Nurafshon shahri hokimligi
3.26K subscribers
43.3K photos
3.97K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
Joriy yilning 25-fevral kuni Nurafshon shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktabida mudofaa vazirligi bilan birgalikda 11- sinf o‘quvchilari o‘rtasida Straytbol bo‘yicha sport-vatanparvarlik o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. O‘yinlar maktab hududida joylashgan tirida bo‘lib o‘tdi, u yerda yaqinda ta’mirlash ishlari olib borildi va shunga o‘xshash tadbirlar uchun tiklandi. Peyntbol maydonchasi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bu mashg‘ulotlarda o‘quvchilar ko‘plab bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi, jismoniy tayyorgarligini: yugurish, otish, mashq bajarish bo‘yicha sinab ko‘rishdi. Bularning barchasi ularda vatanparvarlik ruhiyatida tarbiyalashda, shuningdek, strategik fikrlashga majbur qiladi. Jamoada ishlash ko‘nikmasini rivojlantiradi.
Nurafshon shahar JOME masjidi ko‘chasida Degantepa mahalla fuqarolari yig‘inida yashovchi kam ta’minlangan xonadonlarga ehsonlar tarqatildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Nurafshon shahar Navro‘z mahallasi, Shifokor ko‘chasida mahalla ichki yo‘llarida 7 dona quduqlar qopqog‘i ochiqligi, Nurafshon avtoshoh bekati qurilgan, ammo bu yer markaziy shohbekat ekanligi bugun mas’ullarning ham, yo‘lovchi-yu haydovchilarning ham yodidan ko‘tarilib ketgani tanqid qilingan. “Toshkent yo‘li” ko‘chasida, Xalq banki ro‘parasidagi chorrahada bir necha kundan beri svetofor ishlamayotgani sabab, yo‘lovchilar yo‘lni kesib o‘tishda qiynalayotgani tanqid qilingan. “Chig‘iriq” mahallasidagi asosiy qatnov yo‘li ta’mirtalab ahvolga kelib qolgani tasvirlangan. Nurafshon shahar hokimi tanqid qilingan muammolarni joyiga chiqib o‘rganib, yig‘ilish o‘tkazdilar va tegishli mutassaddi rahbarlarga ogohlantirish berib kamchiliklarni tez kunlarda bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
2-sektor Qumariq mahalla fuqarolari yig‘inida ham sumalak sayli bo‘lib o‘tdi