Nurafshon shahri hokimligi
3.2K subscribers
43.9K photos
4.06K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Baxtli bolalikning bolajonlari

Nurafshon shahrida 1-iyun "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" bayrami keng nishonlandi.

Bolajonlarimizning bayram shodiyonalaridagi quvonchli lahzalaridan Sizlarga ham ulashgimiz keldi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#Bildirish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-sentabrdagi
“Velosportni rivojlantirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5251-sonli qaroriga asosan aholining barcha qatlamlari o‘rtasida “3-iyun Xalqaro velosiped kuni” munosabati bilan velomarafon o‘tkazish belgilangan. Yuqoridagi qaror ijrosini ta’minlash hamda aholi xavfsizligini taʼminlash, yo‘l transport harakatini tartibga solish, turli favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6, 25-moddalariga muvofiq, Nurafshon shahrida Yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida, joriy yilning 3-iyun kuni soat 06:30 dan 11:00 ga qadar Nurafshon Business city hududidagi Yangi O‘zbekiston bog‘i ko‘chasi 4R 2 avtomobil yo‘lining 35-kmda G-62 avtomabil yo‘li va 4R 20 yo‘lininng 6-kmda G-62 avtomobil yo‘lining kesishgan harakatlanish qismida avtotransport qatnovi harakati vaqtincha to'xtatiladi (Harakatlanish 4R 2 hamda 4R 20 yo‘li orqali).
#YOSHLAR_SHAXMAT_TAXTASI
#NURAFSHON_SHAHRIDA

Mamlakatimizda shaxmat sport turini yanada kengroq targ’ib qilish va ommaviylashtirish, havaskorlar va yosh shaxmatchilarning sport malakalarini oshirish, o’quvchilarni o’qishdan bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga ko’maklashish, qadimiy aql-idrok o’yini sanalgan shaxmat san’atini ma’naviyatimizning bir bo’lagi sifatida e’zozlash, o’sib kelayotgan yosh avlodning mantiqiy tafakkur darajasini o’stirish, yoshlarni sport musobaqalariga ommaviy ravishda jalb qilish maqsadida Nurafshon shahrida sportning shaxmat turi bo’yicha yoshlar o'rtasida  “YOSHLAR SHAXMAT TAXTASI” shiori ostida chempionat bo'lib o’tdi.
G’oliblar diplom va esdalik sovg’alari  bilan taqdirlandilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#sayyor qabul

To'y-tepa MFY binosida 2-sektor ishchi guruhi tomonidan fuqarolar murojaatlari bo'yicha sayyor qabul o'tkazildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website