Nurafshon shahar hokimligi
2.04K subscribers
36K photos
3.32K videos
47 files
10.6K links
Download Telegram
"Besh tashabbus paralimpiadasi" sport musobaqalariga start berildi

Tantanali ochilish marosimida Sport vaziri A.Ikramov so‘zga chiqib, musobaqa ishtirokchilariga omad tiladi.

"Besh tashabbus paralimpiadasi" sport musobaqalari shijoat va matonat egalarining isteʼdod hamda imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishda muhim qadam bo‘lishiga ishonch bildirdi.

Toshkent viloyati Sport boshqarmasidan ishtirok etgan viloyatimiz sportchilari ham respublika markaziy studiyasidan berilgan start jarayonini kuzatib borishdi.

"Besh tashabbus paralimpiadasi" ning bu yilgi bahslari 13 ta adaptiv sport turlari bo‘yicha tashkil etiladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Sayyor qabul: fuqarolar muammolari joyida eshitildi

Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanovning navbatdagi sayyor qabuli “Yuksalish” va “Taraqqiyot” mahalla fuqarolari uchun tashkil etildi.

Qabul “Taraqqiyot” MFY binosida bo‘lib o‘tdi. Unda shahar prokuraturasi, IIB, Adliya bo‘limi, Xalq qabulxonasi hamda shahar korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida 19 nafar fuqaroning murojaatlari – ishga joylashish, ro‘yxatga turish, sog‘liqni tiklash, moddiy yordam, kommunal xizmatlar bo‘yicha arizalar ko‘rib chiqildi.

Muammolarni hal etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

🔹 Qabul doirasida tibbiy ko‘rik tashkil etildi, shuningdek, Davlat xizmatlari markazi tomonidan sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Bunday sayyor qabullar aholining dolzarb muammolarini tezkor hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt