Nurafshon shahar hokimligi
1.86K subscribers
33.9K photos
3.21K videos
45 files
10.1K links
Download Telegram
Nurafshonda sumalak pishdi azizlar yetkazganiga shukr!

Bahorning kelishini shunday kutamizki, bu faslning shox taomi sumalak barchaga birdek xush yoqadi. Bugun Nurafshon shahrida ham sharq mamlakatlarining afsonaviy sumalak taomi tayyorlanishi barcha yaqinlarni bir joyda jamladi.

Nurafshon shahri hokimligi tashabbusi bilan "Ma'rifat" mahallasida yashovchi Sevara Yusupova xonadonida mahalla faollari, shahar oqila ayollari tomonidan tashkil qilingan sumalak saylida dosh qozonlarda qadim an'analarga sodiq bo'lgan kayvoni momolar yordami bilan yaxshi niyatlar qilinib, sumalak tayyorlanib, mahalla ahliga tarqatildi.

Sumalak sayli dosh qozonlarda osh damlanib o'yin kulgi, lapar aytishuvlar bilan davom etdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Kun_tavsiyasi

⚡️Yonib turgan gaz plitasini nazoratsiz qoldirmang!

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
NURAFSHONDA XOTIN-XOTIN QIZLAR O‘RTASIDA SPORT BЕLLASHUVLARI TASHKIL ETILDI

Jismoniy tarbiya va sportni aholi orasida, ayniqsa, xotin-qizlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish va rivojlantirish ustuvor vazifalardan sanaladi.


Toshkent viloyati sport boshqarmasi va Nurafshon shahar sport maktabining tegishlicha buyrug‘iga asosan bugun Nurafshon shahar sport maktabi tashabbusi bilan xotin-qizlar o‘rtasida shaxmat-shashka stol tennisi, voleybol, para stol tennisi bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

Qizg‘in tarzda o‘tgan bellashuvlarda g‘olib va sovrindorlar Toshkent viloyati sport boshqarmasi tomonidan ajratilgan esdalik sovg‘alari bilan mukofotlanishdi.
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt