Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.86K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Nurafshonning markaziy ko‘chalari obodonlashtirish bo‘yicha qat’iy nazoratda

Kunning ikkinchi yarmida Nurafshon shahri hokimi boshchiligida shahar rahbarlari markaziy ko‘chalar bo‘ylab olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida hududdagi yashil maydonlar, mavjud sug‘orish tizimlari, ekilgan ko‘chatlarning holati va ularning parvarishi alohida ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ko‘cha bo‘ylab obodonlashtirish ishlarini tizimli ravishda tashkil etish, tozalikni saqlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.

Nurafshon shahri viloyat markazi hisoblanganligi sababli bu hududga har kuni turli darajadagi mehmonlar tashrif buyuradi. Shu bois, shahar ko‘rinishi – viloyatning yuzi, obro‘si hisoblanadi.

Hududdagi tartib-intizom, tozalik va estetik qiyofa barchamizdan mas’uliyat talab etadi. Shahar rahbariyati bu borada jamoatchilik va tadbirkorlarni faol hamkorlikka chaqirmoqda.
👍7
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Иш ҳақи, пенсиялар, стипендиялар ва нафақалар миқдорини ошириш тўғрисида"ги Фармони

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

"Nurafshon Business City" hududida "Yangi O‘zbekiston" massivi qurilishlari jarayonlari

Ma’lumot o‘rnida, 29 ta ko‘p qavatli uydan 10 tasi qurib bitkazildi, yil yakuniga qadar barcha uylar foydalanishga topshiriladi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
↗️ Аҳоли фаровонлигини ошириш, ижтимоий ҳимояга муҳтож аҳоли қатламига ижтимоий кўмаклашиш мақсадида иш ҳақи, пенсиялар, стипендиялар ва нафақалар миқдори оширилмоқда

Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармонига мувофиқ аҳоли, айниқса кам таъминланган қатламларни ижтимоий ҳимоя қилиш мақсадида қуйидаги чоралар белгиланди:

📌 Маош, пенсия ва нафақаларнинг оширилиши
2025 йил 1 июлдан:


⚫️Пенсиялар, нафақалар, болалар нафақалари ва моддий ёрдам тўловлари – 10% га оширилади;

⚫️Пенсия ҳисоблашнинг базавий миқдори – 471 000 сўм этиб белгиланади.

📌2025 йил 1 августдан:

⚫️Бюджет ташкилотлари ходимларининг иш ҳақи ва стипендиялар – 10% га оширилади

⚫️Энг кам иш ҳақи – 1 271 000 сўм

⚫️Базавий ҳисоблаш миқдори (БҲМ) – 412 000 сўм

📌 Бир марталик ёрдам пули

Ноябрь ойида жами 1,3 миллион оилага, яъни ҳар 8 та оиладан 1 тасига – 1 млн сўмдан бир марталик ёрдам пули берилади, жумладан:

🔘Реестрга киритилган 950 минг оила

🔘Реестрда бўлмаган, лекин ёрдамга муҳтож 380 минг оила

Бу маблағ оилаларнинг тарифлар ошиши билан боғлиқ 5 ойлик харажатларини қоплашга етарли бўлади.

⚠️ Бу бюджет томонидан тўлиқ қоплаб берилади.

2025 йилда тарифлар ошишига қарамай, аҳолини ҳимоя қилиш мақсадида ижтимоий тўловлар, иш ҳақи ва пенсиялар миқдорининг оширилиши, шунингдек, тўғридан-тўғри ёрдам пуллари ва субсидиялар белгиланди. Бу механизмлар орқали кам таъминланган аҳоли қатлами ишончли ҳимоя остида қолиши кўзда тутилган.


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
2
#Diqqat
#Bildirishnoma

Nurafshon shahar elektr ta’minoti xabar qiladi:

f.Haqiqat 6kVda Birlik MFY hududidagi eski AES simlarni yangi AES simlariga almashtirish ishlari munosabati bilan:

📍 Nurafshon shahrining:

Birlik,
Yuksalish,
Taraqqiyot,
Hurriyat,
Oppoq mahallalari aholisi va yirik iste’molchilarida,

📍 O'rta Chirchiq tumanining:

Mingtepa,
Burgalik,
Nomdanak,
O‘rtabo'z MFYlarida

2025-yil 4-iyun kuni, soat 9:00 dan 17:00 gacha elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar yuzaga keladi.

🔹 Murojaat uchun telefonlar:
☎️ (95) 195-14-60
☎️ (95) 195-14-67 (Dispetcher)

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
3
"E-auksion shop" elektron savdo do'koni orqali sotib oling!

🔷 maishiy texnika
🔷 mobil telefon
🔷 kompyuter, planshet, ehtiyot qismlar
🔷 isitish va sovitish moslamalari
🔷 boshqa mulklar

Barchasini ko’rish: https://e-auksionshop.uz/home

☎️: +998712022111
☎️:+998992072610
________________________
👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Bildirish
#Diqqat

Nurafshonda qatnov harakati vaqtincha cheklanadi

⛔️ Nurafshon shahrida “Qurbon hayit” namozi tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish, jamoat tartibini saqlash, aholi xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport harakatini tartibga solish, turli favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida

🚫 “Oppoq” MFY hududi:
“Ismat ota” jome masjidi yonidagi chorrahadan 4P19A yo‘lining 5-km dagi 4K712A yo‘li bilan tutashgan chorraha oralig‘i;

🚫 “Birlik” MFY hududi:
“Said ibn Vaqqos” jome masjidiga olib boruvchi Birlik ko‘chasi;


🚫 “Uchqun” MFY hududi:
“To‘y-tepa” jome masjidiga olib boruvchi To‘y-tepa ko‘chasidan Nurobod ko‘chasigacha bo‘lgan 1 km masofa uzoqlikda joriy yilning 5-iyun kuni soat 20:00 dan 6-iyun kuni soat 08:00 ga qadar avtotransport vositalari qatnovi vaqtincha cheklanadi.

Iltimos, oldindan rejalashtirib, boshqa yo‘nalishlardan foydalaning. Yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube Web sayt
2