Nurafshon shahri hokimligi
2.27K subscribers
37.7K photos
3.44K videos
49 files
11.1K links
Download Telegram
Arzonlashtirilgan bayram yarmarkasi xalq xizmatida

Qurbon hayiti arafasida oziq-ovqat yarmarkalarini tashkil etish yaxshi an'anaga aylangan.

Qurbon hayiti bayrami arafasida aholiga qulaylik yaratish maqsadida Nurafshon shahridagi “Dehqon bozori”da tashkil etilgan arzonlashtirilgan yarmarka xalq xizmatida.

Ushbu yarmarkada aholi uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, xususan, meva-sabzavot, poliz, dukkakli, guruch, go‘sht va sut mahsulotlari, tuxum, o‘simlik yog‘i savdosi tashkil etilgan.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
“Dolzarb 90 kun” tadbirlari – o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yo‘lida

Davlatimiz rahbari tomonidan yozgi ta’til davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali o‘tkazish maqsadida “Dolzarb 90 kun” tadbirlarini yuqori darajada tashkil etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan edi.

Bugun Nurafshon shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi maktablarda ushbu tadbirlar izchil tashkil etilmoqda.

Mazkur tashabbus doirasida o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ijodkorlik salohiyatini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan turli to‘garaklar, sport musobaqalari, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt