mavjud kvotalar e'lon qilinadi.
@NUU_students
Ikkinchi mutaxassislik – ya'ni bakalavriat (magistratura)ni tamomlagan kishi qaytadan yana boshqa yo'nalishda bakalavriat(magistratura)ni o'qishi tushuniladi.

🔥3👍2