Nurafshon shahar hokimligi
2.13K subscribers
36.4K photos
3.36K videos
47 files
10.7K links
Download Telegram
Yoshlar bandligi bo‘yicha amaliy uchrashuv: muammo va yechimlar bir joyda

Yoshlik mahallasi binosida Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov boshchiligida o'ziga biriktirilgan ishsiz yoshlar bilan navbatdagi amaliy uchrashuv tashkil etildi. Unda yoshlar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning muammolari va takliflari tinglandi.

Har bir yoshning sharoiti o‘rganilib, ularni ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha individual “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.

Natijada 4 nafar yosh doimiy ish bilan ta’minlandi, ayrimlari kasb-hunar o‘quv markazlariga yo‘naltirildi. Qolgan murojaatlar esa tegishli mutasaddilarga yetkazilib, ijrosi nazoratga olindi.

Mazkur uchrashuv yoshlarning bandligi va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshon shahridagi 1-sonli umumtaʼlim maktablarida sportning shashka, voleybol, yengil atletika, armresling, stol tennisi, quvnoq startlar va stritbol turlari bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etildi.

https://t.me/toshvil_sport
Yoshlar bilan muloqot

Nurafshon shahrida ishsiz yoshlar bilan samarali muloqot tashkil etildi. Tadbir doirasida shahar prokurori T.Karimov, shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A.Eshbayev, shahar hokimi o‘rinbosari Sh.Inomxonov hamda shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i o‘zlariga biriktirilgan yoshlar bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.

Uchrashuvlar davomida yoshlarning hayotiy sharoitlari, qiziqishlari, bandlik holati va duch kelayotgan muammolari chuqur o‘rganildi. Ularni ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish bo‘yicha aniq taklif va choralar ishlab chiqildi.

Bu kabi tashabbuslar yoshlar bandligini oshirish va ularning kelajagini yanada mustahkamlashda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt