O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.08K subscribers
2.69K photos
487 videos
224 files
1.93K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
📢YANGIYO’L shahrida ishlashga tayyormisiz? Siz uchun SUPER ish taklifimiz bor....

🏢Kutib oling... Registon o'quv markazi Toshkent viloyati Yangiyoʻl shahrida o'zining navbatdagi filialini ochmoqda!

💼Mavjud ish o'rinlar:
— Ingliz tili ustoz;
— Matematika ustoz;
— Rus tili ustoz;
— Moliya menejer/Administrator;

🤝Biz taklif qilamiz:
— Yuqori oylik maosh va barqaror ish o'rni;
— Moslashuvchan ish grafigi;
— Yosh, do‘stona, va qo'llab-quvvatlovchi jamoa;
— O'quv kurslarimiz uchun maxsus chegirmalar;
— Shaxsiy va professional o‘sish imkoniyati;
— Bonuslar va mukofotlar;


🎯Agar Registan LC Yangiyoʻl filialida uzoq muddatli karyera qurishni istasangiz, hoziroq bot orqali kirib, boʻsh ish o'rinlariga anketa toʻldiring

👉🏻Anketa toʻldirish uchun bosing

Murojat uchun: @registan_lc_hr

📌Bu yangilikni Yangiyoʻllik tanishlaringizga ham yuborib qo'ying!
❗️Oliy ta’limda qabul va o‘qishni ko‘chirish tartibi o‘zgardi

Prezidentning yangi Farmoniga (PF–58-son, 10.04.2026-y.) ko‘ra, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga bir qator muhim vakolatlar o‘tkazildi.

Bundan buyon Vazirlik quyidagilarni mustaqil belgilaydi va tasdiqlaydi:

✅Qabul natijalari: Bakalavriat va magistraturaga qabul natijalarini yakuniy tasdiqlash.
✅Kontrakt muddatlari: O‘qishga tavsiya etilganlar uchun to‘lov-kontrakt muddatlarini uzaytirish va yakuniy sanani belgilash.
✅Perevod (O‘qishni ko‘chirish): Bir davlat oliygohidan boshqasiga o‘qishni ko‘chirish arizalarini ko‘rib chiqish va tavsiya berish.
✅Imtiyozlar: Imtiyozga ega abituriyentlarni hamda xorijiy fuqarolarni grant asosida o‘qishga tavsiya qilish.

🗓 2026-yil 1-sentyabrdan kuchga kiradigan boshqa o‘zgarishlar:

🟢 Rektorlar tayinlovi: Davlat oliygohlari rektorlari endilikda Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tayinlanadi.
🟢 Diplom talablari: Xorijiy va nodavlat oliygohlar beradigan diplomlarning minimal talablari endi vazirlik tomonidan nazorat qilinadi.
🟢 Til sertifikati: Magistratura va doktoranturaga qabulda talab etiladigan xorijiy til sertifikati darajalarini vazirlik o‘zi belgilaydi.

@NUU_students
❤5🔥1
❗️O‘zbekistonda oliy taʼlimga yoʻnaltirish boʻyicha yagona davlat imtihonlari joriy etilishi rejalashtirilmoqda

‘‘Oʻquvchilarni qobiliyati va tanloviga qarab kasbiy yoki oliy taʼlimga yoʻnaltirish boʻyicha yagona davlat imtihonlari tizimini joriy etish toʻgʻrisida’’gi Prezident Farmoni loyihasi ishlab chiqildi va muhokamalar portaliga joylandi.

Loyihaga ko‘ra, 9-sinf bitiruvchilari uchun bitiruv va o‘rta maxsus yoki boshlang‘ich professional ta’limga qabul jarayonlarini qamrab oluvchi asosiy davlat imtihonlari joriy etiladi. 11-sinf, shuningdek o‘rta maxsus va boshlang‘ich professional ta’lim bitiruvchilari uchun esa bitiruv hamda oliy va professional ta’limga qabulni o‘z ichiga olgan yagona davlat imtihonlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

9-sinf bitiruvchilari ona tili va matematikadan majburiy, shuningdek 2 ta tanlov fanidan imtihon topshiradi. 11-sinf va tegishli boshqa bitiruvchilar uchun ham 2 ta majburiy fan va 2 ta tanlov fani asosida yagona davlat imtihoni tashkil etiladi.

