❗️Bu yil ham magistraturada o‘qiydigan xotin-qizlarning kontrakt pullari to‘lab beriladi
Kvota to‘g‘risidagi prezident farmoyishida kontrakt asosida magistraturaga kiradigan talaba xotin-qizlarning kontrakt pullarini to‘lab berish qayd etilgan.
Kontrakt pullari hech qanday qaytarish shartlarisiz to‘lab beriladi. Buning uchun:
➡️ Magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlar har yili 15-sentyabrgacha o‘zlari o‘qiyotgan OTM rektori nomiga ariza bilan murojaat qilishadi. Bu sanadan kech qolganlarning kontrakti to‘lanmaydi. Talabgorlarning arizalari yig‘ilib OTM tegishli bo‘lgan vazirlikka yuboriladi.
➡️ 15-oktyabrgacha OTMlarning rektorlari talabgorlarning kontrakt pullarini to‘lab berish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi.
@NUU_students

❤4👍4
❗️O‘qishni ko‘chirish uchun ariza qachon va qayerga topshiriladi?
Xorijiy yoki nodavlat OTTlardan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish (perevod) bo‘yicha yangi reglament asosida jarayonning eng birinchi qadamini tushuntiraman.
O‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lgan har bir talaba birinchi navbatda ariza topshirishi shart.
❓Ariza topshirish muddati qachon?
Hujjatlar har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi. Ushbu muddat tugagach, tizim yopiladi va yangi ariza yuborib bo‘lmaydi.
📝 Ariza qayerga topshiriladi?
Talabgorlar uydan chiqmagan holda, to‘liq elektron shaklda quyidagi 3 ta yo‘l orqali hujjat topshirishlari mumkin:
1️⃣ my.gov.uz (YaIDXP) portali orqali;
2️⃣ Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz platformasi orqali;
3️⃣ O‘ziga yaqin bo‘lgan Davlat xizmatlari markazlariga (DXM) shaxsan borgan holda.
❓Kimlar ariza bera oladi?
O‘qishini xorijiy davlatlardagi yoki O‘zbekistondagi nodavlat (xususiy) OTTlardan davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.

❤1
❗️Ichki perevod haqida
▪️Ta'lim yo'nalishini o'zgartirish (mos va turdosh yo'nalishlar) – arizalar transfer.edu.uz sayti orqali 15-iyuldan 5-avgustga qadar onlayn amalga oshiriladi. Arizalar oliygoh mas'ul komissiyasi tomonidan ko'rib chiqiladi va xulosa beradi.
▫️Ta'lim yo'nalishini o'zgartirish (noturdosh yo'nalishlar) – arizalar onlayn shaklda transfer.edu.uz sayti orqali topshiriladi. Arizalarga davlat komissiya tomonidan xulosa beriladi.
▪️Ta'lim shaklini o'zgartirish (kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviyga) – arizalar transfer.edu.uz sayti orqali onlayn amalga oshiriladi. Arizalar oliygoh mas'ul komissiyasi tomonidan xulosalanadi.
▫️Ta'lim tilini o'zgartirish (o'zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tildagi guruhlar) – arizalar offlayn shaklda dekanatga yoziladi. Xulosa dekanat tomonidan beriladi.
▪️Guruh o'zgartirish (bir guruhdan boshqasiga) – arizalar offlayn shaklda dekanatga yoziladi. Jarayon dekanat xulosasiga asosan amalga oshiriladi.
▫️ Oʻqishni tiklash (o'z yo'nalishiga yoki boshqa turdosh yo'nalishga) – arizalar toʻliq transfer.edu.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
@NUU_students
Ichki perevod – ya'ni bir oliygohning ichida amalga oshirish mumkin bo'lgan holatlar:

❤2
❗️O‘qishni ko‘chirishning yangi tartibi tasdiqlandi
“Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan talabalar oʻqishini davlat oliy taʼlim tashkilotlariga koʻchirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori (299-son, 11.06.2026-y.) qabul qilindi.
⚡️ Unga ko‘ra, talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat oliy taʼlim tashkilotlariga koʻchirish boʻyicha davlat xizmatini ko‘rsatishning aniq tartibi belgilandi.
📁 Arizalar qayerda qabul qilinadi?
Hujjatlar quyidagi kanallar orqali qabul qilinadi:
🔹 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz);
🔸 Bilim va malakalarni baholash agentligining maxsus platformasi;
🔹Davlat xizmatlari markazlari.
🗓 Muhim muddatlar:
✅ Ariza topshirish: har yili 15-iyuldan 5-avgustgacha;
✅ Arizalarni ko‘rib chiqish: har yili 15-iyuldan 6-avgustgacha;
✅ Imtihonlar: har yili avgust oyi davomida o‘tkaziladi.
💳 To‘lov miqdor: Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun ariza beruvchidan bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari (0,5 BHM) miqdorida to‘lov undiriladi.
🌟 Qo‘shimcha imtiyozlar: Mos va turdosh yo‘nalishlarga o‘qishni ko‘chirishda chet tili va umumta’lim fanlaridan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan talabgorlarga tegishli fanlardan maksimal ball berish tartibi joriy etiladi.
📊 Natijalarni olish: Imtihon natijalari QR-kod bilan himoyalangan holda, sinovlar yakunlanganidan so‘ng bir hafta ichida elektron platforma orqali yuboriladi.

❤3
❗️SAT sertifikati bilan qoʻshimcha davlat grantiga qabul qilish shartlari belgilandi
☑️2026/2027-oʻquv yilida abituriyentlarni oliy taʼlim tashkilotlariga qoʻshimcha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilishda “College Board” tashkiloti tomonidan oʻtkaziladigan “Scholastic Aptitude Test – SAT” sertifikatini qoʻllash quyidagicha amalga oshiriladi.
➡️“Scholastic Aptitude Test – SAT” sertifikatiga (1200 va undan yuqori ball) ega boʻlgan abituriyentlar uchun qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari oliy taʼlim tashkilotining kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha fanlar majmuasi (taʼlim yoʻnalishiga mos ikkita fan) “matematika” va “chet tili” fanlari boʻlgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari qabul parametrining 50 foizi miqdorida belgilanadi.
📝 Bunda:
🟢 qabul parametrining 50 foizi butun son boʻlmagan holatda ushbu bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida qoʻshimcha qabul koʻrsatkichi yuqori songa yaxlitlangan holda belgilanadi;
🟢 roʻyxatdan oʻtishda fanlar majmuasi sifatida “matematika” va “chet tili” fanlarini tanlagan hamda SAT sertifikati 2026-yil 25-iyun kuniga qadar (shu kuni ham) DI kod orqali Bilim va malakalarni baholash agentligiga kelib tushgan abituriyentlarga belgilangan imtiyoz tatbiq etiladi;
🟢 abituriyentlarning SAT sertifikati boʻyicha ballari ularni qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul parametrlariga qabul qilishda asosiy mezon hisoblanadi;
🟢 abituriyentlar tanlagan beshtagacha oliy taʼlim tashkiloti, bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga SAT sertifikati boʻyicha ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari doirasida talabalikka tavsiya etiladi;
🟢 ajratilgan qoʻshimcha qabul koʻrsatkichining quyi chegarasidagi abituriyentning SAT sertifikati boʻyicha baliga undan keyingi abituriyent(lar)ning bal(lar)i teng boʻlib qolgan taqdirda, ushbu abituriyent(lar) ham ushbu bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga talabalikka tavsiya etiladi;
🟢 SAT sertifikatiga ega abituriyentlarga ushbu imtiyozdan foydalanish yoki imtiyozdan foydalanmasdan test sinovi natijasiga koʻra umumiy tartibda tanlovda ishtirok etish imkoniyati yaratiladi;
🟢 SAT sertifikatiga ega, biroq roʻyxatdan oʻtishda tanlagan beshtagacha yoʻnalishga talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, vakant (boʻsh) qolgan qoʻshimcha grant joylariga kirish imtihonlari natijalari eʼlon qilingan sanadan bir haftadan soʻng bir hafta muddat davomida qayta roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi;
🟢 Bilim va malakalarni baholash agentligining qaydnomalari ushbu abituriyentlarni talabalikka qabul qilish boʻyicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish uchun asos boʻladi.
@NUU_students
😁3
❗️Test savollarini ishlash uchun abituriyentlarga 3 soat vaqt beriladi!
➖ 3 ta majburiyga - 60 daqiqa;
➖ 2 ta mutaxassislikka - 120 daqiqa.
✅ Jami: 180 daqiqa (3 soat).
Agar kimdadir chet tili yoki boshqa fanlardan imtiyozli sertifikati bo‘lsa va o‘sha fan uchun test sinovidan ozod qilingan bo‘lsa, unda 60 daqiqa ayirib tashlanadi. Agar 2 ta mutaxassislik fanidan ham imtiyozi bo‘lsa, unda 120 daqiqa ayirib tashlanadi hamda faqat majburiy fanlar uchun 1 soat vaqt beriladi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlari bor yo‘nalishlarga topshirgan abituriyentlar uchun faqat 3 ta majburiy fanga 1 soat vaqt beriladi.
❌ Ushbu vaqt ichiga javoblarni belgilash ham kiritilgan. Ya’ni bo‘yash uchun alohida qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

