Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Nurafshon shahrida huquq-tartibot sohasida samarali ishlar olib borilmoqda.

Nurafshon shahar prokurori o‘rinbosari A.Olimov va mahkamaning bo‘lim boshlig‘i S.Safarov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2025-yil 26-aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, PQ-1-sonli qaror talablari asosida shahar hududida olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganishdi va mas’ul xodimlarga tegishli ko‘rsatmalar berdilar.

Ushbu chora-tadbirlar doirasida "Chig‘iriq" mahallasidagi qo‘riqlovga olingan obyektdan chaqiruv signali tushdi. Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari chaqiruvga yuqori tezlikda va professionallik bilan javob qaytarib, bor-yo‘g‘i 5 daqiqa 10 soniyada hodisa joyiga yetib kelishdi.

Bunday tezkorlik va tashabbuskorlik fuqarolarimiz xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Nurafshon shahrida huquq-tartibotni mustahkamlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlar izchil davom etmoqda.

Телеграм | Instagram  | Youtube | Tik tok | Facebook
1👍1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mahalla raisi saylovi-2025

Hurmatli vatandoshlar! Mahalla raisi saylovlarida faol ishtirok etaylik!


Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Diqqat
#Bildirishnoma

Nurafshon shahar elektr ta’minoti xabar qiladi:

O‘rta Chirchiq N/S 110/35/6 kV T-2 quvvati 16000 kVA transformatorning KRUN Vvod-6kV nuqsonli o‘tish izolyatsiyalarini almashtirish ishlari olib borilishi munosabati bilan:

📍 Nurafshon shahrining:

Degantepa,
Dehqonobod,
Bobur,
Oybek,
Marifat,
Obod,
Qumariq mahallalari aholisi va yirik iste’molchilarida,


📍 O'rta Chirchiq tumanining:

Obod,
Arg‘in,
Qaytmas,
O‘rta Ovul,
Yuqori Ovul,
Yangilik,
Jang‘abay,
Galobotir,
Mayramko‘l MFYlarida


2025-yil 29-aprel kuni, soat 12:00 dan 15:00 gacha elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar yuzaga keladi.

‼️ E’tibor bering:
Elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar Nurafshon shahridan emas, viloyat Hududiy Elektr Tarmoqlari tomonidan viloyat miqyosida amalga oshirilmoqda.


🔹 Murojaat uchun telefonlar:
☎️ (95) 195-14-60
☎️ (95) 195-14-67 (Dispetcher)
☎️ (98) 300-07-57 (Hududiy Elektr Tarmoqlari rahbari Raupxo‘jayev Rovshan)

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1
Nurafshon shahar Qurilish va Uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi xodimlari, "To'y tepa Yuksak Servis" MChJ hamda Nurafshon shahar suv taʼminoti korxonasi ishtirokida "Yangiobod" MFY hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarda ichimlik suvi bosimi pastligi bo‘yicha aholi murojaati o‘rganilib, bartaraf etish choralari ko‘rildi.

Shuningdek, "Nurafshon" MFY hududida joylashgan ko‘p qavatli uy yonida olib borilayotgan taʼmirlash ishlari bilan tanishilib, aholi murojaatlari o‘rganildi va "To'y tepa Yuksak Servis" BSKga tegishli topshiriqlar berildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👏4
Nurafshon shahri hokimi shaharda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish jarayonlari bilan tanishdi.

Xususan, Qumariq MFY hududida Toshkent yo‘li ko‘chasi bo‘ylab ekilgan gul ko‘chatlarini sug‘orish bilan bog‘liq ishlar o‘rganildi. Ekilgan atirgul ko‘chatlari uchun tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish maqsadida katta hajmdagi suv saqlagichlar o‘rnatilmoqda.

Shuningdek, Obod MFY hududidagi Motamsaro ona haykali o'rnini tartibga keltirish, obodonlashtirish, piyodalar yo‘laklarini tashkil etish hamda aholi uchun saylgoh yaratish maqsadida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Yer uchastkalarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 106 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 10 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 25 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 57 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 1 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 6 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 57 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 284 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 233 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 30 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 91 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 448 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 26 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 96 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 32 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 1 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
👍1