Yoshlik mahallasida tibbiy ko‘rik o‘tkazildi
Nurafshon shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi shifokorlari tomonidan Yoshlik mahallasi aholisi uchun navbatdagi sayyor tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Tadbirda aholi salomatligini tekshirish, kasalliklarni erta aniqlash va profilaktik choralarni kuchaytirish maqsad qilingan. Ko‘rik davomida fuqarolar terapevt, kardiolog, nevropatolog, pediatr, stomatolog kabi bir qator mutaxassislar tomonidan bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shuningdek, qon bosimi, yurak urishi, qand va gemoglobin miqdori kabi asosiy ko‘rsatkichlar o‘lchandi.
Tadbir doirasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilib, fuqarolarga kasalliklarning oldini olish, to‘g‘ri ovqatlanish va muntazam jismoniy faollik haqida tavsiyalar berildi.
Mazkur tadbir mahalla aholisining salomatligini mustahkamlash va tibbiy xizmatlardan kengroq foydalanish imkonini yaratishga xizmat qildi.
Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram You tube Web sayt

“Navro‘z” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi
Nurafshon shahri “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘rganish va ularni joyida hal etish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi ishchi guruh a’zolari, Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov, shahar sektor rahbarlari va tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Qabul davomida 21 nafar fuqaroning 33 ta murojaati tinglandi. Ular orasida uy-joy, bandlik, ijtimoiy himoya, yo‘l infratuzilmasi, yer ajratish va kommunal xizmatlar bilan bog‘liq masalalar asosiy o‘rinni egalladi.
Ko‘tarilgan muammolarning aksariyati joyida hal etildi. Qolgan murojaatlar bo‘yicha mas’ullar va ijro muddati belgilanib, qat’iy nazoratga olindi.
Mazkur sayyor qabul aholi bilan ochiq muloqot o‘rnatish, ularning ishonchini mustahkamlash hamda muammolarni manzilli hal qilishga qaratilgan samarali platforma bo‘lib xizmat qildi.
Telegram Facebook Instagram You tube Web sayt