O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.08K subscribers
2.69K photos
487 videos
224 files
1.93K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️Endilikda chet tili 1-fan boʻlgan yoʻnalishlarga B1 daraja ham imtiyoz beradi

Qaror bilan ayrim Hukumat qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

✅ Unga koʻra, fanlar majmuasida chet tili 1-fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlariga qabul xorijiy tilni bilish boʻyicha kamida B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat asosida amalga oshiriladi.

Fanlar majmuasida chet tili fani mavjud boʻlgan taʼlim yoʻnalishlariga qabulda:

🔹 B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ballning 75 foizi miqdorida ball beriladi;

🔹 B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi.

Ilgari mazkur yoʻnalishlarga qabul kamida B2 darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshirilgan.

@NUU_students
😁6❤3👎1
📢Ingliz tilidan yuqori bilimga egamisiz? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun!

📚Registan LC Qoʻyliq filiali Ingliz tili yordamchi ustozlarni (yevro guruhlar uchun) izlamoqda!

Talablar:
— IELTS 7.0+
— O‘quvchilar bilan ishlash ko‘nikmasi
— Rus va o'zbek tillarini bilish
— Mas'uliyatli va intizomli
— Jamoada ishlash qobiliyati

Ish vaqti:
— 14:00 – 20:00, 6/1

Taklif qilamiz:
— Doimiy rivojlanish imkoniyati
— Shinam ofis va qulay joylashuv
— Ahil va do'stona jamoa
— Tajribali mentorlar bilan ishlash
— Bonus, imtiyoz va sovg'alar

🎯Karyerangizni ustozlikda davom ettirmoqchimisiz unda bizning jamoamizga qoʻshiling!

👉🏻 Anketa to'ldirish uchun bosing

Murojaat uchun:
+998 91 015 27 00

📌Agar bu ish taklifi sizga qiziq bo'lsa, hoziroq bot orqali anketa to'ldiring va jamoamizga qo'shiling!
📢 Matematika fanidan yuqori bilimga egamisiz? Unda siz uchun ajoyib imkoniyat!

🏢Registan LC Qoʻyliq filiali📚Matematika yordamchi ustozlarini ishga taklif qiladi

📍Toshkent shahri, Fargʻona Yoʻli koʻchasi (Compass Mall yaqinida)


Talablar:
— Matematika fanidan A+ sertifikat;
— Ustozlikda 1+ yil ish tajribasi;
— Yuqori pedagogik qobiliyat va o'quvchilar bilan ishlash ko'nikmasi;

Ish vaqti:
— 08:00 -14:00, 6/1
— 14:00 - 20:00, 6/1

Takliflar:
— Moslashuvchan ish grafigi;
— Yuqori oylik maosh (suhbatda kelishiladi);
— Yosh, do‘stona va professional jamoa;
— Kasbiy va shaxsiy rivojlanish imkoniyati;

🎯Karyerangizni ustozlikda davom ettirmoqchimisiz unda bizning jamoamizga qoʻshiling!

👉🏻 Anketa to'ldirish uchun bosing

Murojaat uchun:
+998 91 015 27 00


*Yaqinlaringizga ham ulashib qo‘yishni unutmang!
❤1
❗️Talabalarning yashash xarajatlarini qoplab berish haqida batafsil ma’lumot

Ma’lumot o‘rnida, agar davlat yotoqxonasi bo‘lmasa, talabalar davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan turar joylarga joylashtirilishi mumkin. Hukumatning yangi qaroriga asosan, bunday hollarda ham unga kompensatsiya to‘lab beriladi. To‘lovlar har oyning 15-sanasiga qadar talabaning bank plastik kartasiga o‘tkazib beriladi.

Ijara to‘lovlariga kompensatsiya olish bilan bog‘liq har qanday arizalar oyning 7-sanasiga qadar qabul qilinadi. Uni my.gov.uz yoki kontrakt.edu.uz orqali onlayn tarzda yuborishingiz mumkin.