@NUU_students
❤1👍1
❗️Yangi o‘quv yilidan boshlab SAT sertifikatiga ega abituriyentlar qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qaroriga muvofiq, xalqaro imtihon tizimi bo‘yicha quyidagi tartib belgilangan:

➖ Abituriyent “College Board” tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan SAT imtihonida maksimal ballning kamida 75 foizini, ya’ni 1200 ball va undan yuqori natijani qayd etgan bo‘lishi lozim.

➖ Mazkur sertifikatga ega abituriyentlar, agar sertifikat fanlari (matematika va chet tili) tanlangan bakalavriat yo‘nalishi imtihonlar majmuasida mavjud bo‘lsa, oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

📥 2026/2027-o‘quv yili qabul jarayonida imtiyozdan foydalanish uchun SAT sertifikatlari rasmiy platforma orqali 35787 DI kodi bilan Bilim va malakalarni baholash agentligiga yuborilishi lozim.

Eslatma, faqat DI kod orqali yuborilgan sertifikatlar qabul jarayonida haqiqiy hisoblanadi. Qo‘lda yuklash yoki skrinshotlar qabul qilinmaydi.

@NUU_students
❤5😁1
Bizda 180-250 mingacha haq toʻlanadigan kunlik abeddan keyingi va Noch ishlari bor kanalga oʻtib oʻzingizga mos kunlik ishlarni toping

https://t.me/+21lNjcdg1YxiY2Zi

https://t.me/+21lNjcdg1YxiY2Zi
😁2
❗️HEMIS axborot tizimida “Ijtimoiy faollik indeksi” moduli ishga tushirildi!

Endi talabalarning nafaqat darsdagi o‘zlashtirishi, balki universitet hayotidagi ijtimoiy faolligi ham raqamli tizim orqali baholanadi.

Tizimdan foydalanish tartibi juda oddiy:

1️⃣ my.hemis.uz platformasi yoki HEMIS mobil ilovasiga kiring;
2️⃣ Menyudan “Ijtimoiy faollik” bo‘limini tanlang;
3️⃣ Ariza yaratish tugmasini bosing va faoliyatingizni tasdiqlovchi hujjatlarni yuklang.

‼️ Ijtimoiy faollik indeksi uchun maksimal 20 ball beriladi. Talabaning faoliyati quyidagi 9 ta yo‘nalish bo‘yicha 100 ballik mezon asosida baholanadi:

Kitobxonlik madaniyati, “5 muhim tashabbus” doirasidagi ishtirok, volontyorlik ishlari, fan olimpiadalari va tanlovlar, teatr va muzeylarga tashriflar, sport va sog‘lom turmush tarzi, o‘quv darslariga to‘liq qatnashish, akademik tartib-intizomga rioya qilish, “Ma’rifat darslari” va boshqa tadbirlar.


Siz kiritgan ma’lumotlar universitet tyutori tomonidan ko'rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Davomat va o‘zlashtirish natijalari esa HEMIS tizimi orqali avtomatik tarzda shakllanadi.

@NUU_students
❤2💯2👍1👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Oliy ta’lim muassasalarida 7 kunlik tizim, ya’ni yakshanba kuni ham darslar o‘tilishi haqida mazmundagi xabarlar tarqaldi.

Mazkur masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Sardor Radjabov tomonidan rasmiy izoh berildi.

@NUU_students
❤7👎3🔥1👏1
📚Tajribali rus tili ustozimisiz ?

Sizni Registan LC Rus tili ustozi lavozimiga ishga taklif qilamiz!