👍2😁1
❗️Oliy toifali o‘qituvchilar maqsadli magistraturaga qabul qilinadi
Hukumat qaroriga ko‘ra, maktablarda ishlayotgan oliy toifali o‘qituvchilarni pedagogika sohasining magistratura bosqichida masofaviy o‘qitish tashkil etiladi.
Unga ko‘ra, oliy toifali o‘qituvchilar:
➖ maqsadli magistraturada o‘qish jarayonlarini ishdan ajralmagan holda, masofaviy ta’lim shaklida amalga oshiradi;
➖ maqsadli magistraturani tugatgandan keyin 3 yil davomida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotida ishlab berish majburiyatini oladi.
2026/2027-o‘quv yilidan oliy toifali o‘qituvchilarni Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida maqsadli magistraturada o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.
Eslatma: Oliy toifali o‘qituvchilar hukumatning 2026-yil 24-iyunidagi 322-sonli qaroriga muvofiq maqsadli magistraturaga qabul qilingan taqdirda, ularga nisbatan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt pulini davlat budjetidan qoplab berish shartlari tatbiq etilmaydi.

❗️2026/2027-o‘quv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlari 14–28-iyul kunlari o‘tkazilishi kutilmoqda
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 14–28-iyul kunlari kuniga ikki smenada o‘tkazilishi kutilmoqda.
Abituriyentlardan test sinovlari sanasi, vaqti va manzili ko‘rsatilgan abituriyent ruxsatnomasini oldindan yuklab olib, unda belgilangan vaqtda imtihon hududiga yetib kelishlari so‘raladi.

😁9👍2
❓ Maqsadli qabul nima degani?
📌 Agar siz maqsadli qabuldan foydalanayotgan bo‘lsangiz, unda bu postni, albatta, o‘qing.
❓ Maqsadli qabulda kimlar qatnasha oladi?
➖ Kvota tasdiqlangach, maqsadli qabul o‘rinlari hududlar kesimida bo'linadi. Aynan bir hududga ajratilgan maqsadli qabul kvotasidan foydalanish uchun o‘sha hududda doimiy yashaydigan (propiskasi bor) abituriyent maqsadli qabuldan foydalanadi.
📄Abituriyentning umumiy o‘rta yoki o‘rta ta’limni tugatganligi to‘g‘risida hujjati, ya’ni shahodatnomasi ham bo‘lishi kerak.
❓Maqsadli qabulga kvotalar qanday taqsimlanadi?
Kvotalar yo‘nalishlar kesimida va yo‘nalishlar kesimidagi o‘rinlar esa hududlar kesimida taqsimlanadi. Masalan, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi kabi yo‘nalishlar alohida ajratiladi.
❓Maqsadli qabulda yetarli ball to‘plolmaganlar o‘qishdan yiqiladimi?
Maqsadli qabul tanlovida qatnashgan abituriyent kerakli ballni yig‘sa, u grant asosida talaba bo‘ladi. Lekin to‘play olmasa, boshqa abituriyentlar bilan birgalikda umumiy tanlovda qatnashadi. Balli yetsa, albatta, talaba bo'ladi.
❓O‘qishga topshirayotganda maqsadli qabul qanday tanlanadi?
OTMga kirish uchun onlayn ariza topshirayotgan abituriyent maqsadli qabulni tanlasa, ham maqsadli, ham umumiy tanlovda ishtirok etadi. Masalan, Toshkent tibbiyot universitetining Davolash ishi yo‘nalishiga abituriyent yashayotgan hududga 2 ta joy ajratilgan bo‘lsa, u ham shu 2 ta joy uchun, ham ajratilgan umumiy kvota uchun tanlovda qatnashadi.
❗️Maqsadli qabul bilan pastroq ball to‘plab ham grantga kirish mumkin.
Lekin 2 ta narsani hisobga olish kerak:
❌ Maqsadli qabul bilan o‘qishga kirgan talabaga "perevod"ga ruxsat berilmaydi;
➡️ Keyinchalik o‘qishni tugatgandan so‘ng o‘z hududida 5 yil ishlab berish majburiyati qo‘yiladi.

❗️Ertaga magistratura mutaxassisliklariga hujjatlar qabuli boshlanadi
Magistratura mutaxassisliklariga qabul har yili 1-iyuldan 30-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi. Talabgorlar my.edu.uz platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, hujjat topshirishlari mumkin.
📌Amaldagi tartibga ko‘ra, magistratura bosqichiga hujjat topshirishda quyidagi hujjatlar talab etiladi:
➖oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat (diplom) yoki diplomdan ko‘chirma hamda uning ilovasi;
➖xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi milliy yoki xalqaro sertifikat.
🔹Magistratura qabulida xorijiy til sertifikati darajasi yo‘nalishga qarab B1, B2 yoki C1 etib belgilangan hamda ayrim toifadagi abituriyentlarga imtiyozlar qo‘llaniladi.
🔹College Board tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan SAT xalqaro imtihonida eng yuqori ballning 75 foizi — 1200 ball va undan yuqori natija qayd etgan hamda tamomlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos va turdosh magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirayotgan talabgorlar qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Shu bilan birga, ko‘rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘yicha I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar magistraturaga qabul qilinishda xorijiy til sertifikatini taqdim etishi shart emas.

❤4🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Magistraturaga qabul boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun davlat OTTlarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 1–30-iyul kunlari davom etadi.
Magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda til bilishning tegishli darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.
📝 Onlayn ariza topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar:
▪️Bakalavr diplomi;
▪️Chet tilini bilish sertifikati.
📋 Magistraturaga kirish uchun talab etiladigan chet tili sertifikatlarining mutaxassisliklar kesimida ro‘yxati.

❗️Magistraturaga topshirilgan hujjatlar qanday tekshiriladi?
📝 Magistratura ariza ma’lumotlari va yuklangan hujjatlar, shuningdek imtiyozlar hamda ta’lim yo‘nalishining mosligi OTM tomonidan tekshiriladi.
🎓 Diplom ma'lumotlarini tasdiqlash
📄 Talabgorning diplom ma’lumotlari u tamomlagan oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda tasdiqlanadi.
Hujjatlar qabuli 1-iyuldan 30-iyulgacha davom etadi.

✅ Hujjatlar verifikatsiyasi
📂 Talabgor tomonidan yuklangan hujjatlar, jumladan chet tilini bilish sertifikatlari, imtiyoz beruvchi yutuqlar hamda nogironlikni tasdiqlovchi hujjatlar tegishli axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari orqali verifikatsiyadan o‘tkaziladi.
Hujjatlar qabuli 1-iyuldan 30-iyulgacha davom etadi.
@NUU_students
❗️Savol: O‘qishni ko‘chirish uchun qanday hujjatlar tayyorlashim kerak?
➡️O‘qishni ko‘chirish turiga qarab quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak bo‘ladi.
Agar transfer.edu.uz sayti orqali ariza topshirayotgan bo‘lsangiz, transkript reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma (JPG yoki PDF shakli) va ikkita uzrli sababdan birini asoslovchi hujjat.
my.uzbmb.uz sayti orqali murojaat qilinganda, transkript reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma (JPG yoki PDF shakli) taqdim etiladi.
Alohida ta’kidlash lozimki, so‘nggi yillarda oliy ta’limdagi raqamlashtirish natijasida onlayn hujjat topshirish platformalarida shaxsni tasdiqlovchi hujjat talab etilmaydi. Barcha ma’lumotlar OneID tizimi orqali avtomatlashgan holda shakllanadi.

Magistratura grant 4 yillik.pdf
5.8 MB
❗️Magistratura ta’lim mutaxassisliklari uchun davlat granti
Magistratura ta’lim mutaxassisliklariga 2026/2027-o‘quv yili uchun 10 ming 191 ta davlat granti kvotasi o‘tgan yili tasdiqlangan Prezident hujjati bilan belgilab qo‘yilgan.
4 yillik davrda oliy ta’lim tashkilotlariga magistraturaning KUNDUZgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari:
▪️2025/2026-o‘quv yili uchun – 9 ming 922 ta;
▪️2026/2027-o‘quv yili uchun – 10 ming 191 ta;
▪️2027/2028-o‘quv yili uchun – 10 ming 477 ta;
▪️2028/2029-o‘quv yili uchun – 10 ming 784 ta.

❗️Ikkinchi mutaxassislik uchun onlayn arizalar topshirish boshlandi
Bugun, 10-iyuldan boshlab oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni olish uchun arizalar qabul qilish boshlandi.
Arizalar 10-avgust kuniga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali onlayn shaklda qabul qilinadi.
📝 Onlayn ariza topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar:
▪️Fuqarolik pasporti yoki ID-karta ma’lumotlari;
▪️Bakalavr diplomi va uning ilovasining elektron nusxasi;
▪️O‘qish istagini bildirgan oliy ta’lim tashkiloti hamda ta’lim yo‘nalishi tanlovi.
Xorijiy davlatlar ta’lim tashkilotlarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.

❗️Akademik qarzdor talabalarning tashabbusi (arizasi) asosida fanlar va fanlar farqlari bo‘yicha mavjud akademik qarzlarni qayta o‘zlashtirish va topshirish uchun yozgi semestr joriy yilning 15-iyuldan 25-avgustgacha pulli asosda tashkil etiladi.
Bunda, talabalarning ariza bilan murojaat qilish va akademik qarzdor bo‘lgan fanlardan o‘zlashtirilmagan kreditlar miqdoriga mos ravishda bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoridan kelib chiqqan holda to‘lovni amalga oshirish muddati joriy yilning 15-iyulgacha etib belgilangan

❗️O'zbekiston Milliy universiteti talabalari diqqatiga!
HEMIS axborot tizimida “Ijtimoiy faollik indeksi” moduli orqali hujjatlarni yuklash jarayoni boshlanganligini ma’lum qilamiz.
📌 Talabalar my.hemis.uz platformasi yoki HEMIS mobil ilovasi orqali tizimga kirib, “Ijtimoiy faollik” bo‘limidan o‘z faoliyatlarini tasdiqlovchi hujjatlarni yuklashlari mumkin.
Eslatma: Ijtimoiy faollik ko‘rsatkichi baholash me'zoniga asosan 100 ballik mezon asosida 11 ta yo‘nalish bo‘yicha (kitobxonlik, volontyorlik, olimpiadalar, sport, tadbirlar va boshqalar) hisoblangan natijani "5" soniga bo‘lish orqali aniqlanadi. Maksimal 20 ballgacha beriladi.
⏳ Hujjatlarni yuklashning oxirgi muddati: 2026- yil 20-iyul.
2026-yil 20-iyuldan keyin yuborilgan hujjatlar qabul qilinmaydi.
Mazkur platformadan ro'yxatdan o'tmagan va baholanmagan talabalar grantga ariza topshirolmasligi mumkinligi ma'lum qilinadi. Shundan so'ng platformaning tegishli qismidan ariza yuborish bandini tanlab grantga ariza yaratish lozim bo'ladi.

❤5👍1
Turdosh_bakalavr_2026.pdf
673.5 KB
❗️2026/2027-o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish (ko‘chirib tiklash) bo‘yicha turdosh bakalavriat yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi
Yo‘nalishlar jami 34 ta turdosh guruhlarga ajratildi.
Ma’lumot uchun, ko‘chirish yoki qayta tiklashga ariza topshirganlarning ilgari ta’lim olgan yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) amaldagi klassifikatorga muvofiqlashtirgan holda inobatga olinadi.

❗️2026/2027-o‘quv yili uchun OTMlarga qabul kvotalari umumiy soni 234 mingdan ortiq!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipovning ma’lum qilishicha, yangi o’quv yilida davlat granti kvotasi 36 ming 23 ta, bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy qabul esa 234 mingdan ortiq etib belgilangan.
Ustuvor yo‘nalishlar sifatida muhandislik, IT, pedagogika va agrar sohalar tanlangan.

❗️Bugundan o'qishni ko'chirish jarayonlari boshlandi
O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli 15-iyuldan 5-avgustgacha davom etadi.
👉 Davlat OTMning biridan boshqasiga — transfer.edu.uz
👉 Xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga — my.uzbmb.uz