@NUU_students
❤1👍1
❗️Ayrim toifadagi talabalarning yotoqxona xarajatlari Davlat byudjetidan qoplab beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (28.01.2026 y. 32-son) bilan ayrim toifadagi talabalarning davlat oliy ta’lim tashkilotlari talabalar turar joylaridagi (TTJ) yashash xarajatlarini Davlat byudjeti hisobidan qoplab berish tartibi tasdiqlandi.

Ushbu imtiyozdan "Ijtimoiy reestr"ga kiritilgan oilalarning kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan farzandlari foydalanishi mumkin. To‘lovlar talaba grant yoki kontrakt asosida o‘qishidan qat’i nazar amalga oshiriladi.

Qarorga ko‘ra, talabalar TTJga ustuvorlik asosida, navbatsiz qabul qilinadi. Agar davlat yotoqxonasi bo‘lmasa, talabalar davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan turar joylarga joylashtirilishi mumkin. To‘lovlar har oyning 15-sanasiga qadar talabaning bank plastik kartasiga o‘tkazib beriladi.

@NUU_students
❤2
❗️Tyutor vazifalari funksionali joriy etildi

HEMIS tizimiga yangi Tyutor vazifalari funksionali qo‘shildi. Ushbu imkoniyat orqali har bir tyutor o‘zining ish rejasini shakllantirishi, bajarilgan ishlar natijasini kiritishi hamda hisobotlarni yuklab borishi mumkin.

❓Funksional qanday ishlaydi?

1️⃣ Yangi vazifa bo‘limida vazifaning nomi, qisqacha izohi va bajarish muddati kiritiladi. Shundan so‘ng vazifa Topshiriqlar ro‘yxatida aks etadi.
2️⃣ Ro‘yxatdagi vazifa nomi ustiga bosish orqali uni tahrirlash yoki natijalarni qayd etish bo‘limiga o‘tish mumkin.
3️⃣ Vazifa bajarilgach, sahifaning “Natija ma’lumotlari” qismida:

➖ vazifaning bajarilish izohi yoziladi;
➖ hisobot fayli yuklanadi;
➖ vazifa statusi “Tugallangan” holatiga o‘tkaziladi.


Muhim: Har bir tyutor o‘z shaxsiy ish rejasini mustaqil shakllantiradi va ularning ma’lumotlari boshqa tyutorlarga ko‘rinmaydi.

@NUU_students
😁7❤2
❗️Magistraturaga oid ayrim savollarga javoblar:

➖ joriy yilda ham kontraktga kirgan qizlarga davlat byudjetidan to‘lov-kontrakt summasi qoplab beriladi. Buning uchun 30-sentyabrgacha ariza berish kerak;

➖ joriy yilda ilk marta magistraturada kechki va masofaviy ta’lim shakli ham ochildi. Bunda kechki yoki masofaviyga kirgan qizlarga ham davlat byudjetidan kontraktlari qoplab beriladi;

➖ magistraturada joriy yilda ham qo‘shimcha qabul ochilgan, buning uchun hujjat topshirilgan oliygohga murojaat qilish kerak. Qo‘shimcha qabul degani, bu xuddi bakalavrdagi super-kontrakt degani, ya’ni kira olmaganlar uchun qo‘shimcha kvota ajratiladi. Lekin asosiy farqi — magistraturada qo‘shimcha qabul kontrakti ancha arzon bo‘ladi. Bunda qo‘shimcha qabulga kirganlar 1 nafar talabani o‘qitishning real xarajat summasini to‘lasa kifoya.

❓Bu nima degani?

Masalan, mutaxassislikka qarab, 1 nafar talabani o‘qitish xarajati taxminan 15-25 mln so‘m atrofida bo‘ladi. Lekin davlat talabalarga yengillik bo‘lsin deb, kontrakt summasini haqiqiy xarajatdan arzonroq qilib belgilaydi, qolgan zararni qoplash uchun oliygohlarga byudjetdan subsidiya beradi.

Xullas, masalan, oddiy kontraktga kirganlar 10 mln so‘m to‘lasa, qo‘shimcha kontraktga kirganlar 15 mln so‘m to‘laydi. Magistraturada bakalavrdagi super-kontraktga o‘xshab, 5 baravar yoki 15 baravar to‘lash degan narsa yo‘q;

➖ Qo‘shimcha qabulga kirganlar real xarajat miqdoridagi kontraktni 2 yil davomida to‘laydi. Xuddi bakalavrga o‘xshab, faqat bir yil super-kontrakt to‘lab, ikkinchi kursdan oddiy kontraktga o‘tish degan narsa yo‘q;

➖ Lekin qo‘shimcha qabulga kirganlar grant taqsimotida ishtirok etishi mumkin, agar natijasi yaxshi bo‘lsa, 2-kursda grantga o‘ta oladi;

➖ Qo‘shimcha qabulga kirgan xotin-qizlarning kontrakt puli byudjetdan qoplab berilmaydi. Birinchi kursda ham, ikkinchi kursda ham. Lekin xotin-qizlar grant taqsimotida qatnashib, grantga o‘tsa, unda davlat grant ajratadi, tekinga o‘qishadi. Ammo grantga o‘ta olmasdan, real xarajat miqdoridagi kontraktda qolishsa, unda davlat byudjetidan qoplab berilmaydi. Magistraturaga oddiy kontraktga kirgan xotin-qizlarga esa, kontrakt puli byudjetdan qoplanishi haqida yuqorida aytdik;

➖ Qo‘shimcha qabulga kirish uchun ham talab darajasidagi sertifikati bo‘lishi shart. Qo‘shimcha qabul - bu keyinchalik sertifikat olish sharti bilan hozir sertifikatsiz talabalarni o‘qishga qabul qilish degani emas;

➖ joriy yilda magistratura uchun qishki qabul rejalashtirilmagan.

@NUU_students
❤4👍1🔥1
❗️Homilador va yosh bolali talabalar uchun yangi imtiyozlar belgilandi

2026/2027-o‘quv yilidan boshlab homilador talaba-qizlar hamda 3 yoshgacha farzandi bor talabalarga ta’limda quyidagi yengilliklar beriladi:

🔹 o‘qishni qayta tiklash: Kursdan kursga qolgan yoki talabalar safidan chiqarilgan bo‘lsa, istisno tariqasida, fanlar farqini topshirish sharti bilan o‘qishga qaytish imkoni beriladi;
🔹 qo‘shimcha muddat: Fanlar farqini mustaqil o‘zlashtirish uchun qo‘shimcha vaqt va sharoitlar yaratiladi.

❓Yaqin 3 oy ichida yana qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

➖ Akademik ta’tilga chiqqan talaba-onalarga o‘z xohishiga ko‘ra onlayn (masofaviy) shaklda o‘qishni davom ettirish imkoniyati yaratiladi.
➖ Masofaviy ta’lim yo‘nalishlari va qabul ko‘rsatkichlari aynan ushbu toifadagi talabalar uchun ko‘paytiriladi.
➖ Akademik ta’tilga chiqqan yoki o‘qishdan ketgan talaba-onalar bo‘yicha alohida statistika yuritiladi.

@NUU_students
❤8
❗️Talabalar Ramazon hayitida necha kun dam olishadi?

Talabalar Ramazon hayitida necha kun dam olishi siz o‘qiyotgan oliy ta’lim tashkilotidagi o‘qish tizimiga bog‘liq. Ya’ni, agar sizda 5 kunlik o‘qish bo‘lsa — 4 kun, 6 kunlik o‘qish bo‘lsa — 3 kun dam olish mumkin.

Dam olish kunlari quyidagicha bo‘ladi:

🔹 5 kunlik o‘qish tizimidagi talabalar uchun:

✅ 20-mart (juma) — Ramazon hayiti;
✅ 21-mart (shanba) — Navro‘z bayrami;
✅ 22-mart (yakshanba) — odatiy dam olish kuni;
✅ 23-mart (dushanba) — Navro‘z bayrami uchun ko‘chirilgan dam olish kuni.
📚 24-mart (seshanba) — odatdagi darslar boshlanadi.

🔹 6 kunlik o‘qish tizimidagi talabalar uchun:


✅ 20-mart (juma) — Ramazon hayiti;
✅ 21-mart (shanba) — Navro‘z bayrami;
✅ 22-mart (yakshanba) — odatiy dam olish kuni.
📚 23-mart (dushanba) — darslar davom etadi.

❗️Eslatma:
19-mart (payshanba) kuni bayram arafasi bo‘lgani sababli ko‘plab OTTlarda darslar odatda qisqartirilgan bo‘lishi mumkin.

@NUU_students
❤6👍1
❗️Yotoqxona to‘lovida kimlarga imtiyoz berilishi mumkin?

✅
Yotoqxona to‘lovi bo‘yicha imtiyozni oliy ta’lim muassasalari Kengashi belgilaydi va bu imtiyoz quyidagi shakllarda berilishi mumkin:

✅yotoqxona to‘lovlaridan butunlay ozod etiladi

👉 ko‘z kasalliklari bo‘yicha 1-2-guruh nogironligi borlar;
👉 chin yetimlar (ota-onasining har ikkisi vafot etganlar) va yetimlar (ota-onalaridan biri vafot etganlar);
👉 mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari;
👉 hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar.

✅ umumiy to‘lovdan 50 foiz chegirma beriladi

👉 umumiy kasalliklar bo‘yicha 2-guruh nogironlari;
👉 vazifasini namunali bajarayotgan talabalar Kengashi raisi, qavat sardori hamda yotoqxona kutubxonasi uchun mas’ul talabalarga.

@NUU_students
❤3🔥1
❗️Kreditni qanday hisoblanadi?

✅ Kreditni hisoblash juda oson. Misol uchun Biologiya yoʻnalishiga oʻqishini koʻchirayotgan talabgor fanlar farqi boʻyicha chiqqan kredit summasi quyidagicha hisoblaydi:

Bir yillik kontrakt narxi ÷ bir oʻquv yilidagi umumiy kredit miqdori = 1 kredit narxi


Misol uchun:

7 400 000 ÷ 60 = 123 333 soʻm

Demak, Biologiya yoʻnalishi talabalari 1 kredit uchun 123 333 soʻm toʻlashadi. Huddi shu kabi talabalar o'zlari kredit summasini hisoblab olishlari mumkin.

@NUU_students
❤2😁1
❗️Ta'lim krediti haqida eng muhim ma'lumotlar

To‘lov shartnoma asosida o‘qiyotganlar uchun ajratiladigan ta’lim krediti faqat davlat OTMlari talabalariga emas, balki xususiy OTMlar talabalariga ham ajratiladi.

❓Kredit olish imkoniga kimlar ega?

Respublikadagi oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari, shu jumladan xususiy va xorijiy oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallari talabalari. O‘qishini "perevod" qilganlar ham kredit ololishi mumkin.

📋Bunda talaba kontrakt qog‘ozini (OTM bilan tuzilgan kontrakt shartnomasi) bankka topshiradi va bir yillik kontrakt summasiga teng kredit ola oladi.

❌ Lekin super-kontrakt uchun kredit berilmaydi.

Ta’lim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi. Kreditni muddatidan oldinroq ham to‘lab qo‘ysa bo‘ladi.

@NUU_students
❤5
❗️20-mart kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi

Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.


Ramazon hayiti va Navro‘z bayrami munosabati bilan quyidagi kunlar dam olinadi:

🔹 20-mart (juma) – Ramazon hayiti kuni – barcha uchun dam olish kuni;

🔹 21-mart (shanba) – Navro‘z bayrami kuni – barcha uchun dam olish kuni;

🔹 22-mart (yakshanba) – dam olish kuni;

🔹 23-mart (dushanba) - 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni (ishlanmaydigan bayram kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chirilgan dam olish kuni) 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun ish kuni.

@NUU_students
❤5
❗️Talabalar va barcha uchun
Rasmiy, Onlayn va offlayn, xususiy, va yarim kunlik va Kunlik ishlar 200 mingdan -500 mingacha Davlat ishlari 6 mlndan-10 mlnggacha, Ish izlab charchadingizmi,unda sizga eng ishonchli va Rasmiy Telegram kanal tavsiya qilaman joylari soni cheklangan kiring va ishli boʻling https://t.me/+21lNjcdg1YxiY2Zi
❤2
❗️ "Perevod"chilar 5 ta yo'nalish tanlay olmaydi

O'qishni ko'chirishda talabalar huddi abituriyentlar singari beshta ta'lim yo'nalishi tanlay olmaydilar. Faqatgina bitta ta'lim yo'nalish tanlash huquqi berilgan.

O'qishni ko'chirishda quyidagilar imtiyoz sifatida amal qilmaydi:
❌ 5 ta ta'lim yo'nalishiga topshirib bo'lmaydi;
❌ Avval test, keyin tanlov qilib bo'lmaydi;
❌ Har qanday imtiyozlar amal qilmaydi;
❌ Hech qanday til sertifikatlari imtiyoz bermaydi;
❌ Oilaviy sharoit inobatga olinmaydi;
❌ Har qanday xalqaro musobaqa yoki fan olimpiadasi ahamiyatsiz.

@NUU_students
👎5❤2👍2👏1
❗️Xotin-qizlar ta’limi uchun yangi imtiyozlar:

➖ Yangi o‘quv yilidan boshlab ehtiyojmand oilalardagi ayollar uchun davlat granti kvotasi 2 karra oshirilib, 4 mingga yetkaziladi;

➖ Top 300 talikdagi oliygohlar bilan qo‘shma ta’lim asosida magistratura bosqichida ta’lim olayotgan talaba-qizlarning kontrakt pullari ham davlat tomonidan to‘lab beriladi;

➖ Endilikda har yili xotin-qizlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun kamida 10 ta yo‘nalish bo‘yicha startap tanlovlari o‘tkaziladi. Bunda har bir yo‘nalish g‘olibiga Innovatsiya jamg‘armasidan 500 million so‘mgacha grant beriladi;

➖ Maktabning 11-sinfini bitirib, davlat texnikumlariga kirgan qizlarni kasbga o‘qitish to‘liq davlat granti asosida bo‘ladi.

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Ko’ksaroy qarorgohida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o’tkazilayotgan tantanali tadbirda ma’lum qildi.

@NUU_students
🤔2❤1
📢 Matematika fanidan yuqori bilimga egamisiz? Unda siz uchun ajoyib imkoniyat!

🏢Registan LC Qoʻyliq filiali📚Matematika yordamchi ustozlarini ishga taklif qiladi

📍Toshkent shahri, Fargʻona Yoʻli koʻchasi (Compass Mall yaqinida)


Talablar:
— Matematika fanidan A+ sertifikat;
— Ustozlikda 1+ yil ish tajribasi;
— Yuqori pedagogik qobiliyat va o'quvchilar bilan ishlash ko'nikmasi;

Ish vaqti:
— 08:00 -14:00, 6/1
— 14:00 - 20:00, 6/1

Takliflar:
— Moslashuvchan ish grafigi;
— Yuqori oylik maosh (suhbatda kelishiladi);
— Yosh, do‘stona va professional jamoa;
— Kasbiy va shaxsiy rivojlanish imkoniyati;


🎯Karyerangizni ustozlikda davom ettirmoqchimisiz unda bizning jamoamizga qoʻshiling!

