Nurafshon shahri hokimligi
3.27K subscribers
43.3K photos
3.97K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
Bugun Nurafshon shahar bo‘ylab umumxalq hashari o‘tkazilmoqda. Nurafshon shahar 2-sektor hududidagi “Obod turmush”, “Muqumiy”, “Navro‘z”, “To‘y tepa” va “Qumariq” mahallalarida umumxalq hasharlar uyushtirilib mahalla, ko‘chalar, xiyobonlar va xonadonlar hamda muqaddas qadamjolar tartibga keltirilib, ariqlar tozalanmoqda. Hozirgi vaqtda ishlar qizg‘in ketmoqda.

Shuningdek, bu boradagi ishlar 2-sektor rahbari F.Mirzayev tashabbusi bilan hududda yashovchi yolg‘iz qariyalar uylarida ham hashar ishlari olib borilmoqda.

⚡️Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmati.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
Bugun Nurafshon shahar 1-setor hududi Dehqonobod mahallasida sektor rahbari M.Saliev tashabbusi bilan Sumalak sayli boshlandi.
Asrlar osha yashab kelayotgan sumalak sayli kabi milliy qadriyat va an’analarimiz xalqimizning qadim tarixi va ruhiyati bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularda tabiatdagi o‘zgarishlar, fasllar almashinuvi o‘z aksini topgan e’tiqodiy qarashlar va ajdolarimiz ko‘nglidan kechuvchi nekbin his tuyg‘ular o‘zining badiiy ifodasini topganligini ko‘ramiz.

⚡️Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmati.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
"Profilaktika kuni" munosabati bilan Nurafshon shahar hokimligi Bolalar masalalari bo‘yicha komissiya a’zolari shahar hokimligi bolalarni himoya qilish sho‘ba mudiri A.Jonqobilov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi rahbari O.Zakirov, shahar hokimligi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bosh mutaxassisi Q.Rasulov, shahar XTB metodisi-psixologi D.Nurillaeva, shahar IIB HPB XPP VMIB inspektor psixologi katta leytenanti Sh.Madaliev hamkorligida shahardagi halq ta’limi bo‘limiga qarashli 62-umumta’lim maktabida "yoshlar ongiga salbiy ta’sir etuvchi g‘oyalar va taqiqlangan psixotrop dorilar iste’molidan saqlanish" mavzusida davra suhbati, shuningdek, "davomat" tadbirlari olib borildi.
O‘quvchilarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va maqsadsiz darslarga qatnashmay yurgan o‘quvchilarni darslarga jalb qilish maqsadida tavsiyalar berildi.

⚡️Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmati.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
Nurafshon shahar Qumariq mahalla fuqarolari yig‘ini yoshlari Zilol ko‘chasida yashovchi yolg‘iz otaxon Shomirza otaning xonadonida tomorqasini chopib, obodonlashtirish ishlari olib borishmoqda.

⚡️Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmati.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube