Nurafshon shahri hokimligi
3.27K subscribers
43.2K photos
3.93K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
Bugungi kun fidoyilari

Bugungi kunda yurtimizga kirib kelgan anomal sovuq ta`sirida vujudga kelgan noqulayliklarni oldini olish va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ko`mak berish maqsadida turli xayriya tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, bunday tadbirlar mobaynida, anomal sovuq iqlim sharoitiga qaramay o‘z xizmat vazifasini sidqidildan ado etayotgan Obodonlashtirish bo‘limi xodimlari, kommunal soha vakillari va huquqni muhofaza qiluvchi organ xizmatchilarining mehnatlari tahsinga loyiq.

Ayniqsa, mamlakatimizning turli nuqtalaridan xayriya tadbirlariga kelgan vatandoshlarimiz bugungi kunning haqiqiy fidoyilaridir. Ular qatorida Toshkent harbiy okrugi xizmatchilari, oshpazlar: Samarqandlik Begzod Saimov hamda Qashqadaryo viloyatidan kelgan Bahrom Yo‘ldoshevni alohida e’tirof etish lozim.

Nurafshon shahri hokimligi va keng jamoatchiligi bugungi kun fidoyilaridan minnatdordir.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#мактаб

"2022 — 2026 йиллар давомида амалга оширилиши мўлжалланган «ХАВФСИЗ ВА РАВОН ЙЎЛ» умуммиллий дастури"

Йўл ҳаракати хавфсизлиги хизмати ходимлари томонидан Нурафшон шаҳрининг 4 сонли мактабида ҳам йўл ҳаракати қоидаларини ўргатиш синф ҳонаси ташкил этилди.

➡️ https://t.me/yhxx_ypx
#Nurafshon_sayyor_qabul

Shahrimizdagi "Tong" madaniyat markazida shahar hokimi Muzaffar Saliyevning fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabuli o'tkazildi.

Unda fuqarolarning muammolari birma-bir eshitildi, murojaatlar atroflicha o'rganildi.

Aksariyat masalalar joyida hal qilindi.

Yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan esa mutasaddi tashkilot vakillariga topshiriqlar berildi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
Ҳурматли тадбиркорлар !!!

Нурафшон шаҳар ҳокимлиги ҳузурида қиш мавсумида тадбиркорлик субъектлари фаолиятини узлуксиз давом эттириш ва уларнинг муаммоларни тизимли хал этиш бўйича "24 соат" фаолият юритадиган ШТАБ ташкил этилди. Сиз қуйидаги телефон рақамларига муаммоларнигиз ва таклифларингиз бўйича мурожаат қилишингиз мумкин.

Шаҳар ҳокимининг биринчи ўринбосари
Алкаров Кахрамон Юсупович
99 073-17-01

Шаҳар ҳокимининг ўринбосари
Ҳайдаров Рустам Рахмоналиевич
99 609-57-75

Шаҳар Газ таъминоти корхонаси раҳбари Каримов Лазиз
90 336-71-12

Шаҳар Электр тармоқлари корхонаси раҳбари
Эрматов Бобомурод Мирпулатович
90 823-22-23

"24-соат" фаолият юритадиган ШТАБ рақами 70 762-60-00
Kommunal soha xodimlariga qulay mehnat sharoiti yaratilmoqda

Nurafshon shahri hokimi Muzaffar Saliyev shahrdagi hududiy gaz ta’minoti bo‘limi, elektr tarmoqlari korxonasi va oqova suv tizimi idoralarida ishchi hodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Bunda shahar hokimi kommunal soha xodimlariga qulay mehnat va dam olish sharoitlarini yaratishga alohida urg‘u berdi. Jumladan, idoralarda xodimlar uchun oshxona, dam olish va isinish xonalarining tashkil etilganligi, ularning zarur maishiy texnika jihozlari bilan ta’minlanganligi ko‘zdan kechirildi.

Bundan tashqari, xodimlarga 1 qopdan un va 5 litrdan yog‘ mahsulotlari tarqatildi.

Nurafshon shahri hokimi M.Saliyev xodimlarga qulay sharoit yaratish uchun zarur ko‘rsatmalar berdi.