Nurafshon shahri hokimligi
3.28K subscribers
43.1K photos
3.91K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
“Nurafshon” mahallasiga rais saylandi

Nurafshon shahridagi 9-sonli umumta’lim maktabda “Nurafshon” mahalla fuqarolar yig‘ini raisini saylash bo‘yicha saylov bo‘lib o‘tdi.

Saylov yakunlariga ko‘ra, Djambilov Erkin Xudoyberdiyevich eng ko‘p ovoz to‘plab, yana bir bor “Nurafshon” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi etib saylandi.

Erkin Xudoyberdiyevich ilgari ham Toshkent viloyati Nurafshon shahri “Nurafshon” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Bobur mahallasi fuqarolari uchun sayyor qabul: muammolar joyida hal etildi

Nurafshon shahrining “Bobur” mahallasi aholisi uchun navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Unda Prezident Administratsiyasi huzuridagi ishchi guruh a’zolari, shahar hokimi Ilxom Klichxanov, viloyat Xalq qabulxonasi rahbari hamda Milliy gvardiya vakillari ishtirok etdilar.

Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari bevosita tinglanib, ularning muammolariga joyida yechim topish choralari ko‘rildi. Zarur hollarda huquqiy maslahatlar berildi va amaliy yordam ko‘rsatish rejalashtirildi.

Fuqarolar tomonidan mahallani obodonlashtirish, yo‘llarni ta’mirlash, infratuzilmani rivojlantirish va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan ham takliflar bildirildi.

Bunday uchrashuvlar mahalliy aholi ehtiyojlariga bevosita e’tibor qaratish, muammolarni tez va samarali hal etishga xizmat qilmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2
Ayni damda Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi sport maktabida "Yangi O`zbekiston olimpiya choqqilari" va "Prezident olimpiyadasi" sport musobaqalarining 3-mintaqa bosqichi boʻlib oʻtmoqda.

https://t.me/TOSHVIL_SPORT
👍1
Toshkent viloyatida "Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" sport musobaqalarining 3-mintaqaviy bosqichi boʻlib oʻtdi.

Bugun Nurafshon shahridagi sport maktabida musobaqalarning mintaqaviy bosqichi tashkil etildi.

Musobaqada davomida sportchilar yengil atletikaning bir qator yo'nalishlarida o'zlarining jismoniy mahoratlarini sinovdan oʻtkazishdi.
👍2