Shahrimiz hududlarini obod qilish, mahallalarda infratuzilma bilan bog‘liq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, xususan, joylarda ichki yo‘llar, ichimlik suv, elektr energiyasi va gaz ta’minotini, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa infratuzilma obyektlarini yaxshilash, shu asosda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 408-sonli qarori ijrosi bo‘yicha 2-sektor Qumariq mahalla fuqarolari yig‘inida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida ichimlik suvi quvirlarini o‘tkazish ishlari jadal olib borilmoqda.
Yurtimizda turli bayramlar, muqaddas sanalar oldidan umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish va shu orqali hududlarni obodonlashtirish yaxshi an’anaga aylangan. Bugun erta tong sahardan Nurafshon shahrimiz ko‘chalarida ham obodonlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda.
Hurriyat mahalla fuqarolari yig‘inida obodonlashtirish ishlari davom etib, ariq tozalash ishlari olib borilmoqda.
Yuksalish mahalla fuqarolari yig‘inida chiqindilardan tozalash ishlari olib borilmoqda.
Obod turmush mahalla fuqarolari yig‘inidagi 49-ko‘p qavatli uy oldi chiqindilardan tozalanib, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.