Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
43.6K photos
4.02K videos
60 files
12.4K links
Download Telegram
#rasmiy

Tayinlov

Davronov Muhiddin Ashurovich—Toshkent viloyati hokimligi Axborot-tahlil guruhi rahbari lavozimiga tayinlandi.

M.Davronov 1978-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti–oliy. 2001-yilda Samarqand davlat universiteti (kunduzgi)ni tamomlagan.

Lavozimga tayinlangunga qadar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyatining Toʻqimachilik va ipakchilik sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat

2023-yil 11-mart kuni Nurafshon shahar “Taraqqiyot” MFY hududi 10-koʻp qavatli uyning 1-qavatida maishiy xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan doʻkon va nonvoyxona (mulkdori) ish yurituvchisi fuqoro Ahmedova Mahbuba tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi “Taftish” telekanaliga yoʻllagan murojaati atroflicha oʻrganib chiqildi.

➡️Batafsil

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
🗓15-aprel – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘i teng yarmini to‘lashning oxirgi kuni!

☑️Soliqlarni masofadan turib Soliq mobil ilovasi orqali tez va oson to‘lashingiz mumkin.

📌Soliqlar – yurtimiz farovonligi🏞, yo‘llarimiz ravonligi🛣, sarhadlarimiz mustahkamligi🚧, aholi salomatligi🏥, farzandlar kelajagi 👫 uchun sarflanadi.

🛑Hurmatli fuqarolar❗️

Siz ham soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab, Vatanimiz rivojiga hissa qo‘shing!
#jarayon

Toshkent viloyati Nurafshon shaharida qurilish olib borayotgan quruvchilar bilan shahar hokim M.Saliyev boshchiligida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda shahar arxitektori, kadastr bo‘limi hamda mutasaddilari qatnashdilar. Ushbu yig‘ilishda quruvchilarga to‘sqinlik qilayotgan muammolar eshitildi va joyida yechimi topildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#Kitobxonlik_kuni

Joriy yilning 24-mart kuni Nurafshon shahri Yozuvchilar uyushmasining Toshkent viloyati bo‘limi kutubxonasida "Kitob-hayotni o‘rgatuvchi murabbiydir" mavzusida o‘zbek adabiyotida o'z o'rniga ega bo'lgan shoir Ma'murjon Bozoraliyev bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirni Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha hokim o‘rinbosari N.Kulbekova ochib berib, yoshlarga kitob va kitobxonlikning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati, foydasi haqida tushuncha berdi.

M.Bozoraliyev o‘zining adabiyotga qiziqishi, bu sohada erishgan yutuqlari haqida yoshlarga "mahorat darsi" o‘tdi.
Uchrashuvda yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga ijodkordan javob olishdi, davra suhbati juda sermazmun va qiziqarli bo'lib o'tdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website