📍Toshkent shahar va Toshkent viloyati

Talablar:
— Milly sertifikat: A/A+
— Ustozlikda eng kamida 1 yillik tajriba;
— Rus tilida erkin og'zaki va yozma muloqot darajasi;
— Jamoa bilan ishlash ko'nikmasi, xushmuomalalik, kirishimlilik;

Ish vaqti:
— 8:00 - 14:00 va 14:00 - 20:00, 6/1

Takliflar:
— O'zbekistondagi yetakchi ta'lim markazlaridan birining a'zosi bo'lish imkoniyati;
— Raqobatbardosh oylik maosh;
— O'quv kurslarimiz uchun maxsus chegirmalar;
— Shaxsiy va professional o'sish imkoniyati;
— Do'stona va ahil jamoa;


💡O'qituvchilikda karyerangizni keyingi darajaga olib chiqing - bizga qo'shiling!

👉 Anketa to'ldirish uchun bosing

Murojat uchun: @registan_lc_hr

*Yaqinlaringizga ulashishni unutmang!
😁1
❗️ Endi super-kontrakt miqdorini OTM rahbari belgilaydi

Hukumat qaroriga asosan endi super-kontrakt miqdori oliy taʼlim tashkiloti rektori (direktori) tomonidan belgilanadi. Avval bu vakolat Davlat qabul komissiyasida edi.

Hukumat qarori bilan Oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritildi.

Unga koʻra, Nizomning 74-bandi birinchi xatboshidagi “nisbatan Davlat komissiyasi” soʻzlari “nisbatan oliy taʼlim tashkiloti rektori (direktori)” soʻzlari bilan almashtirildi.

Endi ushbu band quyidagi tahrirda bayon etiladi: Kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon)da toʻplagan ballari Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal balldan kam boʻlmagan, belgilangan qabul parametrlari doirasida hamda qoʻshimcha qabul asosida qabul qilinmagan va oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarga birinchi oʻquv yilida amalda oʻrnatilgan toʻlov-kontrakt miqdoriga nisbatan oliy taʼlim tashkiloti rektori (direktori) tomonidan belgilanadigan super-kontrakt miqdorida toʻlovni amalga oshirish sharti bilan oʻqishga kirish huquqi beriladi.

Bunda qabul chegaralariga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun super-kontrakt miqdorlari oliy taʼlim muassasalari rektorlari (direktorlari) tomonidan bazaviy toʻlov-kontraktning 3,0 barobaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilandi.

@NUU_students
👍4❤1
❗️Chet tili 1-fan bo‘lgan yo‘nalishlarga qabulda sertifikat talabi bormi?

✅ Javob: Ha. Fanlar majmuasida chet tili 1-fan etib belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul kamida B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat asosida amalga oshiriladi.

🎓Sertifikat mavjud bo‘lsa: B1 daraja uchun chet tilidan maksimal ballning 75 foizi, B2 va undan yuqori daraja uchun maksimal ball beriladi.

📌 Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qarori.

@NUU_students
❗️ Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo'nalishi bitiruvchilar qanday kasblarda ishlaydilar?

⏩ 60111800– Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bitiruvchilari o‘qishni tamomlagandan so‘ng, maktabgacha ta’lim muassasalari, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida faoliyat olib boradilar.


✅ Bitiruvchilar quyidagi kasbiy faoliyat bo'yicha ishlashlari mumkin:

👉 Ingliz tili va adabiyoti fanlaridan o'qituvchi;
👉 ta’lmiy-madaniy xizmat ko‘rsatuvchi xususiy madaniy markazlari va nodavlat xalqaro tashkilotlarda maslaxatchi;
👉 menejer;
👉 gid-tarjimon;
👉 ekskursovod;
👉 ko‘rgazma tashkilotchisi;
👉 jurnalist;
👉 publitsist.

📌 Tarix yo'nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashi mumkin?

Davlat va nodavlat tashkilotlarda:
👉 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarda tarix fani o‘qituvchisi;
👉 O‘rta maxsus va professional ta’limda tarix fani o‘qituvchisi;
👉 O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish;
👉 Umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasasini boshqarish;
👉 Umumiy o‘rta ta’lim maktabi, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalarida laborant, kabinet mudiri sifatida faoliyat yuritish kabi kompleks masalalarni majmuasini qamrab oladi.


Bakalavr kasbiy faoliyatlarining ob’ektlari:
👉 Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida;
👉 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi idoralarda;
👉 O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida;
👉 Davlat boshqaruv organlari, o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida;

@NUU_students
❤2
❗️Grantda o‘qiydigan talaba kredit (qarzdorlik) fanlarga tushib qolsa, keyingi oylar stipendiya berilmaydimi?

✅ JAVOB: Amaldagi Nizomga ko‘ra, agar talabaning fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining 30 foizi yoki undan ortig‘i “qoniqarli” baho (71 balldan kam, ya’ni 3 baho va undan past) bo‘lsa, keyingi o‘quv semestri davomida stipendiya tayinlanmaydi.

Misol uchun, agar bir semestrda 7 ta fan o‘qigan bo‘lsangiz va shundan 3 ta yoki undan ko‘p fandan 3 baho olsangiz, sizga keyingi semestr davomida stipendiya to‘lanmaydi.

❗️Biroq quyidagi talabalarga fanlardan oʻzlashtirish koʻrsatkichlaridan qatʼi nazar belgilangan tartibdagi stipendiya saqlab qolinadi:

🔹 to‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar;
🔹 ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar;
🔹 1- va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar.

@NUU_students
❗️Bitiruvchi talabalar diqqatiga: Diplom rasmiylashtirishning yangi tartibi!

HEMIS tizimining yangi versiyasida bitiruvchi talabalarning diplomlarini tayyorlash va bitirish buyruqlarini rasmiylashtirish jarayoni to‘liq raqamlashtirildi.

Endilikda jarayon quyidagi 4 ta bosqichda amalga oshiriladi:

1️⃣ Talabaning o‘quv rejasidagi barcha fanlarni to‘liq o‘zlashtirgani tekshiriladi va universitet akkreditatsiyasi tasdiqlanadi;

2️⃣ Har bir talaba uchun diplom anketasi yaratiladi. Diplomning elektron PDF variantlari shakllantirilib, ma’lumotlar to‘g‘riligi qayta tekshiriladi;

3️⃣ Talabalarning o‘qishni bitirishi bo‘yicha buyruq rasmiylashtiriladi va tizimda talaba avtomatik ravishda Bitirgan statusiga o‘tkaziladi;

4️⃣ Diplomlar tasdiqlanadi, nashr parametri faollashtiriladi hamda diplomlar yagona davlat reyestriga kiritiladi.

‼️ Muhim: Tizimda “O‘qishga qaytarish” funksiyasidan foydalanish to‘xtatiladi. Shuning uchun barcha ma’lumotlar buyruq rasmiylashtirilgunga qadar sinchiklab tekshirilishi shart!

Eslatma, bitiruvchi talabalar o‘z shaxsiy ma’lumotlari (ism-sharifi, pasport ma’lumotlari) HEMIS tizimida to‘g‘ri kiritilganini yana bir bor tekshirib olishlari tavsiya etiladi.

@NUU_students
❤4👍2
📚Qibraylikmisiz? Unda siz uchun ajoyib ish taklifimiz bor!

Sizni Registan LC Qibray filialiga Rus tili ustozi lavozimiga ishga taklif qilamiz!

📍Qibray tumani markazi (Hokimyat yonida)

Talablar:
— Milly sertifikat: kamida B+
— Ustozlikda eng kamida 1 yillik tajriba;
— Rus tilida erkin og'zaki va yozma muloqot darajasi;
— Jamoa bilan ishlash ko'nikmasi, xushmuomalalik, kirishimlilik;

Ish vaqti:
— 8:00 - 14:00 va 14:00 - 20:00, 6/1

Takliflar:
— O'zbekistondagi yetakchi ta'lim markazlaridan birining a'zosi bo'lish imkoniyati;
— Raqobatbardosh oylik maosh;
— O'quv kurslarimiz uchun maxsus chegirmalar;
— Shaxsiy va professional o'sish imkoniyati;
— Do'stona va ahil jamoa;


💡O'qituvchilikda karyerangizni keyingi darajaga olib chiqing - bizga qo'shiling!

👉 Anketa to'ldirish uchun bosing

Murojat uchun: @registan_lc_hr

*Yaqinlaringizga ulashishni unutmang!
❗️Ikkinchi mutaxassislikka noturdosh yo'nalishda o'qisa bo'ladimi?

Ikkinchi mutaxassislik – ya'ni bakalavriat (magistratura)ni tamomlagan kishi qaytadan yana boshqa yo'nalishda bakalavriat(magistratura)ni o'qishi tushuniladi.


Ikkinchi mutaxassislikka o'qishga kirishda avval qaysi yo'nalishni tamomlaganingiz ahamiyatli emas. Ya'ni siz avval matematika yo'nalishini tamomlab, keyin ikkinchi mutaxassislikka biologiya yo'nalishiga topshirishingiz mumkin. Bu bo'yicha hech bir cheklov yo'q.

❔Hujjat topshirish va imtihon tartibi qanday?

🖊 Ikkinchi mutaxassislik uchun qabul jarayonlari odatda abituriyentlardan farqli o'laroq iyul-avgust oyida bo'lib o'tadi va my.edu.uz platformasi orqali onlayn hujjat topshiriladi.

Kerakli hujjatlar:
➖Pasport yoki ID karta:
➖Balavriat bosqichini tamomlaganligi haqida diplom ma'lumotlari.

Ariza oliy ta'lim muassasasi tomonidan ko'rib chiqiladi va qabul qilinadi. Imtihon shakli va tartibi ham OTM tomonidan mustaqil ravishda hal etiladi.

❔Nechanchi kursdan qabul qilinadi?

➡️ Ikkinchi mutaxassislikda sirtqi ta'lim shakliga 2-bosqichdan o'qishga qabul qilinadi. Ayrim ta'lim yo'nalishlarning sirtqi ta'limda o'rganish imkoniyati mavjud bo'lmaganligi sababli kunduzgi ta'lim shaklidan ham qabul qilish mumkin.

✅So'ngi yillarda ikkinchi mutaxassislik uchun hujjat topshiruvchi talabgorlar soni kamligi sababli OTMlar tomonidan o'qishga qabul qilish suhbat asosida yoki imtihonsiz shaklda amalga oshirilmoqda. Qaysi OTMda qanday yo'nalishlar mavjudligi haqida har yili 2-mutaxassislik bo'yicha mavjud kvotalar e'lon qilinadi.

@NUU_students
❤4
❗️Talabalar may oyida nechi kun dam oladi?

May oyida Xotira va qadrlash kuni hamda Qurbon hayiti nishonlanadi. Qurbon hayitining taxminiy sanasi 28-mayga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda.

Prezident farmoniga muvofiq quyidagi kunlar dam olish kuni deb belgilangan:

5 kunlik o‘qish tizimidagi talabalar uchun dam olish kunlari:
9-may (shanba) — Xotira va qadrlash kuni;
10-may (yakshanba) — odatiy dam olish kuni;
11-may (dushanba) — qo‘shimcha dam olish kuni;
28-may (payshanba) — Qurbon hayitining birinchi kuni;
29-may (juma) — qo‘shimcha dam olish kuni;


6 kunlik o‘qish tizimidagi talabalar uchun dam olish kunlari:
9-may (shanba) — Xotira va qadrlash kuni;
10-may (yakshanba) — odatiy dam olish kuni;
28-may (payshanba) — Qurbon hayitining birinchi kuni;
29-may (juma) — qo‘shimcha dam olish kuni;


Shu tariqa, may oyida talabalarni ikki marta uzoq dam olish kunlari kutmoqda.

@NUU_students
❤6👍5
❗️1-maydan 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlarga tavsiyanoma berish boshlanadi #tavsiyanoma

Qonunchilikka ko‘ra, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, biroq oliy ma’lumoti bo‘lmagan xotin-qizlar davlat OTMlariga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinishi uchun Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasini olishlari mumkin.

📋 Tavsiyanoma olish tartibi:

1️⃣ xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron ariza yuboriladi;

2️⃣ Arizada doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha tegishli tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi tanlanadi.

❓Qanday hujjatlar va ma’lumotlar tekshiriladi?

➖ Ish staji bo‘yicha ma’lumotlar my.mehnat.uz (Yagona milliy mehnat tizimi) orqali tekshiriladi;
➖ O‘rta maxsus yoki kasb-hunar ta’limi diplomi diplom.edu.uz sayti orqali tasdiqlangan bo‘lishi lozim.

‼️Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar ham davlat OTMlariga kirish uchun test sinovlarida ishtirok etishlari shart.

Tavsiyanoma egalari umumiy tartibda emas, balki ular uchun ajratilgan alohida 500 ta kvota doirasida o‘zaro kurashadi.

@NUU_students
❤1💯1
Bizda 180-250 mingacha haq toʻlanadigan kunlik abeddan keyingi va Noch ishlar bor kanalga oʻtib oʻzingizga mos kunlik ishlarni toping.

https://t.me/+21lNjcdg1YxiY2Zi

https://t.me/+21lNjcdg1YxiY2Zi
❤1
❗️9-may munosabati bilan necha kun dam beriladi?

2025-yil dekabrida imzolangan prezident Farmoniga ko‘ra, 2026-yilda haftasiga 5 kun ishlaydigan xodimlar uchun 11-may – dushanba kuni ko‘chirilgan dam olish kuni sifatida belgilangan. Chunki joriy yilgi 9-may haftaning shanba kuniga to‘gʻri kelmoqda.

🔹Demak, haftasiga 5 kun ishlaydiganlar ketma-ket 3 kun dam oladi:

➖9-may, shanba – odatiy dam olish kuni;
➖10-may, yakshanba – odatiy dam olish kuni;
➖11-may, dushanba – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan koʻchirilgan dam olish kuni.


🔹Haftasiga 6 kun ishlaydiganlar esa ketma-ket 2 kun dam oladi:

➖9-may, shanba – Xotira va qadrlash kuni – ishlanmaydigan dam olish kuni;
➖10-may, yakshanba – odatiy dam olish kuni.


@NUU_students
👍4❤2👎1
❗️Imtiyozli davlat granti asosida o‘qiydiganlar ro‘yxati shakllantiriladi!

HEMIS
tizimiga imtiyozli davlat granti berilgan talabalar ro‘yxatini yuritish funksiyasi qo‘shildi. Ushbu ma’lumotlar har o‘quv yili yakunida grantlarni qayta taqsimlash jarayonida juda muhim rol o‘ynaydi.

Barcha oliy ta’lim muassasalari ushbu ro‘yxatni o‘z vaqtida shakllantirib borishlari shart. Chunki grantlarni qayta taqsimlashda imtiyozli grant egalari hisobga olinishi lozim.

❓Jarayon qanday amalga oshiriladi?

▪️ Tizimdagi “Talabalar/imtiyozli grantlar” sahifasiga o‘tiladi;
▪️ “Grant qo‘shish” tugmasi orqali tegishli talabalar tanlanadi;
▪️ Talabaning imtiyozli grant turi (masalan: nogironligi bo‘lgan shaxslar, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va boshqalar) belgilanadi va ro‘yxatga qo‘shiladi.

‼️ Nega bu talabalar uchun muhim?

Vazirlar Mahkamasining 149-sonli qaroriga ko‘ra, grantlarni qayta taqsimlashda ayrim toifadagi imtiyozli grantlar o‘rni daxlsiz qolishi yoki alohida tartibda ko‘rilishi mumkin. Ro‘yxatda bo‘lishingiz huquqlaringiz himoya qilinishini ta’minlaydi.

Eslatma: Agar siz imtiyozli grant asosida talabalikka qabul qilingan bo‘lsangiz, ma’lumotlaringiz ushbu bo‘limda qayd etilganini dekanat yoki tyutoringizdan aniqlab olishingiz tavsiya etiladi.

@NUU_students
❤4