Nurafshon shahar hokimligi
2.13K subscribers
36.4K photos
3.36K videos
47 files
10.7K links
Download Telegram
TOSHKENT YO‘LI KENGAYISHI MUNOSABATI BILAN MULK EGALARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Toshkent yo‘li kengaytirilishi munosabati bilan jamoat ehtiyoji uchun olinayotgan mulklar egalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuvda Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov, shahar prokurori T. Karimov, shahar IIB boshlig‘i M. Sottiyev, shahar Soliq inspeksiyasi rahbari J. Sayfiyev, shuningdek, shahardagi tegishli tashkilotlar rahbarlari va xalq deputatlari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, jamoat ehtiyoji uchun qurilishi rejalashtirilgan piyodalar yo‘lkasi va ushbu yo‘lak o‘tadigan hududdagi mulkdorlarning mulkiga belgilangan qiymat yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Jarayon shaffoflik va qonuniylik tamoyillari asosida o‘tkazildi. Mulk egalari bilan o‘zaro tushunishga erishish, ularning fikr-mulohazalarini inobatga olishga alohida e’tibor qaratildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Davlat aktivlarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 4 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 1 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 5 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 2 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 3 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
Bozorlar va savdo nuqtalarida sanitariya tekshiruvlari o‘tkazilmoqda

Toshkent viloyati IIBB Jamoat xavfsizligi xizmati, Karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi hamda Viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi mutaxassislari hamkorligida Nurafshon shahridagi dehqon bozorlari va savdo obyektlarida nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Ushbu tadbirlar aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash, sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilinishini nazorat qilish, shuningdek, sifatsiz mahsulotlarning oldini olishga qaratilgan.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎉 Yoshlar yetakchilari ishtirokida milliy xalq o‘yinlari — qadriyatlarimizning jonli ifodasi!
🇺🇿 Milliylik qonimizda, birlik ruhimizda!


Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#DIQQAT
#MUROJAAT

Nurafshon shahri prokurori To‘lqin Karimovning huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasida ota-onalarga yo‘llagan MUROJAATI!


Aziz hamshaharlar, qadrli ota-onalar!

Shahrimizda xavfsiz muhitni yaratish, kriminogen vaziyatni yaxshilash, huquqbuzarlik va jinoyatlarni sodir etilishini oldini olish borasida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Lekin, hamkorlikda jamoatchilik bilan ayrim ishlarni amalga oshirish uchun Siz aziz ota-onalarga murojaat yo‘llayapman.

Hurmatli ota-onalar!

O‘smir yoshiga yetgan farzandlaringiz bilan har kuni suhbat quring. Ulardan kundalik o‘qishlari, ishlari haqida har kuni so‘rab turing.

Qo‘l telefonidagi shaxsiy yozishmalari, masalan, kimlarga nima yuborayotgani, kimlar bilan qaysi mavzularda suhbatlashganini erinmasdan tekshiring!

👉Murojaatni batafsil o'qish

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Navro‘z mahallasi fuqarolari uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Navro‘z mahallasida Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov, shahar prokurori T. Karimov, shahar IIB boshlig‘i M. Sottiyev, Xalq qabulxonasi vakillari hamda tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida fuqarolar bilan sayyor qabuli o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida mahalla aholisi tomonidan ko‘tarilgan muammo va takliflar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi. Ayrim masalalarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi hamda murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, qabullar jarayonida fuqarolarning ijtimoiy himoyasi, kommunal xizmatlar, yo‘l, ichimlik suvi, bandlik, sog‘liqni saqlash kabi yo‘nalishlardagi masalalar yuzasidan murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Mahalla fuqarolari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita mutasaddilar tomonidan javob olish imkoniga ega bo‘ldilar.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt