Nurafshon shahri hokimligi
3.28K subscribers
43.1K photos
3.91K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
“To'y tepa” mahallasiga rais saylandi

Nurafshon shahridagi 26-sonli umumta’lim maktabda “To'y tepa” mahalla fuqarolar yig‘ini raisini saylash bo‘yicha saylov bo‘lib o‘tdi.

Saylov yakunlariga ko‘ra, Pirnazarov Dilmurod Isabekovich eng ko‘p ovoz to‘plab, yana bir bor “To'y tepa” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi etib saylandi.

Dilmurod Isabekovich ilgari ham Toshkent viloyati Nurafshon shahri “To'y tepa” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1
“Nurafshon” mahallasiga rais saylandi

Nurafshon shahridagi 9-sonli umumta’lim maktabda “Nurafshon” mahalla fuqarolar yig‘ini raisini saylash bo‘yicha saylov bo‘lib o‘tdi.

Saylov yakunlariga ko‘ra, Djambilov Erkin Xudoyberdiyevich eng ko‘p ovoz to‘plab, yana bir bor “Nurafshon” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi etib saylandi.

Erkin Xudoyberdiyevich ilgari ham Toshkent viloyati Nurafshon shahri “Nurafshon” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Bobur mahallasi fuqarolari uchun sayyor qabul: muammolar joyida hal etildi

Nurafshon shahrining “Bobur” mahallasi aholisi uchun navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Unda Prezident Administratsiyasi huzuridagi ishchi guruh a’zolari, shahar hokimi Ilxom Klichxanov, viloyat Xalq qabulxonasi rahbari hamda Milliy gvardiya vakillari ishtirok etdilar.

Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari bevosita tinglanib, ularning muammolariga joyida yechim topish choralari ko‘rildi. Zarur hollarda huquqiy maslahatlar berildi va amaliy yordam ko‘rsatish rejalashtirildi.

Fuqarolar tomonidan mahallani obodonlashtirish, yo‘llarni ta’mirlash, infratuzilmani rivojlantirish va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan ham takliflar bildirildi.

Bunday uchrashuvlar mahalliy aholi ehtiyojlariga bevosita e’tibor qaratish, muammolarni tez va samarali hal etishga xizmat qilmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2