Nurafshon shahri hokimligi
2.26K subscribers
37.8K photos
3.44K videos
49 files
11.1K links
Download Telegram
Prezident tashabbusi doirasida – 57-maktabda sog‘lom muhit yaratildi

Nurafshon shahridagi 57-umumta’lim maktabida Prezident topshirig‘iga asosan o‘tkazilayotgan “Dolzarb 90 kunlik” doirasi doirasida "Qaldirg‘och" nomli sog‘lomlashtirish oromgohi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur oromgohga shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i F. Sultonov tashrif buyurib, bolalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tashrif davomida o‘quvchilarning dam olish jarayonlari, jismoniy faolligi va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtiroki bilan yaqindan tanishildi.

So‘glomlashtirish oromgohiida bolalar uchun quvnoq daqiqalar, jismoniy mashg‘ulotlar va turli o‘yinlar tashkil etildi. Bu esa ularning mazmunli hordiq chiqarishi, sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshon shahrida obodonlashtirish ishlari nazoratga olindi

Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov boshchiligida shahar rahbarlari ishtirokida shahardagi obodonlashtirish va sanitariya holati bo‘yicha joylarda o‘rganish ishlari olib borildi.

Tadbir davomida markaziy ko‘chalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning savdo nuqtalari, ularning atrofi va tashqi ko‘rinishi, sanitariya holati hamda belgilangan tartiblarga amal qilinishi o‘rganildi.

Qonun talablariga zid tarzda faoliyat yuritayotgan ayrim tadbirkorlar qat’iy ogohlantirildi. Shu bilan birga, ruxsatsiz qurilgan va belgilangan me’yorlarga to‘g‘ri kelmaydigan turli qurilmalar, soyabonlar hamda qo‘shimcha qo‘yilgan jihozlar olib tashlandi.

Mazkur nazorat ishlari shahar obodligini ta’minlash, tartib-intizomni mustahkamlash va fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.

➡️ Tadbirkorlardan savdo faoliyatini faqat do‘kon ichida amalga oshirish, mahsulotlarini ko‘cha yoki trotuarlarga chiqarib qo‘ymaslik so‘raladi.
Nurafshonning markaziy ko‘chalari obodonlashtirish bo‘yicha qat’iy nazoratda

Kunning ikkinchi yarmida Nurafshon shahri hokimi boshchiligida shahar rahbarlari markaziy ko‘chalar bo‘ylab olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida hududdagi yashil maydonlar, mavjud sug‘orish tizimlari, ekilgan ko‘chatlarning holati va ularning parvarishi alohida ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ko‘cha bo‘ylab obodonlashtirish ishlarini tizimli ravishda tashkil etish, tozalikni saqlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.

Nurafshon shahri viloyat markazi hisoblanganligi sababli bu hududga har kuni turli darajadagi mehmonlar tashrif buyuradi. Shu bois, shahar ko‘rinishi – viloyatning yuzi, obro‘si hisoblanadi.

Hududdagi tartib-intizom, tozalik va estetik qiyofa barchamizdan mas’uliyat talab etadi. Shahar rahbariyati bu borada jamoatchilik va tadbirkorlarni faol hamkorlikka chaqirmoqda.