Nurafshon shahar hokimligi
2.03K subscribers
36K photos
3.32K videos
47 files
10.6K links
Download Telegram
Joriy yilning 18-oktabr kuni Nurafshon shahar maktabgacha ta'lim bo‘limi tomonidan shahrimizda faoliyat yuritayotgan barcha Oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi. Unda ta'lim-tarbiya sifatini oshirish, sog‘lom ovqatlantirish, 3-7 yoshli bolalarni bog‘chalarga qamrab olish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni betalofat o‘tkazish, oziq-ovqat zaхirasini tashkil etish kabi masalalar ko‘rib chiqildi. O‘quv-seminar davomida tarbiyalanuvchilarning kunlik davomatida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmati

@Nurafshonpressa
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#5_yil

Istiqlolning istiqboli sharafshonim,
Ona yurtim gavharidir Nurafshonim


⚡️ Toshkent viloyatining poytaxti Nurafshon shahrining barpo etilganiga 5 yil to‘ladi.

@Nurafshonpressa
🎺DIQQAT! DIQQAT!

👆Yoshlarimiz uchun yana bir yangilik

Nurafshon shahar Oybek mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan  istirohat bog‘iga qamrovi 300-400 metrgacha bo‘lgan Wi-Fi zone o'rnatildi.

📌Wi-Fi dan foydalanish Nurafshon shahar aholisi, yoshlari va mehmonlari uchun bepul!

📌Wi-Fi ning paroli: "Nurafshon shaxahr yoshlari birlashaylik"

📲 Ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lmoqchimisiz, o‘zingiz uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni yuklab olmoqchi bo‘lsangiz Istirohat bog‘iga tashrif buyuring bepul internet tarmog‘idan foydalaning. 

📍Hurmatli Nurafshon shahar aholisi, yoshlari va mehmonlari!
Yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlardan unumli foydalaning!


@Nurafshonpressa
#sayohat
#davlat_tili_33_yilligi

Adiblar xiyoboni - maʼnaviyat manzili

⚡️Nurafshon shahar hokimining maslahatchisi M.Shoismanova, Xalq ta'limi bo'limi hamda "Mahalla" xayriya jamoat fondi viloyat bo'limi hamkorligida Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 33 yil toʻlganligi munosabati bilan maktablardagi adabiyotga qiziquvchan iqtidorli yoshlarni Toshkent shahridagi “Adiblar xiyoboni”ga sayohat uyushtirildi.

🔸Bugunki kunda adabiyotga, maʼnaviyatga berilayotgan eʼtibor tufayli adiblar xiyoboni chin maʼnoda maʼnaviyat maskaniga aylanmoqda. Ulugʻ allomalarni, shoirlarni eslash, yod etish tariximizga boʻlgan yuksak ehtiromni bildiradi. Yoshlar bunday sayohatdan zavq va quvonchga toʻlishdi.

Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmati

@Nurafshonpressa
#ish_yarmarkasi

3-sektor binosida ish yarmarkasi


Ishsiz xotin-qizlar va yoshlarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida, Mahallabay tadbirkorlikni roviojlantirish markazi, xotin-qizlar bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi va shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazi hamkorlikda, bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

300 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashgan korxona va tashkilotlar malaka talab etilmaydigan “Tekstil milll” MChJ korxonasi 50 ta, “Pronto Tekstil” MChJdan 45 ta, “ISE AND GOLD” MChJdan 70 ta, “Artel” korxonasi 50 ta bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qildi.

Bundan tashqari, kredit ajratish orqali aholining turmush sharoitini yaxshilash va daromad manbaini yaratish mumkunligi yuzasidan tijorat banklari vakillari fuqarolarga tegishli tushunchalar berishdi.

O‘tkazilgan mehnat yarmarkasida 100 dan ziyod fuqaro ishtirok etib, 12 nafar fuqaro doimiy ishga, 15 nafar kasbi bo‘lmagan ishsiz fuqarolar kasb-hunarga o‘qishga yo‘naltirildi.

@Nurafshonpressa
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qoidabuzarlik

Nurafshon shahrida qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib, YPX inspektorining qonuniy talablariga bo‘ysunmagan haydovchi va yo‘lovchilarga ma’muriy qamoq jazosi belgilandi.

👆👆👆Batafsil ushbu lavhada ko‘ring 

@Nurafshonpressa
#ona_tilim

1989-yil o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berildi. Ona tilimizning qabul qilinganiga 33 yil to‘lganligi munosabati bilan mamlakatimiz aholisini tabriklab qolamiz.

Ushbu sana o‘zbek xalqining iftixoridir.

@Nurafshonpressa