Nurafshon shahri hokimligi
3.2K subscribers
43.7K photos
4.03K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
Nurafshon shahri hokimligi
Photo
#jarayon

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, "Ma'rifat " targibotchilar jamiyati bilan hamkorlikda yurtimizning barcha viloyatlari, tuman, shaharlarida, xususan Nurafshon shahrida ham targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda

Jumladan, Nurafshon shahridagi 12-sonli Musiqa va san'at maktabi, TEXTILE MILI TASHKENT СП ООО, NURAFSHON CITI qurilish kompleksi hamda shahardagi 48-umumiy o'rta ta'lim maktabida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan hamkorlikda Maʼnaviyat festivali doirasida targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbirda, Nurafshon shahar yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va Maʼnaviy- maʼrifiy ishlar bo'yicha hokim o'rinbosari N. Kulbekova hamda Oila va xotin- qizlar bo'yicha hokim o'rinbosari K. Pardaboyevalar ishtirok etishdi. Shahrimiz yoshlariga o'z fikrlarini, samimiy tilaklarini bildirib qolishdi.

Tashrif buyurgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi "Ma'rifat " targ'ibotchilari jamiyati a'zolari ishtirokida Maʼnaviyat festivali doirasidagi tadbir uchun bir qator yoshlarga esdalik sovg'alari topshirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website