Nurafshon shahar hokimligi
1.86K subscribers
33.6K photos
3.2K videos
45 files
10K links
Download Telegram
Nurafshon shahar hokimligi
Photo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar
#xotinqizlarfaollari

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-401-son qaroriga muvoffiq Nurafshon shahridagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollariga o'quv seminar bo'lib o'tmoqda.

Nurafshon shahrida joylashgan IT park binosida Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti mutaxasislari tomonidan Oila va xotin-qizlar qо‘mitasi xodimlari, mahalladagi xotin-qizlar faollari uchun malaka oshirish о‘quv seminari tashkilashtirildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#seminar

Nurafshon shahrida "O‘zsuvta’minot" AJ tarkibiga kiruvchi tashkilotlar hamda shu sohada qurilish bilan shug‘ullanib kelayotgan pudrat tashkilot mas’ullari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.

Nurafshon shahrida "AGRO NEW DRIP" MChJ korxonasi tomonidan ichimlik va oqova suvi uchun maxsus plastmassa quvurlari va geomembranalar ishlab chiqarish va "MAXSUS POLIMER ZAVODI" MChJ tomonidan plastmassa quvurlar va profillar ishlab chiqarish korxonalari o‘z faoliyatlarini olib bormoqda.

❇️ Jumladan joriy yilning 14-sentabr sanasida "O‘zsuvta’minot" AJ tarkibiga kiruvchi tashkilotlar hamda shu sohada qurilish bilan shug‘ullanib kelayotgan pudrat tashkilot mas'ullariga "AGRO NEW DRIP" va "MAXSUS POLIMER ZAVODI" MChJlari tomonidan ishlab chiqarayotgan mahsulotlarining tadqimot seminar ko‘rgazmasi o'tkazildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#seminar

Yoshlar yetakchilari uchun o‘quv-seminari bo‘lib o‘tmoqda

⚡️Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan mahalladagi yoshlar yetakchilarini doimiy ravishda bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida o‘quv-seminar o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.

🔹Shu maqsadda bugun Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida mazkur shahardagi mahallalarda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari bir davrada jam bo‘lishdi.

🔘Jarayonlarda yoshlar yetakchilariga Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i Miraziz Mirsultonov hamda tegishli mutaxassislar tomonidan “Yoshlar balansi”, “Yoshlar daftari” tizimidan maqsadli foydalanish, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi musobaqalarni tashkil etish,  huquqbuzarlikka moyilligi bor yoshlar, migratsiyadagi o‘g‘il-qizlar bilan ishlash kabi bir qator yo‘nalishlarda tushunchalar berilmoqda.

▶️Batafsil
#Seminar

“Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida amaliy seminar tashkil etildi
_________

An practical
seminar was organized within the framework of the "Yashil makon (Green Space)" national project
________

Организован практический семинар в рамках общенационального проекта
“Yashil makon” («Зелёный массив»)

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar

“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida seminar-trening oʻtkazildi

Nurafshon shahar hokimligi majlislar zalida "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" munosabati bilan mutaxassislar boshchiligida seminar-trening oʻtkazildi.

Unda shahar hokimi I.Klichxanov boshchiligida sektor rahbarlari, shahar hokimi o'rinbosarlari,shahar prokuraturasi masʼul xodimlari, shahar Adliya boʻlimi boshligʻi hamda shahardagi korxona-tashkilot rahbarlari, hokim yordamchilari, shahar hokimligi xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda shahar prokurori v.v.b A.Olimov, shahar prokuraturasi xodimi M.Bo'ltakov, Adliya boʻlimi boshligʻi G.Raxmokulov "Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari va mexanizmlari", "Korrupsion harakatlar uchun intizomiy javobgarlik", "Jamoatchilik nazorati korrupsiyaga qarshi kurashish vositasi" singari mavzularda ma'ruzalari tinglanib, seminar ishtirokchilarning qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube
#Seminar

🏥Nurafshon shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi xodimlari boshchiligida Yaponiyaning EYO dasturi asosida "Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni oldini olish va nazorat qilish" mavzusida shahar maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan birgalikda shahridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolajonlarga "To‘g‘ri ovqatlanish"," Toza qo‘llar" kabi mavzularda seminar-trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

🔹O‘tkazilgan seminar mashg‘ulotlarda bolajonlarga  "To‘g‘ri ovqatlanish" mavzulariga oid ko‘rgazmali materiallar tarqatildi hamda qiziqarli o‘yinlar o‘tkazildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Seminar

Salomatlik va strategik rivojlanish instituti Nurafshon shahar bo‘limi xodimlari tomonidan shahardagi 73-umumta’lim maktabida Yaponiyaning EYO dasturi asosida “Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni oldini olish va nazorat qilish” mavzulari asosida maktab o‘quvchilariga “To‘g‘ri ovqatlanish”,”Toza qo‘llar”,”Toza tishlar” kabi mavzularda seminar-trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

O‘tkazilgan seminar mashg‘ulotlari haqida avval maktab ma’muriyatiga tushunchalar berildi.Keyin bir qator sinflarda amaliy mashg‘ulotlar videoroliklar orqali tushuntirish ishlari o‘tkazildi hamda qiziqarli o‘yinlar tashkil etildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#seminar

Davlat tilida qonun hujjatlarini amalga oshirish va toponimik obyektlarga nom berish bo‘yicha shahar komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi seminar shaklida tashkil etildi.

Seminarda mahalla raislari hamda Kadastr agentligining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Unda shahar hokimining maslahatchisi M.Shoismanova, Mahalla uyushmasi shahar bo‘limi boshlig'i Z.Maxsudova va Davlat Kadastrlari palatasi shahar filiali rahbari Sh.Shukurxonov tomonidan shahardagi mavjud ko‘chalar nomlarini davlat tili qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish, ularni yagona davlat reyestri bazasiga kiritish masalalari bo‘yicha atroflicha tushuntirishlar berildi.

Ko‘chalar nomlarini ularning geografik joylashuvi va tarixiy ahamiyatidan kelib chiqib aniqlashtirish, belgilangan talabga javob bermaydigan ko‘chalarning nomlarini qayta ko‘rib chiqish yuzasidan takliflar tayyorlash muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash bo‘yicha takliflar kiritish zarurligi qayd etildi.
#seminar

Iqtisodiy o'qish

joriy yilning 24-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning topshiriqlari ijrosini samarali tashkil etish va natijadorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan shahar hokimligi ijroga mas’ul xodimlarning kelgusida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha shaxsiy mas’uliyatini oshirish yuzasidan seminar tashkil etildi.

Seminarda Nurafshon shahar Adliya bo‘limi xodimi S.Nuraliyev hamda shahar hokimligining ijro intizomi nazorati bosh mutaxassisi D.Umarovalar tomonidan

-Hokimiyat tizimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni hamda 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son Qarori asosida hujjatlar ijrosini ta’minlash va bajarilishini tashkil qilish;

-Ijroga mas’ul tashkilot va xodimlarning kelgusida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha shaxsiy mas’uliyatini oshirish yuzasidan ma'ruzalari eshittirildi.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt