Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
43K photos
3.9K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
#diqqat
#bildirish

HOKIM QABULGA MARHAMAT!

Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot tizimini yanada takomillashtirish, muammolarni joyida o‘rgangan holda tezkorlik bilan hal etish maqsadida, Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanov boshchiligida va shahar tashkilot rahbarlarining 2025-yil 16-may kuni soat 14:30 da aholi uchun navbatdagi qabuli o‘tkaziladi.

Fuqarolar qabuli Nurafshon shahri Nurafshon MFY Do'stlik uyi binosida bo‘lib o‘tadi.

Aziz fuqarolar! Sizlarda murojaatlaringiz bo‘lsa, hokim qabulga tashrif buyurishingiz mumkin!

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2
Nurafshonda Koreya Respublikasi yordamida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tadbiri o‘tkazildi

Nurafshon shahridagi “Tong” madaniyat saroyida O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 33 yilligiga bag‘ishlangan xayriya tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu tashabbus Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 44-Toshkent viloyati saylov okrugidan saylangan deputati V. N. Pak tomonidan ilgari surildi.

Tadbir doirasida imkoniyati cheklangan fuqarolarga Koreya Respublikasidan beg‘araz yordam sifatida 15 ta nogironlar aravachasi (5 ta elektr va 10 ta oddiy), 20 ta qo‘ltiqtayoq, shuningdek, Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasiga zamonaviy reabilitatsiya vositalari topshirildi.

Mazkur tadbir “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining jamiyatda millatlararo totuvlik va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan beshinchi ustuvor yo‘nalishi doirasida tashkil etildi. Unda Koreya Respublikasidan 40 dan ortiq delegatsiya vakillari ishtirok etdi.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshonda aholi muammolari joyida eshitildi

Aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, muammolarni joyida hal etish maqsadida Nurafshon shahar hokimi I. Klichxanovning navbatdagi ommaviy qabul o‘tkazildi. Tadbir Nurafshon mahallasi, Do‘stlik uyi binosida bo‘lib o‘tdi.

Qabulda hokimning birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev, Prezident Xalq qabulxonasi shahar bo‘limi boshlig‘i T. Daniyarov, shuningdek, shahardagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.

Qabul davomida 16 nafar fuqarodan 24 ta murojaat qabul qilindi. Ular asosan: moddiy yordam, uy-joy va kadastr, sog‘liqni saqlash, SNOS masalalari, Boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) faoliyati,
pasport olish, va kommunal xizmatlarga oid muammolarni qamrab oldi.

Ayrim murojaatlar joyida hal etildi, qolganlari tegishli tashkilotlar nazoratiga topshirildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1