O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.08K subscribers
2.69K photos
487 videos
224 files
1.93K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️Talabalarga kontrakt puli 50%gacha qoplab beriladi

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qaroriga muvofiq, professional va oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan muayyan toifadagi talabalarga kontrakt to‘lovining 50 foizigacha (lekin eng ko‘pi bilan BHMning 50 baravarigacha) miqdori davlat tomonidan qoplab beriladi.

Kimlar ushbu imtiyozdan foydalana oladi?
“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning farzandlari
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar

Bu yordam quyidagi ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan talabalar uchun amal qiladi
Davlat oliy ta’lim muassasalari
Xususiy oliy ta’lim muassasalari
Xorijiy oliy ta’lim muassasalari

Moliyaviy chegara qancha?

2025-yil 1-avgustdan boshlab, BHM (bazaviy hisoblash miqdori) 412 000 so‘mni tashkil etadi. Shunga ko‘ra, yordam miqdorining yuqori chegarasi 50 × 412 000 = 20 600 000 so‘m

Ya’ni, talaba kontrakti bundan kam bo‘lsa, 50%gacha to‘lanadi. Agar kontrakt miqdori yuqori bo‘lsa ham, maksimal 20,6 million so‘migacha yordam ko‘rsatiladi.

@NUU_students
❤12👏1
❗️Aytishlaricha,6-yoʻnalishning natijalari chiqdi. Oliy ta’lim muassasalariga yetkazilmoqda.

@NUU_students
❤8🔥3
❗️O'zbekiston Milliy universitetida "Men donorman" qon topshirish xayriya aksiyasi tashkil etilmoqda.

Aksiya 10-oktabr kuni soat 9:00 da universitet bosh binosi hovlisida o'tkaziladi. Xayriya aksiyasida ishtirok etmoqchi bo'lganlar fakultet yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan oʻrinbosariga murojaat qilishlari mumkin.

@NUU_students
❤8😁7👍4
❗️Talabalarga stipendiya to‘lovlari joriy hafta yakuniga qadar amalga oshiriladi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar o‘z vaqtida to‘lanmayotgani haqida tarqalgan xabarlarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi izoh berdi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, barcha oliygohlarda yuqori kurs talabalariga stipendiyalar to‘lab berilgan. Ammo ayrim oliy ta’lim muassasalarida 1-bosqich talabalariga stipendiya tayinlash bo‘yicha buyruqlarni rasmiylashtirish va bank kartalarini ochish jarayoni biroz kechikkan. Shu sababli ayrim talabalar hali to‘lovni olmagan.

Ayni paytda barcha hujjatlar rasmiylashtirilmoqda va joriy hafta yakuniga qadar barcha talabalar stipendiyalarini olishadi.

@NUU_students
👍13❤7😁5👎2
🇹🇷 TURK TILI – INTENSIV KURS!
Siz ham sertifikat egasiga aylanishni xohlaysizmi?

📚 A1, A2, B1 guruhlari — tezlashtirilgan o‘quv dasturi
🔥 Imtihon topshiruvchilar uchun 4 bo‘limli intensiv tayyorgarlik:
Okuma | Dinleme | Yazma | Konuşma



Oylik to'lov 400 000
Oflayn Toshkent shahrida Oylik to'lovi 500 000


📌 Oflayn darslar — 0 dan boshlab o‘rganish imkoniyati
📍 Manzil: Toshkent, Chilonzor

📞 Aloqa: @Toxirov1992 | 93 593-54-55
📎 Natijalar: O‘quvchilar yutuqlari

https://t.me/+jbrJTRzs-zg0ZWMy

Bizning Telegram kanalimizda

Bepul Darslarga qatnashishingiz mumkin
https://t.me/turktiligrammatikasi1
❤4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Super-kontrakt uchun arizalar qabul qilinmoqda:

1️⃣ Avvalo, abituriyent kontrakt.edu.uz platformasiga kirib, onlayn ro‘yxatdan o‘tadi.

2️⃣ Shundan so‘ng tizimda abituriyent tanlagan 5 tagacha yo‘nalish bo‘yicha super-kontrakt narxlari ro‘yxati shakllanadi.

3️⃣ Abituriyent o‘qishni istagan yo‘nalishni tanlab, ariza yuboradi.

4️⃣ OTM masʼullari arizani ko‘rib chiqib, tasdiqlaganidan keyin shartnoma va hisob raqami shakllanadi.

5️⃣ Shartnomada ko‘rsatilgan summaning kamida 50 foizi 31-oktyabrga qadar to‘langach, abituriyent rasmiy ravishda talaba maqomiga ega bo‘ladi va o‘qishni boshlash huquqiga ega bo‘ladi (qancha ertachi to‘lasi, shuncha tezlashadi jarayon. Ayrim universitetlar istisno tarzida shartnona shakllangandan keyin darsga qo‘yib turishi ham mumkin).

❓Kimlar super-kontraktga ariza bera oladi?

Hozircha hech bir OTMga qabul qilinmagan va ballari qabul chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar.

@NUU_students
❤3
❗️Taʼlim to‘g‘risidagi Qonunda sirtqi taʼlim shakli saqlab qolinadigan bo‘ldi

Bundan tashqari, bakalavriatda 8 yilgacha, magistraturada 4 yilgacha davom etadigan maqbullashtirilgan kunduzgi taʼlim (part-time education) shakli o‘ylab topibdi.

@NUU_students
🤔18😁17👎6❤1
❗️Maqbullashtirilgan kunduzgi ta’lim tartibi tasdiqlanmoqda

Ta'lim to'g'risidagi qonunga tegishli o'zgartirishlar kiritish bo'yicha qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo'yildi.


Unga ko'ra, maqbullashtirilgan kunduzgi ta’lim shakli joriy etilib, tahsil olish muddati bakalavriatda kunduzgi ta'lim shaklining kamida 1,5 barobari (6-yil)dan 8 yilgacha bo'lishi magistratura esa 4 yilgacha bo'lishi ko'zda tutilmoqda.

Ya'ni endilikda oliy ta'limda quyidagi ta'lim muddatlari paydo bo'ladi:

Kunduzgi ta'lim
👉Bakalavriat – 4 yil (ayrim yo'nalishlarda 3 yil),
👉Magistratura – 2 yil (ayrim yo'nalishlarda bir yil);

Sirtqi ta'lim
👉Bakalavriat – 5 yil

Kechki ta'lim
👉 Bakalavriat – 4,5 yil
👉 Magistratura – 2 yil

Masofaviy ta'lim
👉Bakalavriat – 4 yil
👉Magistratura – 2 yil

Maqbullashtirilgan kunduzgi ta'lim
👉Bakalavriat – 6 yildan 8 yilgacha,
👉Magistraturada – 3 yildan 4 yilgacha.

@NUU_students
❤6😁4👍2🤔1
📢 Chiroyli nutq va ovozga egamisiz? Sizga taklifimiz bor!

Registon o'quv markazi Adminstrator va Call operatorlarni o'z jamoasiga taklif qiladi!

Talablar:
— Kamida 3 oylik tajriba(ustunlik beradi);
— O‘zbek tilida ravon gaplashish( rus tili ustunlik beradi);
— Telefon orqali muloqot qilish qobiliyati;
— Faol, xushmuomala va mas’uliyatli bo'lish;

Takliflar
— Barqaror oylik maosh
— Qulay ofis sharoitlari;
— Do‘stona va qo‘llab-quvvatlovchi jamoa;
— Kasbiy o‘sish imkoniyati;

🕒 Ish grafigi: 09:00 – 18:00 / 14:00 - 20:00 | 6/1
📍Manzil: Toshkent shahar, Olmazor va Yunusobod tumanlari

🎯Yuqoridagi talablarga mos kelsangiz, hoziroq quyidagi link orqali ro'yxatdan o'ting!


👉🏼Ro'yxatdan o'tish uchun bosing

📌 Yaqinlaringizga ham ulashib qo'yishni unutmang!
❤2💯2
🇹🇷 TURK TILI – INTENSIV KURS!
Siz ham sertifikat egasiga aylanishni xohlaysizmi?

📚 A1, A2, B1 guruhlari — tezlashtirilgan o‘quv dasturi
🔥 Imtihon topshiruvchilar uchun 4 bo‘limli intensiv tayyorgarlik:
Okuma | Dinleme | Yazma | Konuşma



Oflayn Toshkent shahri. Chilonzor metroda

Beruniy metroda

📌 Oflayn darslar — 0 dan boshlab o‘rganish imkoniyati
📍 Manzil: Toshkent, Chilonzor

📞 Aloqa: @Toxirov1992 | 93 593-54-55
📎 Natijalar: O‘quvchilar yutuqlari

https://t.me/+jbrJTRzs-zg0ZWMy

Bizning Telegram kanalimizda

Bepul Darslarga qatnashishingiz mumkin
https://t.me/turktiligrammatikasi1
❤2😁1
❗️Qishki o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli 10-yanvardan boshlanadi

Qishki perevodda faqatgina Davlat OTMlariaro faqat 2 ta uzrli sababga asosan qishda o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladi.

➖ talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish istagidagilarga;
➖ davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).


Talabalar tomonidan hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar 20-yanvargacha offlayn shaklda taqdim etiladi:

➖ o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);

➖ talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
➖ pasport nusxasi;

➖ yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.


Qishki perevodda arizalar onlayn shaklda sayt orqali to'ldirilmaydi. Kerakli hujjatlar har bir OTMda tashkil etilgan ishchi guruhga talaba yoki uning yaqin qarindoshlari tomonidan shaxsan topshirilishi shart.

@NUU_students
❤3
❗️Talabalar ijara to‘lovining bir qismini qaytarish uchun my.gov.uz orqali ariza berishi mumkin bo’ladi

1-noyabrdan boshlab talabalar uchun ijara to‘lovining bir qismini my.gov.uz portali orqali (hozirda kontrakt.edu.uz orqali amalga oshiriladi) qaytarish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek:

🗓 2025-yil 1-noyabrdan: transportga gaz balloni o‘rnatilganligiga oid ma’lumotlarni elektron shaklda yuritish orqali transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini qayta rasmiylashtirish tartibi bekor qilinadi.

🗓 2026-yil 1-yanvardan: o‘rta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayoni bilan bog‘liq davlat xizmatlari Yagona portal orqali ko‘rsatiladi.

🗓 2026-yil 1-maydan: nogironlikni belgilash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishda fuqarolarga tibbiyot muassasalariga imtiyozli davolanish uchun beriladigan yo‘llanmani shakllantirish va elektron navbatga qo‘yish kompozit shaklda amalga oshiriladi.

🗓 2026-yil yakunigacha: tibbiy ko‘rik jarayonida shifokor nutqini avtomatik bayonlashtiruvchi ovozli yordamchi hamda bemorlarga tashxis qo‘yishda ko‘maklashuvchi sun’iy intellektga asoslangan “Shifokorning raqamli yordamchisi” dasturi ishga tushiriladi.

@NUU_students
❤3