Yurtimizda turli bayramlar, muqaddas sanalar oldidan umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish va shu orqali hududlarni obodonlashtirish yaxshi an’anaga aylangan. Bugun erta tong sahardan Nurafshon shahrimiz ko‘chalarida ham obodonlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda.
Hurriyat mahalla fuqarolari yig‘inida obodonlashtirish ishlari davom etib, ariq tozalash ishlari olib borilmoqda.
Yuksalish mahalla fuqarolari yig‘inida chiqindilardan tozalash ishlari olib borilmoqda.
Obod turmush mahalla fuqarolari yig‘inidagi 49-ko‘p qavatli uy oldi chiqindilardan tozalanib, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.