Nurafshon shahri hokimligi
2.26K subscribers
37.8K photos
3.44K videos
49 files
11.1K links
Download Telegram
“Obod” mahallasiga yangi rais saylandi

📍 Nurafshon shahri — “Obod” mahalla fuqarolar yig‘inida yangi rais saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylov jarayoni ochiqlik, shaffoflik va fuqarolarning faolligi ruhida o‘tkazildi.

Mahalla aholisi o‘z nomzodlarini faol qo‘llab-quvvatlab, fuqarolik pozitsiyasini namoyon etdi. Saylov natijalariga ko‘ra, eng ko‘p ovoz to‘plagan Sultonov Dilshod Abdullayevich “Obod”mahalla fuqarolar yig‘ini raisi lavozimiga saylandi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Forwarded from Zamin Foundation
Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Xalqaro inklyuziv habga "Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva va UNICEFning ijrochi direktori Ketrin Meri Rassel tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida mehmonlar Markazning rivojlanish strategiyasi, metodologik yondashuvi hamda O‘zbekistonda inklyuzivlikni ilgari surish bo‘yicha tashabbuslari — jumladan, inklyuziv ta’lim, bandlik va qulay muhit yaratish yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Samimiy va do‘stona muhitda Ziroat Mirziyoyeva va Ketrin Meri Rassel Markaz o‘quvchilari bilan muloqot qilishdi, UPSHIFT dasturi doirasidagi yoshlar tashabbuslari bilan tanishdilar hamda o‘quvchilar tayyorlagan teatr sahnasidan yorqin taassurotlar oldilar.

UNICEFning ijrochi direktori barcha yoshlar uchun teng imkoniyatlar yaratish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab, inklyuziv amaliyotlarni rivojlantirishdagi hissasi uchun Markaz jamoasiga minnatdorlik bildirdi.



Международный инклюзивный хаб при Национальном агентстве социальной защиты посетили Председатель Попечительского совета Фонда Zamin Зироат Мирзиёева и Исполнительный директор ЮНИСЕФ Кэтрин Мэри Рассел.

В ходе визита гости ознакомились со стратегией развития Хаба, его методологическим подходом, инициативам по продвижению инклюзивного Узбекистана, в том числе инклюзивному образованию, трудоустройству и доступной среде.

В тёплой атмосфере Зироат Мирзиёева и Кэтрин Мэри Рассел пообщались со студентами Хаба, познакомились с молодёжными инициативами в рамках программы UPSHIFT и получили яркие впечатления от театральной постановки, подготовленной участниками творческих курсов.

Исполнительный директор ЮНИСЕФ отметила важность создания равных возможностей для всех молодых людей и выразила признательность команде Хаба за развитие инклюзивных практик.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
“Taraqqiyot” mahallasiga rais saylandi

Nurafshon shahridagi 57-sonli umumta’lim maktabda “Taraqqiyot” mahalla fuqarolar yig‘ini raisini saylash bo‘yicha saylov bo‘lib o‘tdi.

Saylov yakunlariga ko‘ra, Qurbonov Olim Jumanovich eng ko‘p ovoz to‘plab, yana bir bor “Taraqqiyot” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi etib saylandi.

Olim Jumanovich ilgari ham Toshkent viloyati Nurafshon shahri “Taraqqiyot” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#diqqat
#bildirish

Nurafshon shahar elektr ta’minoti sizga shuni ma’lum qiladi:

N.St. O‘rta Chirchiq 110/35/6 kV dan chiqayotgan F.R.A Navoiy XEL 6 kV havo tarmog‘ida ulangan 201 transformatorda ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan

2025-yil 29-may kuni soat 7:00 dan 17:00 gacha Nurafshon shahridagi Nurafshon MFY quyidagi ko'p qavatli uylarida elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi:

❗️23- 23a, 27-29, 31-33 raqamli uylar

📞 Murojaat uchun telefonlar:
☎️ (95) 195-14-60
☎️ (95) 195-14-67 (dispetcher)

Yuzaga keladigan noqulayliklar uchun “HET” AJ Toshkent hududiy filiali oldindan uzr so‘raydi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt