Nurafshon shahri hokimligi
3.28K subscribers
43.1K photos
3.9K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
#sessiya

⚡️Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining novbatdagi 8-sessiyasi 22-may, soat 14:00 da bo'lib o'tadi.


📎Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati axborot xizmati.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
Telegram🌐 Instagram🌐 Facebook
“Dehqonobod” mahallasiga yangi rais saylandi

Nurafshon shahridagi 13-sonli umumta’lim maktabda “Dehqonobod” mahalla fuqarolar yig‘ini raisligini saylash bo‘yicha ochiq va shaffof saylov bo‘lib o‘tdi.

Saylovda nomzodlar o‘z dasturlarini taqdim etib, mahalla aholisiga rejalarini bayon qilishdi. Natijada, Qo'ziyev Xayrulla Muhammedjanovich eng ko‘p ovoz to‘plab mahalla raisi etib saylandi.

Xayrulla Muhammedjanovich 1976-yilda Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. 1996-yilda Moskva tadbirkorlik va huquq institutini tamomlagan.

Yangi raisga mas’uliyatli vazifasida omad tilaymiz.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍3
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

15-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda bitiruvchi yoshlar bilan tizimli ishlash, ularni kasb va hayotga yo‘naltirish masalalari belgilandi.

Mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida Nurafshon shahridagi 1-sonli maktabda bitiruvchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuvda Nurafshon shahar hokimi I. Klichxanov, prokuror o‘rinbosari A. Olimov, IIB boshlig‘i, shahardagi maktablar direktorlari va ularning o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

Yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berilib, ulardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar va takliflar bilan murojaat qilishdi. Ularning fikrlari inobatga olinib, muammolarni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi va hokim nazoratiga olindi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook Instagram You tube
👍2