Nurafshon shahri hokimligi
3.31K subscribers
42.7K photos
3.84K videos
52 files
12.2K links
Download Telegram
#Yashil_makon

Yashil makon — tabiatga ehtirom va kelajak uchun investitsiya

Nurafshon shahrida bunyodkorlik va qurilish ishlari keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan bir vaqtda, hududni yashil makonga aylantirish ishlari ham izchil davom etmoqda.

Bugun Nurafshon city hududida keng miqyosda ko‘chat ekish va bog‘ barpo etish tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Sh.Mahmudov, Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov, hokimlik mas’ullari, korxona va tashkilot rahbarlari, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.


E’tiborli jihati shundaki, rahbarlar shaxsan o‘zlari ko‘chat ekish jarayonida faol qatnashib, boshqalarga o‘rnak bo‘ldilar.

Iqlim sharoitiga mos bo‘lgan daraxt va butalar — Yaponiya saforasi, yasen, chinor, Qrim qarag‘ayi, Sharq tuyasi, Kanada bagrianikasi, qayrag‘och, pavloniya, tut va boshqa turlardagi jami
1700 ta ko‘chat
qariyb
1,2 gektar maydonga
ekildi.


Yurtimiz bo‘ylab “Yashil makon” umumxalq harakati izchil davom etmoqda.

https://t.me/Nurafshonpressa
1👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_makon

Yangi O‘zbekiston – yashil makonda birga yashaylik!

Davlatimiz rahbari joriy yil 26-sentyabrda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida daraxtni kuzda ekishni ko‘paytirish zarurligi bo‘yicha bir qator muhim takliflar bildirib, ustuvor vazifalarni belgilab berdilar.


Shu kunlarda ana shu umummilliy loyiha doirasida butun mamlakatimizda bo‘lgani kabi viloyatimizda ham kuzgi daraxt ekish mavsumi davom etmoqda, bu borada “dolzarb bir oylik” e’lon qilindi.

Prezidentimizning ezgu tashabbuslaridan ruh olib, shu yilning 8-9-noyabr — shanba va yakshanba kunlari viloyatimiz bo‘ylab Yashil makon loyihasi doirasida katta hashar tashkil etilmoqda.
Mazkur hasharga nafaqat viloyat hududidagi boshqarma va tashkilotlar, balki Respublika darajasidagi vazirlik hamda idoralar, agentlik va qo‘mitalar ham o‘z xayrixohligini bildirdilar.

Hashar doirasida hududlardagi avtomobil yo‘llari yoqalarida, xususan, M-39, A-373 kabi xalqaro ahamiyatdagi yirik avtomagistrallar bo‘ylarida keng ko‘lamda ko‘chat ekish hamda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. 

Barchangizni, butun el-yurtimizni “Yangi O‘zbekiston – yashil makonda birga yashaylik!” degan olijanob g‘oyani qo‘llab-quvvatlashga chaqiramiz!

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#yashil_makon

Nurafshonda "Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 1 200 tup ko‘chat ekildi

Nurafshon shahridagi Toshkent yo'li ko'chasida joylashgan yoshlar ma'naviyat bog'ida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ommaviy ko‘chat ekish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Nurafshon shahar hokimi I. Klichxanov, viloyat va tuman (shahar) tashkilot va idoralar rahbarlari, mahalla "yettiligi", jamoatchilik vakillari hamda obodonlashtirish sohasi xodimlari ishtirok etdi.

Shahar hokimi I. Klichxanov hududlarni ko‘kalamzorlashtirish, ko‘chat ekish kabi ezgu ishlarga har bir yurtdoshimiz o‘z hissasini qo‘shishi lozimligini ta’kidladi.


Loyiha doirasida belgilangan reja asosida shahar bo'ylab yo‘l yoqasiga, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlari hududlariga manzarali va mevali ko‘chatlar ekish ishlari jadal davom etmoqda.

Tadbir doirasida jami 1200 tup daraxt ko‘chatlari ekildi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍3
#yashil_makon

"Yashil makon" umummilliy harakati: Yangi hayot, yangi nafas

🌳Nurafshon shahrida ham ekologik barqarorlik va atrof-muhitni asrashga qaratilgan ko‘chat ekish ishlari jadal davom etmoqda. Aholi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yoshlar va ko‘ngillilar ezgu maqsad yo‘lida birlashmoqda.

"Har bir ekilgan daraxt – hayotga bo‘lgan e’tiborimiz, tabiatga bo‘lgan mehrimizning ifodasidir. Yashil makon – bu barchamiz uchun birdek muhim", - deya ta'kidladi shahar hokimi I. Klichxanov.


🌳Hasharda barcha birdek faol ishtirok etmoqda. Yer kovlanib, tanlab olingan ko‘chatlar o‘tqazildi. Jarayon ishtirokchilari: “Har bir ekilgan daraxt — kelajagimiz uchun tashlangan qadam”, - deya bu ezgu ishlarning ahamiyatini alohida ta’kidlashmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_makon

"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Toshkent viloyati bo‘ylab tashkil etilgan ikki kunlik hasharning dastlabki kuni yuksak uyushqoqlik bilan o‘tdi.

Aksiya ertaga ham davom etadi.


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_makon

"Yashil makon" harakati doirasida amaliy ishlar davom etmoqda

🌳Shu yilning 8-9-noyabr — shanba va yakshanba kunlari viloyatimiz bo‘ylab “Yashil makon” loyihasi doirasida katta hashar tashkil etilmoqda.


Ayniqsa, Nurafshon shahrining yoshlar ma'naviyat bog'ida ko‘chat ekish ishlari bosqichma-bosqich tashkil etilmoqdaki, bu gal ham manzilda zarur ishlar amalga oshirildi. Yer maydonlari tosh va keraksiz chiqindilardan tozalanib, sifatli tarzda kovlandi. Ekologik talablar asosida ko‘chatlar o‘tqazildi.


🌳Shahar hokimi boshchiligida mas'ullarga yo'l bo'ylari, markaz guzarlari hamda bog' hududlariga ekiladigan manzarali gul va dekorativ ko'chatlar ekish yuzasidan topshiriqlar berildi.

🌳Mazkur tadbirda davlat tashkilotlari vakillari faol ishtirok etdi. Ushbu amaliy ishlar shaharning ekologik muhitini yaxshilash, yashil maydonlarni kengaytirish va aholining hayot sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2👍1
#yashil_makon

Yashil makon: Ekologik tashabbus, farovon hayot

Nurafshon shahar hokimi I. Klichxanov Qumariq mahalla fuqarolar yig'ini hududida joylashgan yoshlar ma'naviyat bog‘iga tashrif buyurdi. Hokim hududda yashil makon loyihasi doirasida jadal sur’atlarda olib borilayotgan bunyodkorlik va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, hududda aholi uchun mavjud ijtimoiy infratuzilma obyektlarining ahamiyati, ayniqsa, fuqarolar uchun yaratiladigan yangi imkoniyatlar va qulayliklarning samaradorligiga alohida e’tibor qaratdi.

Mazkur jarayonda shahar hokimining o'rinbosari F. Shomurodov va bir guruh mutasaddilar ishtirok etishdi. Hokim tomonidan barcha zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.


Bu xayrli ishlar aholining farovon hayoti hamda shaharning obod va yashil maskanga aylanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍31
#yashil_makon

Yangi
yashil hududlar barpo etilmoqda

🌳Aholi salomatligini mustahkamlash maqsadida qator muhim tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Shulardan biri – “Yashil makon” umummilliy harakati bo‘lib, mazkur tashabbus doirasida mamlakatimizning barcha hududlarida keng ko‘lamli ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda.

Nurafshon shahridagi yoshlar ma'naviyat bog'ida o'tkazilgan ko'chat ekish jarayonlari kutilganidan ziyodroq natija berdi. Ko'zlangan marra zabt etildi. Mazkur aksiya doirasida korxona va tashkilotlar xodimlari, yoshlar va ko'ngillilar faol ishtirok etib, belgilangan reja asosida daraxt va buta ko‘chatlarini ekishdi.


🌳Mahalliy iqlimga mos va tez o‘suvchi daraxt navlari parvarishlanib, hududlarga yetkazib berilgani bir tomondan hasharchilarga qulaylik bo'lsa, ikkinchidan sifatli navlarning yetishtirilganidir.

🌳Yangi manzillarda endi pavloniya va shu kabi qator ko'chatlar ko'kka bo'y cho'zadi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👍1👌1
#yashil_makon

Ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda


🌳Yashil makon” umummilliy harakati – bu nafaqat bugungi, balki kelgusi avlodlar uchun ham sog‘lom va toza muhit yaratish yo‘lidagi muhim qadamdir. Yoshlar ma'aniyat bog'ida tashkil qilingan hasharda har bir yurtdoshimiz faol ishtirok etib, hududni yanada go‘zal va yashil makonga aylantirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Nurafshon shahar hokimi I. Klichxanov boshchiligida barcha korxona va tashkilotlar xodimlari bu ezgu ishlarda faol qatnashib, yer bag'riga manzarali ko'chatlarni o'tqazishmoqda. Ko'chat ekish ishlarida esa tegishli mutaxasislar tomonidan har bir ekilayotgan ko'chat alohida e'tibor va parvarish asosida yerga qadaldi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_makon

Nurafshonda ko'chat ekish tadbirlari davom
etmoqda

🌳Yangi ko‘chatlar nafaqat shahar ko‘chalari va yo'l bo'ylarida, balki mahallalar, ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari hududlarida ham ekilmoqda. Aholi, yoshlar va mahalla faollari ushbu ezgu tashabbusga faol hissa qo‘shmoqdalar.

Daraxt ekish ishlari jadal sur’atda davom etmoqda. Bu jarayon Nurafshon shahar hokimi I. Klichxanov rahbarligida barcha mehnat jamoalari ishtirokida zo‘r uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.


🌳Ekilgan nihollar muntazam sug‘orilmoqda, parvarish qilinmoqda va zararkunandalardan himoya qilinmoqda. Bu esa shahrimizda ekologik muhitni yaxshilash, havoni toza saqlash va atrof-muhitni yanada obod qilishga xizmat qiladi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍21
#yashil_makon

Nurafshonda ko'kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda


🌳Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida O'zbekiston Mahallalar uyushmasi Nurafshon shahar bo'limi boshlig'i Zulfiya Maqsudova tizimdagi mehnat jamoalari bilan birgalikda faol ishtirok etdi. “Chindan ham hashar — elga yarashar”, deb bejiz aytilmagan.

Mazkur ezgu yumushlarda har bir ko‘chat kovlangan chuqurchalarga ehtiyotkorlik bilan joylashtirildi. Ildizlari to‘g‘ri o'tqazilganiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, hasharchilar tomonidan kuy-qo'shiqlar aytilib, ko'tarinki kayfiyat ulashildi.


🌳Ish jarayonida barcha ishtirokchilar o‘zaro hamjihatlikda faol qatnashdilar. Hashar yakunida ekilgan ko‘chatlar muntazam parvarish qilish uchun mas’ullarga biriktirildi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👎2👍1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_makon
#ezgu_tashabbus

Yangi O‘zbekiston – yashil makonda birga yashaylik!

🌱Xabaringiz bor, joriy yilning 8-9-noyabr — shanba va yakshanba kunlari viloyatimiz bo‘ylab Yashil makon loyihasi doirasida katta hashar tashkil etildi.

Unda viloyat madaniyat va san’at sohasi vakillari katta bir ahil jamoa bo’lib, faol ishtirok etishdi.
Ayniqsa, poytaxt teatrlari taniqli aktyorlarining ishtiroki hasharga yanada ko’tarinki kayfiyat ulashdi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_makon

Yashil makon – tabiatga mehr va kelajak uchun investitsiya.

🌳Xabaringiz bor, Nurafshon shahri ayni damda o'zgarishlar va yangilanishlarga  yuz tutyabdi.  Hozirda yoshlar ma'naviyat bog'ida davom etayotgan bog‘ barpo etish,  daraxt ekish tadbirlari ko'pchilikning diqqat markazida bo'lib turibdi.

🌳Ko'kalamzorlashtirish ishlarida shahar hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i N. Djumanova, mahalla "yettiligi", jumladan, xotin-qizlar faollaridan iborat hasharchilar faol qatnashdi. E'tiborli jihati, ishtirokchilarning o‘zi daraxt ekish  ishlarida boshqalarga namuna bo'ldilar.

"Yashil makon – bu tabiatga, hayotga bo‘lgan hurmatimiz ifodasidir", – dedi N. Djumanova. "Har bir ekilgan daraxt atrofimizni go‘zal, havomizni toza qiladi, kelajak avlod uchun sog‘lom va yashil muhit yaratish barchamizning muqaddas burchimizdir".


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
#yashil_makon

Nurafshonda "
Yashil makon” umummilliy loyihasi davom etmoqda

Nurafshon shahridagi "Toshkent yo'li" ko'chasida joylashgan yoshlar ma'naviyat bog'ida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ommaviy ko‘chat ekish tadbirlari davom etmoqda. Tadbirda Nurafshon shahar hokimi I. Klichxanov, tashkilot va idoralar rahbarlari, mahalla "yettiligi" hamda obodonlashtirish sohasi xodimlari ishtirok etmoqda.

"Har bir daraxt – sog‘lom hayot va yashil muhit garovidir. Ko‘chat ekish orqali biz o‘z hududimizni obodonlashtiramiz, atrof-muhitimizni yanada go‘zal va toza qilamiz. Barchani "Yashil makon" loyihasida faol ishtirok etishga chaqiraman", - dedi shahar hokimi Ilxom Klichxanov.


Loyiha doirasida belgilangan reja asosida hududlar bo'ylab manzarali va mevali ko‘chatlar ekish ishlari jadal olib borilmoqda.

Tadbir doirasida jami 3 600 tup daraxt ko‘chatlari ekildi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍3
#yashil_makon

Yashil makon loyihasi doirasida yoshlar ma'naviyat bog'ida ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari izchil davom etmoqda.

Bu borada ishlarni tashkil etish sifati va samaradorligini oshirish maqsadida Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov qizg‘in mehnat jarayonlarini olib borayotgan hasharchilar bilan uchrashdi. Ayni paytda davlat xizmatchilari hamda ko‘ngillilar o‘z hissalarini munosib qo‘shayotganliklari alohida e’tirof etildi. Hokim hasharchilar bilan samimiy muloqotda bo‘lib, ularga yanada ko‘proq ko‘mak ko‘rsatish, zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlarni berdi.

“Ko‘chat ekish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari farzandlarimizning baxtli bo‘lishi va sog‘lom hayot kechirishi uchun muhim ahamiyatga ega. Har bir fuqaroning bu ezgu ishda o‘z hissasini qo‘shayotgani – vatanimizga va tabiatga bo‘lgan mehr hamda sadoqatning yorqin ifodasidir”, – deya o‘z fikrlarini ta’kidladi shahar hokimi Ilxom Klichxanov


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👍1
#yashil_makon

Adliya xodimlari hasharga munosib hissa qo'shdi


Nurafshon shahar adliya bo’limi va "Madad" NNT xodimlari tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Hurriyat" MFYda o'tkazilgan tadbirda 300 dona terak ko’chat ekildi.

Ushbu tadbir doirasida, ekologik barqarorlikni ta’minlash va hududni yashil maydonlar bilan boyitish maqsadida adliya bo’limi xodimlari va ko'ngillilar birgalikda faol ishtirok etishdi. Ekish jarayoni avvalida maxsus tayyorgarlik ishlari olib borildi.

Tanlangan terak ko’chatlari mahalliy iqlim sharoitlariga mos keladi. Hasharchilar har bir ko’chatning joylashuvi va chuqurligini e’tiborga olib ish tashkil qildilar. Ekish jarayonidan so’ng, daraxtlarni muntazam parvarish qilib borish rejalashtirildi, shuningdek, ularning holati doimiy ravishda nazorat qilinadigan bo'ldi.


"Yashil makon" loyihasi doirasida bunday tadbirlarni o'tkazish kelgusida ham rejalashtirilgan.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👏1
#yashil_makon

Nurafshon shahrida “Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘chat ekish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu ezgu tadbirlarda shahar hokimi Ilxom Klichxanov boshchiligida hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar vakillari, davlat xizmatchilari ham faol ishtirok etmoqda.

Hashar davomida barcha qatnashchilar bir yoqadan bosh chiqarib, hududlarni obodonlashtirish, daraxt ko‘chatlarini ekish va ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish ishlariga jalb qilindi. Mazkur jarayonda yashil hududlar sonini oshirish va ekologik barqarorlikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

"Har birimiz ekayotgan bir tup daraxt ertaga shahrimizga soya, farzandlarimizga nafas bo‘ladi. Yashil makon yaratishda hammamizning hissamiz bor, bu ish — umumiy uyimiz uchun, hayotimiz uchun juda muhim”, - dedi shahar hokimi I. Klichxanov.


Hozirda barcha shahar va qishloqlarda daraxt ekish boʻyicha keng koʻlamdagi ishlar olib borilmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👍1
#yashil_makon

🌱 Mamlakatimiz bo‘ylab davom etayotgan kuzgi daraxt ekish mavsumida Nurafshon shahar oila va xotin-qizlar bo'limi tashabbus ko'rsatib, belgilangan reja asosida bog' yaratish payidalar. Umummilliy loyiha doirasida ekologik muhitni sog‘lomlashtirish, yashil hududlarni kengaytirish yo‘lida xotin-qizlar anchayin faol. Bugun ham ular ko'chat ekish ishlariga munosib hissa qo'shdilar.

Tadbirda Nurafshon shahar hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i N. Djumanova ishtirok etdi. Ular bu kabi tashabbuslarning ijtimoiy ahamiyatini alohida ta’kidlab, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, milliy qadriyatlarimizni mustahkamlash borasida qo'shayotgan hissasi uchun bir guruh soha fidoyilariga o'z minnatdorligini bildirib o'tdi.


🌱 Bu xayrli sa’y-harakatlarning barchasi inson qadri uchun nechog'lik ahamiyatli ekanidan nishonadir.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
3👍2
#yashil_makon

🌱"Yashil makon" umummilliy loyihasi asosida ko‘plab korxona va tashkilotlarning mehnat jamoalari faol ishtirok etmoqda.

Nurafshon shahrida ham mazlkur yo'nalishda ishlar tizimli tashkil etilgan. Faollar tomonidan ko'chat ekish jarayoni belgilangan tartib asosida uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_makon

Nurafshon shahrida “Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘chat ekish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda. Ushbu ezgu tadbirlarda shahar hokimi Ilxom Klichxanov boshchiligida korxona va tashkilotlar vakillari, davlat xizmatchilari ham faol ishtirok etmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1