Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
43K photos
3.9K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#15_may_Xalqaro_oila_kuni
💫 Mehr-oqibat va sadoqat ustiga qurilgan hayot


15-may – Xalqaro oila kuni. Oila – hayotning eng muqaddas maskani. Inson ilk tarbiyani aynan shu dargohda oladi, sabr, mehr va mas’uliyatni shu yerda o‘rganadi.

Bayram munosabati bilan biz, ijodiy guruhimiz, sabr-toqat va halol mehnati bilan boshqalarga o‘rnak bo‘layotgan bir oila xonadonida mehmon bo‘ldik.

📍 Nurafshon shahri, Uchqun mahallasi

🏡 42 yildan beri birga hayot kechirayotgan Inoyat ona va Adil ota Aripovlar to‘rt farzand va o'n nabiraning g‘ururli ota-onasi va buva-buvisidir.

🕊 Bu oila – mehr-oqibat, sabr va barakali umrning yorqin namunasi. Ularning hayotiy yo‘li ko‘plab yoshlarga ibrat bo‘la oladi.

📸 Ushbu lavhalarda ana shunday ibratli hayotning yorqin daqiqalari aks etgan.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍4
#eʼtirof
🎖 Ibratli oila – e’tirof va rag‘batga loyiq hayot namunasi


🗓 2025-yil 8-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisining tegishli buyrug‘iga asosan, Nurafshon shahridagi 9 nafar oila jamiyatda sog‘lom muhitni shakllantirish, farzand tarbiyasida mas’uliyat, mehr-oqibat va oila qadriyatlariga sadoqat bilan yondashayotgani uchun “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

🎉 Taqdirlash marosimi Nurafshon shahar hokimligi tomonidan tantanali tarzda tashkil etildi. Faxriy nishonlar va rag‘batlantiruvchi sovg‘alarni shahar hokimi Ilxom Klichxanov o‘z qo‘li bilan topshirdi.

🏅 Har bir oila nafaqat faxriy “Ibratli oila” ko‘krak nishoni, balki pul mukofoti bilan ham taqdirlandi. Bu – ularning mehr, sabr va sadoqat asosidagi hayotiy yo‘liga berilgan yuksak e’tirofdir.

📸 Tadbirda taqdirlangan oilalarning ko‘zlarida faxr va quvonch aks etdi. Bu iliq daqiqalar oilaviy qadriyatlarga bo‘lgan e’tibor ifodasi bo‘ldi.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍8