🔍 Tayinlov🔍 Xudoyberdiyev Furqat Abdusalomovich - O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
🔍F.Xudoyberdiyev 1979-yilda Toshkent viloyati Bo'ka tumanida tug‘ilgan. 2000-yilda Toshkent davlat agrar universitetini, 2012-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi-tashkilotchi, davlat va jamiyat qurilishi.
🔍Mehnat faoliyati davomida Toshkent viloyati hokimligi moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i, Toshkent viloyati Bekobod tumani hokimi, “Toshkentyo‘lko‘kalam” unitar korxonasi direktori lavozimida ishlagan.
🔍Tayinlovga qadar - Toshkent viloyati iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi.
#Mahallalaruyushmasi #tayinlov✅ Facebook |
✅ Instagram |
✅ X |
✅ Telegram |
✅ You tube