Nurafshon shahar hokimligi
2.13K subscribers
36.3K photos
3.35K videos
47 files
10.7K links
Download Telegram
Piyodalar uchun shinam yo‘laklar, yashil hududlar – obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Nurafshon shahrining arxitektura ko‘rinishini yaxshilash, fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida Toshkent yo‘li ko‘chasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, piyodalar harakati uchun zamonaviy yo‘laklar barpo qilinmoqda, yashil hududlar tashkil etilib, estetik ko‘rinish berish yo‘lida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Shahar hokimi mazkur hududga tashrif buyurib, olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi hamda mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Yoshlar bilan uyma-uy muloqot va yo‘l xaritasi

Bugun Nurafshon shahrida ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida navbatdagi amaliy uchrashuv uyushtirildi. Ushbu jarayon davomida yoshlarga biriktirilgan mas’ul rahbarlar — shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N. Djumanova hamda Nurafshon shahar Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i B. Abduqodirov o‘zlariga biriktirilgan yoshlar bilan uyma-uy yurish orqali bevosita uchrashishdi.

Muloqot davomida yoshlarning hayoti, muammolari va takliflari bilan yaqindan tanishildi. Har bir yoshning sharoiti o‘rganilib, ularni ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha aniq choralarni belgilovchi individual “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.

Mazkur tashabbus yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va ijtimoiy faolligini oshirish borasida muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Jarayon piyodalar yo‘lagi qurish ishlari davom etmoqda

Nurafshon shahrida piyodalar uchun yangi yo‘laklar qurilishi ishlari davom etmoqda. Ushbu loyiha shahar markazidagi asosiy ko‘chalarda, ayniqsa, aholining eng ko‘p harakatlanadigan joylarida amalga oshirilmoqda. Piyodalar yo‘lagi qurilishi yo‘l harakatini tartibga solish, piyodalarning xavfsizligini ta’minlash va ularning qulay harakatlanishiga yordam berish maqsadida olib borilmoqda.

Shuningdek, ushbu jarayon doirasida, ko‘cha bo‘yidagi yashil hududlarni obodonlashtirish, yoritish tizimini yaxshilash va qo‘shimcha infratuzilma elementlarini o‘rnatish ham rejalashtirilgan.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt