Nurafshon shahri hokimligi
3.2K subscribers
43.7K photos
4.03K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
Тошкент вилояти фуқаролари сони 15 тага ортди

Вилоят раҳбари Зойир Мирзаев бугун Ўзбекистон Республикаси фуқаролигига қабул қилинган 15 нафар шахсга фуқаролик паспортини тантанали равишда топширди.


💬Telegram 🌐Website 📱Instagram 📱Facebook 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eʼtibor

Nurafshon shahrida o'tkazilgan chora-tadbirlar to'g'risida

Respublika Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi tomonidan shahrimizning 14 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj va yoshi keksa fuqarolarga 1 mln 200 ming so'mdan tarqatildi, umumiy hisobda esa 36 nafar fuqaroga moddiy yordam ko'rsatiladi.

Shahrimiz aholisi bu ko'rsatilgan e'tibordan minnatdor bo'lishdi. Bu kabi tadbirlar, saxovatli ishlar shahrimizdagi ko'plab hududlarida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#jarayon

Nurafshon shahrida o'quv seminari o'tkazildi

Toshkent viloyati hokimi Z. Mirzayevning 2023-yil 11-apreldagi yig'ilish bayonotidagi topshirig'iga binoan Nurafshon shahar Kambag'alchilikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi boshlig'i O.Ataullayev tashabbusi bilan Nurafshon shahar Tong madaniyat markazida "Quyonchilikni rivojlantirish" bo'yicha Quyi Chirchiq, Piskent va Nurafshon shahar hokim yordamchilariga o'quv seminari tashkil etildi.

Seminarga muvofiq, Nurafshon shahar aholi xonadonlarida quyonchilikni rivojlantirish va kooperatsiya faoliyatini yo'lga qo'yish vazifalari keltirib o'tildi.
Shuningdek, "Моя мечта" korxonasidan mutasaddi ishtirok etdi.

Kasbga va tadbirkorlikka o'qitish markazlarida quyonchilikni rivojlantirish bo'yicha targ'ibot va tashviqot ishlarini olib borish to'g'risida fikrlar bildirildi. Seminar ijrosi tez kunda o'z samarasini beradi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
RASMAN: RAMAZON HAYITI 2023-YIL 21-APREL KUNI NISHONLANADI

🌙 Oʻzbekiston musulmonlari idorasida Ramazon oyi va hayitini aniqlash uchun tuzilgan Ishchi guruhi xorijdagi nufuzli astronomiya markazlari va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Astronomiya institutidan olgan maʼlumotlarga koʻra, 1444 hijriy yil Shavvol oyining yangi oy fazasi (hiloli) shu yil 20-aprel, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:12 da sodir boʻlgan (tugʻilgan).

🔶 Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi islom dini taʼlimotlari va mazkur astranomik maʼlumotlarga asoslangan holda diyorimizda joriy yilda Ramazon hayiti 2023-yil 21-aprel juma kuniga toʻgʻri kelishi haqida qaror qabul qildi.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

✉️Telegram 🌐Website  🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM