Nurafshon shahar hokimligi
2.07K subscribers
36.1K photos
3.33K videos
47 files
10.6K links
Download Telegram
#Nurafshon_shahar
#Besh_tashabbus
#Shaxmat_shashka
#Shahar_bosqichi

2024-yil 10-iyul kuni Nurafshon shahar Yoshlar markazida  🤚"
Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning "Shaxmat va shashka" turi bo'yicha musobaqaning tuman-shahar bosqichi boʻlib oʻtdi.

🖐️Shashka musobaqasining tuman bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan erkaklar va ayollar yakkalikda 16-21, 22-26 va 27-30 yosh toifalarida o'zaro bellashdilar.
Shaxmat musobaqasida 7 yoshdan +70 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida shaxmatchilar dona surdilar. Gʻolib boʻlgan yoshlar musobaqaning viloyat bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati


🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
🏆 Nurafshonda "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida Workaut musobaqalari o'tkazildi

🔹 Toshkent viloyati Nurafshon shahrining “Yoshlik”, “Nurafshon” va “Navro‘z” mahallalarida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida workout sport turi bo‘yicha mahalla bosqichi bo‘lib o‘tdi.

💪 Musobaqada yoshlar o‘z mahoratlarini namoyon etib, kuch sinashishdi. G‘oliblar sektor bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritib, keyingi bosqichda ishtirok etish imkoniyatini oldi.

🎁 Musobaqa so‘ngida yosh sportchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Kelgusi bosqichga chiqqan barcha ishtirokchilarga omad yor bo‘lsin! 🚀

#Toshkent_viloyati #Nurafshon_shahar
#Workaut #Besh_tashabbus_olimpiadasi
#Yoshlar_sporti #Faol_yoshlar

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Besh_tashabbus

Nurafshon shahrining Markaziy oʻyingohida joylashgan street workaut maydonchasida sportning workaut turi bo‘yicha "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida musobaqalarning shahar bosqichi bo'lib o'tdi.

Sektor bosqichidan saralanib kelgan sportga qiziquvchi yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan mazkur musobaqa qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘lib o‘tkazildi.

Musobaqada g‘olib va sovrindorlar diplom bilan taqdirlanib, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt