Nurafshon shahar hokimligi
2.05K subscribers
36K photos
3.33K videos
47 files
10.6K links
Download Telegram
#ona_tilim

1989-yil o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berildi. Ona tilimizning qabul qilinganiga 33 yil to‘lganligi munosabati bilan mamlakatimiz aholisini tabriklab qolamiz.

Ushbu sana o‘zbek xalqining iftixoridir.

@Nurafshonpressa
#tennis

Nurafshon shahar 1-maktabda “Besh tashabbus” doirasida stol tennis sport turidan 11-15, 16-21, 22-26, 27-30 yosh toifalarda  shahar bosqichi musobaqasi bo‘lib bo‘tdi.

Bellashuvlarda g‘alaba qozongan yoshlar 4-bosqichga yo‘lanmani qo‘lga kiritishdi.

@Nurafshonpressa
#konsert

⚡️ ⚡️  Nurafshon shahridagi Markaziy o‘yingohda «Artist» teleloyihasining g‘olib va ijodkorlari ishtirokida «Madaniyat karvoni» shaklidagi gala-konserti o'tkazildi.

@Nurafshonpressa
Нурафшон шаҳар 12-давлат мактабгача таълим ташкилоти тарбиячиси Фархутдинова Ирина Григорьевна "Йилнинг энг яхши тарбиячиси " касбий кўрик-танловнинг республика боскичида иштирок этиб, фахрли 3-ўринни кўлга киритди ва мактабгача таълим вазирининг учинчи даражали дипломи ҳамда қимматбахо совғалари билан тақдирланди.

Нурафшон шаҳар ҳокимлиги ахборот хизмати

@Nurafshonpressa
Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining navbatdagi 66-sessiyasi bo`lib o`tdi.

Sessiyani Kengash raisi, Nurafshon shahar hokimi M.Saliyev olib bordi.

Sessiya kun tartibida Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining 16-saylov okrugidan saylangan deputat Allayev Uktam Jumayevich vafot etganligi munosabati bilan deputatlik vakolatini chaqirib olish, Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudirini tayinlash to‘g‘risida va Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashida bo‘shab qolgan 16-saylov okrugida saylov o‘tkazish kunini belgilash to‘g‘risida masalalar muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashida bo‘shab qolgan 16-saylov okrugida saylov joriy yilning 4-dekabr kuni etib belgilandi.

Ushbu masala bo‘yicha xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari kun tartibidagi masalalarni muhokama qilib, tegishli qarorlari qabul qilindi.

@Nurafshonpressa
#tayinlov

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputatlari tomonidan Kengash kotibiyat mudiriligiga tavsiya etilgan Ernazarov Egamberdi Xudoyberdiyevich Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyat mudiri lavozimiga tasdiqlandi.

Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmati

@Nurafshonpressa