👉🏻 Anketa to'ldirish uchun bosing

Murojaat uchun: @registan_lc_hr

*Yaqinlaringizga ham ulashib qo‘yishni unutmang!
❤2
📢 Kimyo fanidan yuqori bilimga egamisiz? Unda siz uchun ajoyib imkoniyat!

🏢Registan LC Uchtepa va Drujba filiallari Kimyo fan ustozlarini ishga taklif qiladi!

Talablar:
— Kimyo fanidan A+ sertifikat;
— Ustozlikda 1+ yil ish tajribasi;
— Yuqori pedagogik qobiliyat;
— O’quvchilar bilan ishlash ko'nikmasi.

Ish vaqti:
— 08:00 -14:00, 6/1
— 14:00 - 20:00, 6/1

Takliflar:
— Moslashuvchan ish grafigi;
— Yuqori oylik maosh (suhbatda kelishiladi);
— Yosh, do‘stona va professional jamoa;
— Kasbiy va shaxsiy rivojlanish imkoniyati.


🎯Karyerangizni ustozlikda davom ettirmoqchimisiz unda bizning jamoamizga qoʻshiling!

👉🏻Anketa to'ldirish uchun bosing

Murojaat uchun: @registan_lc_hr

*Yaqinlaringizga ham ulashib qo‘yishni unutmang!
Biologiya fanidan yuqori bilimga egamisiz? Unda siz uchun ajoyib imkoniyat!

🏢Registan LC Sergili filiali 📚Biologiya fani yordamchi ustozlarini ishga taklif qiladi!

Talablar:
— Biologiya fanidan A+ sertifikat;
— Ustozlikda 1+ yil ish tajribasi;
— Yuqori pedagogik qobiliyat;
— O'quvchilar bilan ishlash ko'nikmasi;

Ish vaqti:
— 08:00 -14:00, 6/1
— 14:00 - 20:00, 6/1

Takliflar:
— Moslashuvchan ish grafigi;
— Yuqori oylik maosh (suhbatda kelishiladi);
— Yosh, do‘stona va professional jamoa;
— Kasbiy va shaxsiy rivojlanish imkoniyati;


🎯Karyerangizni ustozlikda davom ettirmoqchimisiz unda bizning jamoamizga qoʻshiling!

👉🏻Anketa to'ldirish uchun bosing

Murojaat uchun: @registan_lc_hr

*Yaqinlaringizga ham ulashib qo‘yishni unutmang!
❗️Qanday holatlarda oliygoh talabani o‘qishdan chetlashtirishi mumkin?

Hukumatning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori 49-bandiga ko‘ra, ayrim holatlar talabani oliy taʼlim tashkilotidan chetlashtirishga asos boʻladi.


Bunga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin:

– oʻz xohishiga koʻra;

– oʻqishining boshqa taʼlim tashkilotiga koʻchirilishi;

– oliy taʼlim tashkilotining ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzgani;

– bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirgani (salomatligi sababli belgilangan shakldagi tibbiy maʼlumotnoma taqdim etilgan holat bundan mustasno);

– oʻqish uchun belgilangan toʻlov oʻz vaqtida amalga oshirilmagani (toʻlov-kontrakt boʻyicha tahsil olayotganlar uchun);

– talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilgani;

– sud qaroriga koʻra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzgani aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi) ;

– kursda qoldirilgan talaba oʻqishini davom ettirish boʻyicha belgilangan muddatlarda murojaat qilmaganda;

– talaba abituriyent sifatida oliy taʼlim tashkiloti qabul komissiyasiga taqdim etgan (topshirgan) hujjatlarining qalbakiligi yoki belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlansa;

– vafot etgani.

Shuningdek, harbiy xizmatni oʻtash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tugʻish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish taʼtillari davrida hamda oilasining betob aʼzosini (otasi, onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar, turmush oʻrtogʻi, farzandi) parvarish qilish uchun talabaga belgilangan tartibda akademik taʼtil berilishi mumkin.

@NUU_students
❤3🔥2