Nurafshon shahri hokimligi
3.17K subscribers
44.1K photos
4.07K videos
61 files
12.5K links
Download Telegram
#Xotin_qizlar_huquqi #Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko'ra, “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg'iz ayollarning bolalari davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega.

👉 Manba

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#xotin_qizlar_bandligi
#Nurafshon_shahri

O’rganish davomida, Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Zuxra Mirgaziyeva Nurafshon shahriga tashrif buyurib "Navro’z", "Qumariq", “Dehqonobod” mahallarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" 122-qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib, tuman ma’sullariga hamda mahallalardagi xotin-qizlarga manzilli ko’rsatmalar berib o’tdi.

✍🏻ZUXRA_MIRGAZIYEVA
👍1
#jarayon
#Xotin_qizlar_bandligi

Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i N.Normirzayeva hamda Nurafshon shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Djumanova bilan birgalikda Nurafshon shahrida joylashgan "FOOD AGRO" korxonasidagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishib chiqdilar.

Bugungi kunda yurtimizda xotin-qizlar bandligini ta’minlash va ularning ijtimoiy muammolarini bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Viloyat hokimi o‘rinbosari N.Normirzayeva "FOOD AGRO" korxonasida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar bilan suhbatlashib, korxona rahbariyatining mavjud muammo va takliflari tinglandi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍41
#Ayollar_daftari
#Xotin_qizlar
#Nurafshon_shahri

Nurafshon shahrida "Ayollar daftari"ning oltinchi bosqichi uchun xatlov bo'lib o'tmoqda

Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining 145-sonli qarori, "Ayollar daftari" ro‘yxatini shakllantirish yuzasidan Nurafshon shahrining barcha mahallalarida xatlov jarayoni olib borilmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍5
#Xotin_qizlar_huquqi

🚫Qonunchilikka ko'ra, homiladorligi yoki farzandi borligi bilan bog'liq sabablarga ko'ra ishga qabul qilishni rad etish yoki mehnatga haq to'lash miqdorini kamaytirish taqiqlanadi.

🔍 Bunda, ayolni homiladorligi yoki shaxsni yosh bolani parvarish qilayotganligini bila turib, uni ishga olishdan g'ayriqonuniy ravishda bosh tortish yoki ishdan bo'shatish, quyidagi jazo choralaridan biri qo'llanilishiga sabab bo'ladi:

BHMning 25 baravarigacha miqdorda (9 mln 375 ming so'mgacha) jarima;
3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

👉 Manba

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2👏1
#xotin_qizlar

Nurafshonda “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” doirasidagi tadbirlar

"Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik” shiori ostidagi tadbirlar Nurafshon shahridagi Nuroniylar maskanida ham tashkil etildi.

Shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi ostida davom etgan mazkur tadbirda nurafshonlik ayollar va yosh qizlar, shuningdek, mahalla faollari ishtirok etishdi.

Tadbirda raqamli zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha atroflicha suhbatlar o‘tkazildi.

Shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N. Djumanova so‘zga chiqib, ayollar va qizlar uchun raqamli xavfsizlikni ta’minlash, ularning huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍2