Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#Tuhfa #Gift #Подарок

Nurafshonda ot sporti majmuasi
ochildi
________

The equestrian sports complex is
opened in Nurafshan
________

В Нурафшане
открылся конноспортивный комплекс

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tuhfa

🖐 Besh tashabbus olimpiadasi – Yoshlar uchun imkoniyat!⛹️

🏋️Yoshlar bilan ishlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar ijrosini ta’minlash maqsadida soha xodimlariga qulaylik yaratishga ko‘rilayotgan sa’y-harakatlar yil sayin o‘z natijasini ko‘rsatib kelmoqda.

Jumladan, mahalla yoshlari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkaziladigan musobaqalar uchun mahalla yoshlar yetakchilariga sport anjomlaridan iborat “Prezident sovg‘alari”ni berilishi yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishi ortishini ta’minlamoqda desak adashmagan bo‘lamiz.


Nurafshon shahar “Nurafshon Arena” o‘yingohida mazkur sovg‘alarni  topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Nurafshon shahar hokim o‘rinbosari Sh.Inomxonov, shahar sport maktabi, Yoshlar ishlari shahar bo‘limi va mahalla yoshlar yetakchilari qatnashishdi

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1
#tuhfa

Nurafshonda Mustaqillik bayrami arafasida yangi binoning ochilishi bo‘lib o‘tdi 🎉🇺🇿

Nurafshon shahrida yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi arafasida katta bayramona tadbir tashkil etildi. Ma’rifat mahallasi yangi binosining tantanali ochilish marosimi keng jamoatchilik ishtirokida o‘tkazildi.

Tadbirda Mahalla uyushmasi Nurafshon shahar bo‘limi rahbariyati, Xalq deputatlari, “Oqila ayollar” harakati vakillari, mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar qatnashib, yangi binoning faoliyati va uning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Ochilish marosimi doirasida milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi, mahalla aholisi uchun qulay sharoitlar yaratilgani ta’kidlandi.

Mazkur tashabbus yurtimizda mahalla institutini mustahkamlash, aholining turmush tarzini yanada yaxshilash va yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
4👍1🔥1👏1
#tuhfa

Nurafshonda To‘y tepa mahallasining yangi binosi ochildi 🎉🇺🇿

Yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi bayrami arafasida Nurafshon shahrida yana bir quvonchli voqea yuz berdi. To‘y tepa mahallasi uchun zamonaviy bino foydalanishga topshirildi.

Tantanali ochilish marosimida Mahalla uyushmasi Nurafshon shahar bo‘limi rahbariyati, Xalq deputatlari, “Oqila ayollar” harakati vakillari, nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik ishtirok etib, mazkur tashabbusning mahalla hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida fikr bildirishdi.

So‘zga chiqqanlar yangi bino mahalla aholisi uchun xizmat qilishini, bu yerda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, yoshlar bilan uchrashuvlar va xotin-qizlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ishlari olib borilishini ta’kidladilar.

Ochilish tantanasida milliy kuy va qo‘shiqlar yangradi, mahalla yoshlari tomonidan tayyorlangan chiqishlar esa yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍41
#Tuhfa

Nurafshon shahrida zamonaviy avtobuslar yoʻnalishi yoʻlga qoʻyildi

Hudud aholisiга ko‘rsatilayotgan jamoat transport xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida zamonaviy yangi avtobuslarni olib kelish ishlari davom etmoqda.

Xususan, viloyatda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Nurofshon jamoat transporti” korxonasi tomonidan Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan zamonaviy 8 dona "YUTONG" rusumli avtobuslar keltirildi.

Mazkur avtobuslar Nurofshon shahrining ichki avtomobil yo‘li yo‘nalishlariga joylashtirilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Toshkent viloyatida jamoat transporti xizmatlari sifatini oshirish uchun joriy yil boshidan buyon Olmaliq shahriga 42 dona hamda Angren shahriga 15 dona mazkur rusumdagi avtobuslar olib kelinib, brutto shartnoma asosida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐InstagramFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍107
#Tuhfa

Respublika Tez tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filiali binosi foydalanishga topshirildi

Tez tibbiy yordam markazi xodimlari bugun yangi maʼmuriy binoda ish boshladi. “Nurafshon business city” hududida qad rostlagan mazkur inshoot mutasaddilar, soha vakillari, jamoatchilik vakillari, nuroniylar ishtirokida tantanali tarzda foydalanishga topshirildi. 

Maʼlumot oʻrnida, ushbu zamonaviy tibbiy infratuzilma yaratish bo‘yicha muhim qadamlar qo‘yilmoqda. 1,60 gektar yer maydonida zamon talablariga mos, innovatsion Tez tibbiy yordam markazi barpo etilmoqda.

Loyiha doirasida Tez tibbiy yordam viloyat filiali, CALL-markaz, Sanaviatsiya xizmati, Simulasion o‘quv markazi, Avtoxo‘jalik bo‘limi hamda Nurafshon shahar tez tibbiy yordam bo‘limi joylashgan. Qurilish va jihozlash ishlari uchun davlat byudjeti hisobidan qariyb 40 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Markaz ishga tushgach, bugungi kunda 157,5 tani tashkil etuvchi dispetcherlik shtat birliklari soni 262,5 tagacha oshirilishi kutilmoqda. Ya’ni, yana 105 nafar malakali mutaxassis yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlanadi. Bu esa nafaqat tibbiy xizmat sifatini oshirish, balki aholi bandligini ta’minlashda ham muhim ahamiyatga ega.

Ochilish marosimida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi va nutq soʻzladi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐InstagramFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
#NurafshonMFY
#tuhfa

🇺🇿 Yangi imkoniyatlar sari Nurafshon!

Mustaqilligimizning 34 yilligi arafasida Nurafshon shahrining “Nurafshon” mahallasi yangi binosi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimi yurtimiz taraqqiyotining yorqin ramzi bo‘lib, unda mahallamiz yoshlari, oqila ayollar, nuroniylarimiz hamda faol fuqarolarimiz bir safda ishtirok etishdi. Yangi bino mahallamiz hayotiga fayz, quvonch va yangicha ruh bag‘ishladi.

Shu orqali “Nurafshon” mahallasi ahli o‘zining ezgu orzulari ushalganining guvohi bo‘ldi. Bu nafaqat bir binoning ochilishi, balki mahallamizning kelajak sari dadil qadamlarining boshlanishi bo‘ldi.

#NurafshonMFY #Tuhfa #Mustaqillik34 #YangiQadam #FayzliMahalla

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1👍1🤝1